Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
nomlanishiga qarang"HO'JONA" - go'yo ustozlar ayollarni yomon yo'lga solmoq uchun 
mashg'ullar, bu subutsiz ayollarni ularning nomi bilan atashadi.
"Sevgili va qimmatli Lutfiya! Sizni ko'rgach, sevgi neligini angladim. Behad go'zal 
ayolsiz. Oilangiz, bolalaringizni borligining hech ahamiyati yo'q. Menga, menikiga 
kelsangiz bo'ldi. Sizga sevgi to'la heyot bag'ishlamoqqa harakat qilardim".
Bilasizmi, bu maktub qarshisida ne holga tushdim? Shunday hayajonlandimki!. . Ayol 
ham hech seviladimi? ...
Ayol faqat erkakning... vositasi, bundan tashqari kezsin, to'zsin, o'z ko'ngilhushligini 
qilsin, faqat erkak bilan hech bir aloqasi bo'lmasin(o'zholiga qo'ysin). Ilgariroq mehr-
muhabbat va hurmatni eshitib turardim. Takliflar doim ko'p bo'lardi, lekin bu safar 
qarshimda jonli isbot turardi. Bu erkak bial ko'rishgib suhbatlashdik. Ammo ko'p o'tmay 
Anqaraga qochishga qaror qildik. Qarorni amalga oshirishdan oldin onamning oldilariga 
bordim. Qaytib kelgunimcha erim bilan qaynonam hammasidan habar topishibdi. 
Onamnikidan qaytganimda meni uyga qo'ymadilar. Keyinchalik qarorlarini qanday 
o'zgartirishgan bilmayman. Qaytib uyga joylashdim. bir narsa deyishmadi. Bolalarim 
yoniga qaytgach, "sevgilim"bilan aloqani uzdim. Erim tobora boyib oliy tabaqaga aylanib 
borardik. Erim nima qilishim bilan ishi yo'q. Men uning nomusiga dog' tushiradigan 
harakatlar qilganimda ham loaqal bir musht urmadi. Yana hozirgi uyimizdan kattaroq uy 
qurmoqchi bo'ldik. Yangi olgan zamonaviy jihozlarimiz yangi uyimizga sig'masdi. 
Modomiki boy ekanmzi, uyimiz ham boylarnikidek bo'lishi, o'zimiz ham boylarday 
yashashimiz lozim edi-da. Bu voqeadan keyin ho'jonalar tomonidan ikki yil bezovta 
qilinmadim. Ko'rinishdan bahtli yashardik. ammo men bahtiyor emasdim. Mas'udlik 
ahtargan, bo'shliqda tebrangan bir ayol edim. Insonlar menga yahshilik qiladi, deb 
ko'rsatgan eshikka kirib, saodat ahtarar, balki baht shu yerdadir, deya o'ylardim. O'sha 
paytlarda nega qarshimdan bir musulmon chiqmadi? Musulmonlar boshlarini tuyaqushga 
o'hshab qumga tiqib pinhon saqlasharmidi? Sen musulmon edingmi, deb so'raganlarga 
javobim shu savoldir: erini aldagan ayol musulmon bo'ladimi? Komil iymonli musulmon 
ayol menday ish tutarmidi? Yangi uyimzini pastki qavatiga joylashdik, ustki qavati 
bo'yoq qilnardi. Bir kuni erim:"Bo'yoqchi mening tanishim, Erto'g'on, juda ham nomusli 
inson, uyga kirib tursin, taom ber", dedi. Nomusli emish, qaysi nomus haqida, kim 
gapiryapti? Yana aytaman, nomus tushunchasi shariatdan tashqari bo'lsa, ayniqsa 
ayolhususida hech kim nomusli emas. Mo'min esa nomuslidir. Erto'g'on nomusli bo'lsa, 
keyingi hayotimda ta'siri bo'larmidi? Nomusli bo'lsa yolg'iz ayoldan taom talabida 
honasiga kirarmidi? Nomus emish...

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling