Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
O’tganlarni yod etmoq qolgandir shariatdan
Inson sharafi yuksak millatu tariqatdan, 
O’zbekka bul fazilat yuqmishdir tabiatdan. 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Olimmi yo paxtakor, kim bo‘lmasin - odamdir, 
Ya’ni Alloh bandasi - har biri bir olamdir
O’zbegim o‘z volidam, o‘zbegim o‘z otamdir, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Ayon gapki, adolat elning ko‘z, qoshi bo‘lur. 
Urgani un oshi-yu, so‘ksa so‘k oshi bo‘lur, 
Yurt og‘irin tortolgan asli yurt boshi bo‘lur, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
Kattakon yo‘lga chiqding, yo‘ldoshing bo‘lay, xalqim, 
Farzandingman, qo‘llaysan, qo‘ldoshing bo‘lay, xalqim, 
Hasrating ko‘p dilingda, dildoshing bo‘lay, xalqim, 
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq. 
1994 
BURGUT QISMATI 
Quloqqa chalinar gohi-gohida 
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git: 
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida 
O’zini toshlarga urarmish burgut. 
Men senga iltijo qilurman, egam, 
Agar-chi tilimda shukronang bisyor. 
Mehringdan mosuvo etma meni ham, 
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor. 
Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon, 
Roziman, beribsan farzand yaratib. 
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon 
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib. 
Kulbai vayronam yetar menga, bas, 
Yashayman sabrning koshonasida. 
Iloyo, bosh egib yurmayin besas 
Takabbur zotlarning ostonasida. 
Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga, 
Sekin og‘ib borar umrning tuni. 
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga, 
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni. 
1994 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
ABDULLA QODIRIYNING SO’NGGI SABOG‘I 
Biringiz Otabek, biringiz Kumush, 
Doim yashnab tursin sevgingiz bog‘i. 
Haqiqiy muhabbat bilmasin so‘lish, 
Ustoz Qodiriyning bu ilk sabog‘i. 
Adib yuragida alamlar qat-qat
Lekin bittasi bor, o‘chmasdir dog‘i: 
Jonni tik ozodlik yo‘lida faqat, 
Bu esa ustozning so‘nggi sabog‘i. 
1994 
* * * 
Dunyoda ajib bir hikmat mavjuddir: 
Agar bo‘lmay desang baxtingdan judo, 
Agar yashay desang rozi bir umr, 
Vataning tinch bo‘lsin, Vatan avvalo. 
Dunyoda ajib bir hikmat mavjuddir: 
Agar bo‘lmay desang Vatandan judo
Munosib bo‘la bil unga bir umr, 
Vatanga joningni qilolgin fido. 
1994 
* * * 
Achinma, shoirga xorligi uchun, 
Yoki parcha nonga zorligi uchun. 
Bilib qo‘y, aslida yashaydi shoir, 
Dunyoda muhabbat borligi uchun. 
1994 
* * * 
Chinor soyasidan bahramand bo‘lib, 
Turfa xil ertaklar to‘qimoq oson. 
O’zing ham ertaning tashvishin qilib
Qaydadir bir nihol ekdingmi, Inson. 
1994 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling