Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 o‘rin yo‘q”. (1jild, 443-bet.) Bu yerdagi Shayx Ramziyning “ba’zi birovlar” degani “Nozuratul-haqqi fi farziyatil- ’ishai va in lam tag‘ibish-shamsu” (Quyosh botmasa ham xufton farz ekanligiga haqiqat ko‘zi bilan qarash) kitobi va boshqa asarlarning muallifi, alloma Shahobuddin Marjoniy Qozoniyga taalluqlidir. U o‘zining “Al-favoidul-muhimma” kitobida (61-6et) shunday yozadi: “Samarqand va Buxoro ahllari o‘rtasida mashhur bo‘lgan Xo‘ja Ahror madrasasidagi mushaf Xalifa Usmonning o‘sha Mushafi, degan rivoyat yolg‘ondur. Uni Xo‘ja Ahrorning bobosi Abu Bakr Qaffol Shoshiy (vafoti 366 h.sana, Toshkent shahrida dafn qilingan) Bag‘doddan olib kelgan va u avlodlariga, pirovardida esa Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga meros bo‘lib qolgan emish. Rivoyatga binoan Xo‘ja Ahror Mushafni o‘z madrasasiga qo‘ygan. Bu Mushaf qadimiy tabarruk yodgorliklardan bo‘lsa-da, lekin quyidagi dalillarga binoan xalifaga xos bo‘lgan Bosh Mushaf emasdur. Abu Ubaydulloh Qosim bin Salom Bag‘dodiy “lo” so‘zi satrning oxirida va “hin” so‘zi ikkinchi satrning boshida yozilgan, degan. Men bu Mushafni Samarqanddaligida tekshirib chiqqanman va unda yuqoridagi xabarning teskarisini ko‘rdim, ya’ni, “lo” satrning oxirida emas, “qin” ikkinchi satrning boshida ham emas edi va “to” harfi ham qo‘shib yozilmagan edi. Bu Mushaf ruslar Samarqandni hijriyning 1285 yilida zabt etganlaridan keyin Peterburg shahriga olib ketilgan. Ruslar bu asossiz ma’lumotni o‘shalardan (Samarqand ahlidan) olib, gazetalarga yozishgan. Mazkur ma’lumotlarning asossiz ekanligini isbotlab Qustantiniyyaning ba’zi gazetalari mening yordamimda maqolalar chop qildi”. ( O’sha gazetalarning nomi: “Daqoyiqul-vaqoyi’” (“Voqealar haqiqati”) 1289 h. yil 6-rabiul avval soni. “Basirat” 1289 h. yil 15-safar. “Al havodis” (“Hodisalar”) gazetasi 1288 h. yil 25- zulhijja soni.) “Ushbu Mushaf to‘g‘risida men o‘zimning “Vafiyatul-aslof” kitobimda shayx Abdurahim bin Usmon O’ttiz-imoniy (vafoti 1251 h.yil )tarjimai holini yozgan vaqtimda zikr qilganman”, — deydilar Marjoniy. O’sha kitobda shunday yozilgan: “Shayx Abdurahim Samarqandga borib, Mushafni islohga muhtoj ekanligini ko‘rganlar. Shundan so‘ng varaqlarini, xatini isloh qilganlar, yo‘qolgan sahifalarni qaytadan yozganlar va teshilgan joylarini yamaganlar. Lekin, u kishi Mushafni asliga monand bo‘lishi uchun tirishmagan. Mana shu Mushaf to‘qqizinchi asr boshlarida Qohirada bo‘lgan. Mazkur davr Abu Bakr Qaffol Shoshiy, hatto, Shayx Ubaydulloh Ahror zamonlaridan ham ancha keyindur. Bu to‘g‘rida Ibn Jazariy va boshqalar zikr qilganlar”. (“Tarjimatul-Marjoniy”, 15-bet. ) Quyida esa Marjoniyning Qustantiniyyadagi gazetalar muharrirlariga yozgan xatining matnini (O’sha manba’, 216-bet)e’tiboringizga havola qilamiz: “Salomdan so‘ng ma’lum bo‘lsinki, Samarqand shahridagi Xo‘ja Ubaydulloh Ahror
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling