Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

zotdurlar. Yurishlarini “Qarocha” degan joygacha davom ettirganlar. 



8) Bu rivoyat Bayrutdagi “Andalus” nashriyotida bosib chiqarilgan Ibn Kasirning 

“Fazoilul Qur’on” nomli kitobining hoshiyasiga yozilgan. Unda Rusiya podshohlari qo‘lida 

bo‘lgan Usmon Mushafi bolsheviklar tomonidan Buxoro amiriga tuhfa qilingan deyiladi. 

Tuhfa qilishdan oldin Mushafdan fotografiya asboblari yordamida nusxalar olingan, deb 

yoziladi mazkur manba’da. Ammo, Mushafning asli yo‘lda yo‘qolib, amirga yetib 

kelmagan, deb xabar beriladi. 

9) Rivoyatlarning yana birini Umar Rizo hazratlari o‘zlarining “Mal-Qur’on” nomli 

kitoblarida zikr qilganlar. Islom olamida mavjud bo‘lgan Usmon Mushaflarini birma-bir 

sanab o‘tib, Umar Rizo quyidagilarni aytadilar: “Xuddi shunday Mushaflardan biri 1904 

yilda Buxorodan Moskvaga olib ketilib, bir muddat o‘tgach, yana Buxoroga qaytarilgan 

edi. Bolsheviklar Turkistonda hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin, uni ikkinchi marta 

yana Moskvaga olib ketdilar. Lekin musulmonlarning uni qaytarish uchun qilgan sa’yu 

harakatlari va jiddu jahdlari muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Aytishlariga qaraganda bu 

nusxa Abu Bakr Shoshiy tomonlaridan olib kelingan bo‘lib, keyinchalik Xo‘ja Ahror Valiy 

qabrlari yoniga qo‘yilgan emish. Bolsheviklar uni o‘sha yerdan olganlar, deyishadi”. 

Shu narsaga e’tibor qilingki, aziz o‘quvchi, Umar Rizo zikr qilgan rivoyat ham, 

“Fazoilul Qur’on” hoshiyasiga yozilgan xabar ham shuningdek, professor Subhi Solihning 

“Al-Mabohis” kitobida yozgan va biz yuqorida zikr qilgan “Mushaf keyinchalik Angliyaga 

olib ketilgan” degan fikrlari ham juda chalkash xabarlardir. Haqiqatga eng yaqini biz 

hikoya qilib bergan Mushafning Samarqanddan Peterburgga olib ketilishi va keyin 

Toshkentga qaytarib olib kelinishi haqidagi rivoyatdir. 

Muhtaram kitobxon, biz sizga eshitganlarimizni hammasini ma’lum qildik. Mushafi 

sharifning asli va uni qay yo‘sinda bizga yetib kelgani haqidagi o‘qigan rivoyat va 

xabarlarimizni naql etdik. Ular to‘qqiz rivoyatdan iboratdir. Endi ularning har biri 

to‘g‘risida alohida so‘z yuritib, nimaga dalolat qilishligi to‘g‘risida ta’liq (tushuntirish) 

beramiz. 

Birinchi. Ibn Qutaybaning Mushaf Tus shahrida ekanligi haqidagi xabariga 

“Samarqand tarixi”dagi Usmon (r.a.)ning kuyovlari Said Mushafni 54 hijriy sanada 

Samarqandga olib kelgan, degan rivoyatni bog‘lab, Mushaf o‘sha paytdan beri 

Samarqandda bo‘lgan desak, to‘g‘ri da’vo qilgan bo‘lamiz. Bu fikrni Imom Molikning: 

“Bosh Mushaf “Xonadon voqe’asi” dan keyin Madinadan g‘oib bo‘lgan va men uning 

haqida hidoyat murshidlaridan bironta ham xabar eshitmadim”, degan gaplari ham 

quvvatlaydi. 

Ikkinchi. Muhammad Amin Xonjiy “Manjamul-Umron» kitobida Ibn Batutaning 

Basrada Hazrati Usmon Bosh Mushafini ko‘rganligi haqida zikr qiladi. Bu Mushaf 

keyinchalik Samarqandga, undan so‘ng Peterburgga olib ketilgan, deyiladi. Mushafni 

Basradan Shomni istilo qilgan Amir Temur olib ketgan. 

Ibn Batuta o‘zining “Tuhfatun-nuzzor” kitobida, Shom mamlakatlariga qilgan 

ziyorati chog‘ida Damashqdagi Umaviylar jomi’ida kufiy Mushafni ko‘rganligini va yana 

bir shunday Mushafni Basrada hazrati Ali(k.v.) masjidlarida ko‘rganligini yozadi. 

Damashqdagi Mushaf Temur istilosi paytida yonib ketgan, Basradagisi esa Samarqandga 

olib ketilgan. Bu fikrga rus olimi Shebunin o‘zining «Kufiy Qur’on» nomli kitobida ham 

moyillik bildiradi. Ibn Batutaning Shom mamlakatlariga qilgan ziyorati Amir Temur 

yurishlaridan avval bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda hech qanday chalkashlik 

yo‘q. 

Uchinchi. Tarixchilarning O’rda xonlari va Misr sultonlari orasida vujudga kelgan 



aloqalar, ularning bir-birlariga qimmatbaho, nihoyatda qadrli hadyalar berib turganliklari 

haqidagi xabarlari mavjud. Hadyalar orasida Usmon Mushafi ham borligi zikr qilinadi. 




Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling