Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
Xayol
gulshanida tersam chechaklar,
Jajji nabiramga bo‘ldim ermaklar,
Endi onam aytmas menga ertaklar,
Axir u men uchun armon emasmi?
Qorong‘u
tunlarda olovlar yoqib,
Ilk she’rim yozgandim yulduzga boqib,
Endi axtaraman ko‘zoynak taqib,
Axir u men uchun armon emasmi?
Qancha zot dunyoga keldiyu ketdi,
Birin
dushman etsa, birin do‘st etdi,
Birining boshiga shon-shuhrat yetdi,
Axir u men uchun armon emasmi?
Meni aldab ketdi lo‘ttiboz olchoq,
Ishongan kishim ham ko‘rsatdi yaroq,
Ularni xudoga topshirdim biroq,
Axir u men uchun armon emasmi?
Shukrona aytaman, do‘stlarim bordir,
Biri balki qo‘rqoq,
birisi botir,
Yaxshilik qildimmi ularga axir,
Axir u men uchun armon emasmi?
Goho esh bo‘lsam-da siyosatlarga,
Qalbimni baxsh etdim malohatlarga,
Ular
deb qoldim men malomatlarga,
Axir u men uchun armon emasmi?
Ogohman ishq degan ko‘hna shevadan,
Muhabbat atalmish tansiq mevadan,
Ortga
qaray-qaray qaytdim Xivadan,
Axir u men uchun armon emasmi?
1995
AMUDARYOGA
Kimligimni bilar edim ozroq,
Bilar edim suyukligimni.
Amudaryoni ko‘rganda biroq
Bilib qoldim buyukligimni.
1995
SHOIRA ZULFIYA OPAMIZGA
O’tgan
yillar uchun chekmang xijolat,
Uzr so‘raybermang yuragingizdan.
Saylanma. Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Xijolatin tortsin o‘zi tabiat,
Tabiat uzrini so‘rasin sizdan.
Zahmatkash, mehnatkash shu qalam bilan,
Buyuk asrimizning siz ham naqlisiz.
Davrga
goh quvonch, goh alam bilan,
Baho bermoqlikka siz ham haqlisiz.
Tabarruk bir yoshga yetibsiz omon,
Allohim kun bersa adog‘i bo‘lmas.
Agar
yuraklarni zabt etsa inson,
Undayin umrning sanog‘i bo‘lmas.
Qorong‘u tunlarda olovli so‘zni,
Kimki mash’al qilsa tole unga yor.
Baxtli ayolman deb atabsiz o‘zni,
Sizday shoiri bor xalq ham baxtiyor.
1995
Do'stlaringiz bilan baham: