Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKI KALAMUSH
- (Turkum) XALQARO ANJUMAN
ESKI CHORIQ
Oldingda turibdi to‘kin dasturxon, Endi unut bo‘lgan go‘jang-tarig‘ing. Balki eslamassan, qayda bu zamon, O’sha, sudrab yurgan eski chorig‘ing. Tasmadan bog‘langan oddiy poyafzal Garchi yo‘qsillikning misoli erur. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 115 Bilsang, u men uchun ming darsdan afzal, Dunyo hikmatlarin timsoli erur. Bir kuni qutulib zulmat-soyadan Omad narvonida ko‘targaysan qad. Lekin bu omonat pillapoyadan Balki yiqitgaydir seni ham hasad. Shunda tashlab qochar ne-ne do‘st, yoron, Axir ular uchun so‘ngan yorug‘ing. Og‘zi qulog‘iga yetgancha shodon, Seni kutib olar o‘shal chorig‘ing. 1996 IKKI KALAMUSH Kalamushlar, kalamushlik ishi qolib, Talashardi uyasidan chiqib olib. Men adirning bu yog‘idan, derdi biri, Men adirning u yog‘idan, derdi biri. Ikkisi ham qo‘ymadi hech kerilarin, Bir kun ovchi shilib ketdi terilarin. Aytganlarim hikmat emas, masal emas, Har kimga ham yoqadigan asal emas. Ochiq gap shul: ajratmangiz yeringizni, Toki shilib ketmasinlar teringizni. 1996 (Turkum) XALQARO ANJUMAN Mana, o‘tsa hamki necha zamonlar, Bu yerda yig‘ilar siyosatdonlar. Afriqolik habash, bolqonlik bulg‘or, O’risu Rumo Chin - bunda bari bor. Biri muslim bo‘lsa, biri butparast, Biri nasoron-u, biri o‘tparast. Biri tund, birovin nazari issiq, Biri menga o‘xshar - ko‘zlari qisiq. Sariyga o‘ralgan birin sumbati, Birovin boshida tustovuq pati. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 116 Turfa tillar bunda boshlasa bozor, Xudodan boshqaning farqlashi dushvo Bu yerda o‘tgaydir na pul, na savlat, Bu yerda o‘z so‘zin aytar har davlat. Notiqlar va’zlarin toki boshlaydi, Muhtasham gaplarni qalab tashlaydi. Goho qay birovi qizishgani dam, Sipqoraman deydi ummonlarni ham. Tunu kun bahs qilib bo‘ylashar ular, Dunyoning taqdirin o‘ylashar ular. Qo‘shni fin so‘raydi sekin, aylab noz: Janob, Siz kim uchun bergaysiz ovoz? Men ham esnayman-u, ko‘krak keraman: O’zbekiston uchun ovoz beraman! 1996 JENEVA Jeneva, Jeneva, Necha kunlarim Sening iliqqina bag‘ringda o‘tdi. Tashvishli damlarni yurak unutdi, Moviy bo‘shliqlarga singdi unlarim. Zangori ko‘l uzra chayqalar oqqush, Mayin patlariga to‘lqin yuqmaydi. Yiroqda Monblan tog‘i uxlaydi, Oppoq qor choyshabin tagida behush. Yashil maysazorning ipak qatiga Ninachi shabnamdan qadaydi durlar. Quyuq daralarda potrar qarqurlar, Jar solib tevarak, mamlakatiga. Cho‘qqilar ortidan o‘rmalar bulut, Birdan tinib qolar o‘tloqdagi toy. Shivalab o‘tadi yomg‘ir, hoynahoy, Borliqqa cho‘kadi novvotrang sukut. Jeneva tin olar ma’sum va yovvosh, Billur tomchilarda nozik yaltirar. Zum o‘tmay yana sho‘x barglar qaltirar, Yana ko‘rinadi jilmaygan quyosh. Jeneva, Jeneva Ilhom yulduzi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling