Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Xudojo‘ylik bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Xudojo‘ylik bobi hadislari
733-hadis. Isnodi mavzu’. Roviylardan bo‘lgan Abulaziz ibn Abonni ibn Muayyin va boshqalar yolg‘onchi, degan. 734-hadis. Sahih. “As-sahiha”ga qarang. 735-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 294 736-hadis. Muttafaqun alayh. 737-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”dan keltirgan. 738-hadis. Muttafaqun alayh. 739-hadis. Muttafaqun alayh. OLTMISH OLTINCHI BOB HAYO 740. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rtta narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: atr surtish, nikoh, misvok va hayo”. 741. Uqba ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Avvalgi payg‘ambarlarning so‘zlaridan odamlarga yetib kelgani shuki, uyalmasang, xohlaganingni qilaver”, dedilar. 742. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Alloh taolodan haqiqiy hayo bilan hayo qilinglar”, dedilar. “Bizlar Alloh taolodan uyalamiz, alhamdulillah”, deyishdi. “Bu hayodan emas, – dedilar Nabiy (s.a.v.), – lekin kim Alloh taolodan chindan ham hayo qilsa, boshni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, qorinni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, o‘limni va fano bo‘lishni zikr qilsin. Kim oxiratni xohlasa, dunyo ziynatini tashlaydi. Kim bularni bajarsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo‘ladi”. 743. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hayo qilish iymondandir. Iymon jannatdadir. Behayolik jafodandir. Jafo do‘zaxdadir”. Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: “O‘lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan uch karra sevimliroqdir”. Ali (karramallohu vajhah) aytadilar: “(Avratga) qaragan kishiga ham, (avratini) ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin”. 744. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hech kimning hammomga ishtonsiz kirmog‘i halol emas”. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi: “Hammomga ikki izor bilan kiriladi. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi ko‘z uchun, ya’ni, ko‘zini odamlarning avratidan to‘sish uchun”. Iso ibn Maryam (alayhis salom) aytgan ekanlar: “Qarashdan saqlaninglar. Chunki u qalbda shahvatd urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi”. Hakim bir zotdan fosiq kishi haqida so‘rashdi. “Ko‘zini odamlarning eshiklaridan va avratlaridan yummaydigan odam”, deb javob qildilar. 745. Ato (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) cho‘milayotgan kishining oldidan o‘tdilar. Shunda: “Ey odamlar, Alloh taolo hayo qiluvchi, halim, pardali zotdir. U hayo va pardani yaxshi ko‘radi. Agar birontalaringiz yuvinishni xohlasangizlar, odamlarning ko‘zidan panada bo‘lsin”, dedilar”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling