Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


POVILYO'NGA QANDAY TUSHIB QOLDIM


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

POVILYO'NGA QANDAY TUSHIB QOLDIM 
Yomon yo'larga kirib ketayotgan ayollarning ismini eshitar, rasmini ko'rar edim. Lekin 
duch kelib yaqindan suhbatlashmagandim. Yig'inda bir honimni uchratib qoldim. 
Ko'rinishidan Islomiy yashashi bilinib turardi, islomiy kiyinib olgan edi. Suhbat aylanib 
ayollarning yomon yo'lga kirib qolishiga kelganida, opa barchaning so'zini bo'lib, bu 
haqda shunday dedi:"Ayollar yomon yo'lga islomni bilmaganlari uchun kirib qolishyapti".
Lutfiya opa bu haqda bizga tushuncha berishga harakat qildi. Biz hayratimizni 
yashirolmay so'radik: 
- Islom bo'lmagan joyda insonlarni buzuvchi hodisalar bo'lishi va qandaty najot 
topish mumkinligi haqida bizga shunday aytyapsiz-ki, odamda bu ayol o'sha yerlarda 
bo'lganmikin, degan hayol paydo bo'ladi. O'zingiz o'sha yerda bo'lganday gapiryapsiz.
Shunda opa ovozini pasaytirib, bizni yanada hayratga soluvchi javobni berdilar: 
- Men ham 15 yil o'sha botqoqlik ichida qoldim. Hozir, Alhamdulillah, Islom bilan 
sharaf topdim. Shu sababdan bu haqda gapiryapman. Hayajonimizni bosob, aytganlarini 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
yozmoqchi ekanligimizni, qanday hidoyatga kelganlarini bilmoqchi bo'lganimizni aytdik. 
Uchrashish uchun bir kunni belgiladik...
Va suhbatlashdik. Opa aytdi, biz yozdik, marhamat siz ham habardor bo'ling! 
"O'tmishimni aytib beraman. u hayot mening hayotim, Ammo hatolarimni boshqalar 
muhokama qilishi mumkin. Insonning botqoqqa botishi aqliga bog'liq. Mening hafrat 
natijasida botqoqlikka botishim sabablarining ko'pi har insonning ahyotida kechishi 
mumkin. Ko'rinishdan kichik narsalar, ammoularning hammasi birlashsa inson ezilib 
qoladi. Iymonsizlik bilan bergan mashqqat bialn chohga tushib qolasiz. Keyin Alloh 
hohlasa, Allohning lutfi karami bilan bu chohdan chiqib olasiz.

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling