Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Mushaf emasligini bilganmiz. Agar yuborgan ma’lumotlarim bosib chiqarilsa, marhamatlarini darig‘ tutmasdan bu tomonga maqoladan bir necha nusxa yuborsangiz. Buxoro amirining elchisi Yahyo Xo‘jadan ruslar Mushaf to‘g‘risida so‘raganlarida, u o‘zlarining odatlariga ko‘ra hech bir dalil-isbotsiz bu o‘sha Bosh Mushaf, deb javob bergan. Ruslar bu xabarni gazetalarga yozib yuborganlar”. Marjoniyning bu fikriga qo‘shilgan boshqa bir fozil olim, ko‘plab asar va tadqiqotlar muallifi Muso afandi Jorullohdir. (1952 yilda Qohirada vafot etgan.) U o‘zining “Movarounnahrga sayohat” nomli kitobida shunday yozadi: “Usmon (r.a.) Mushafi, deb e’tiqod qilingan va hozir Peterburgda saqlanayotgan muborak Mushaf, avvalda Samarqanddagi Xo‘ja Ahror masjidida edi. Men uni Peterburgga qilgan ziyoratim chog‘ida ko‘rdim va uning Bosh Mushaf emasligini aniq bildim. Chunki, bu mushaf juda katta hajmli, Bosh Mushaf esa (olimlarning aytishicha) eniga ikki kaft barobarida va bo‘yiga bundan ko‘ra sal uzunroq ekan. Bu to‘g‘rida kitoblarda zikr qilingan. Shunga ko‘ra Usmon(r.a.) Mushafi o‘zimizning qo‘lyoema kitoblarimizdan sal kattaroq bo‘ladi va hech qachon Peterburg kutubxonasida saqlanayotgan mushaf hajmidagidek emas. Undan tashqari, Usmon (r.a.) Mushafi, u kishining shahodatlaridan keyin, g‘oyib bo‘lgan va u to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q. Faqat, ba’zi birovlar, u Usmon (r.a.)ning o‘gillari Xolidda edi, keyin nima bo‘lgani ma’lum emas, deydilar. Peterburg Mushafi Usmon (r.a.) Mushafi emasligi to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib gapirgan ustoz Shahobuddin Marjoniydir”. “Lekin u, deb davom etadi muallif, — bu fikrni asoslashda nishonga ura olmadi, balki mening o‘ylashimcha, xato qildi. Agar biz bu mushafning xati Bosh Mushaf xatiga muvofiq emasligini dalil qiladigan bo‘lsak, ish oson ko‘char edi. Chunki, Peterburg mushafining xati bir necha joylarda Bosh Mushaf xatiga to‘g‘ri kelmaydi”. (“Tarjimatul- Marjoniy”, 217-bet) Abu Ubaydning Samarqand mushafi Bosh Mushaf emasligi to‘grisidagi fikrini dalil qilgan Marjoniyning gaplari bir shart bilan haq bo‘lishi mumkin. Shart shuki, agar, Abu Ubayd aytgan so‘zi haq bo‘lsa. Vaholanki, uning aytgan gapini rad qiluvchilar bor. “Mavriduz-zam’on” (Tashnalar bulog‘i) kitobida Ad-Doniy Abu Ubaydning “Bosh Mushafda “va lo tahina manos” dagi “to” harfi “hina” bilan qo‘shib yozilgan” degan rivoyatini zikr qilib, bu narsani jamiki diyorlardagi mushaflarning birortasida ham uchratmadik, deydi. Yuqorida zikr qilingan holat qadimiy mushaflarda mavjud bo‘lmaganligi uchun Abu Ubaydning bu rivoyatini ko‘pchilik rad qilgan. Ibn Anboriy aytadilar: “Qadimiy va yangi mushaflarning hammasida “to” harfi “hina” so‘zidan ajratib yozilgan”. Nasir aytadilar: “Mushaflarning hammasida “va lota” “to” harfi bilan ya’ni, “hina” dan ajratib yozilgan». Ash-Shotibiy “Al-Aqila”da: “Abu Ubayd Bosh Mushafda “va lo tahina” qo‘shib yozilgan deydilar, lekin, hamma buni inkor qiladi”, deb yozadi. Abu Dovud «Ithoful-fuzalo» kitobida: “va lota hina”dagi qo‘shib yozishlik (vasl)ni inkor qilaman, deydilar. 4) Mushafning merosxo‘r shayxlari Kaufmanga bu Mushaf Amir Temurning Samarqanddagi xazinasidan chiqqan, deb ochiq-oydin aytganlar. Bu haqda Mushafni Samarqanddan olib ketish paytida yozilgan hisobotda ham qayd qilingan. 5) Shayx va ulamolar quyidagi yana bir rivoyatni aytib berganlar: Xo‘ja Ubaydulloh Ahror rahimahulloh (vafotlari 895 h.y.) o‘zlarining bir guruh muridlari bilan Hijozga safar qilib, qaytishda muridlaridan biri Istanbulda qoladi. Uning tabobat ilmidan xabari bo‘lib, o‘sha yerda kasallarni davolay boshlaydi. U tezda mashhur bo‘lib ketadi. Mamlakatning podshohi kasal bo‘lib qolib, uni chaqirib keladilar. Podshoh shifo topib, sog‘ayib ketgach, unga tila tilagingni, deydi. Shunda murid unga hazrati Usmon (r.a.) Mushaflarini Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling