Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
qilmagan yomonligim qolmadi. Olti oylik Aslonni huddi katta boladay urardim, bolalarga 
qaramasdim. Akromning asl qiyofasini ham endi bilayotgan edim. Ichkilik ichar, har hil 
yomon ishlarga boshini suqardi. Bir kecha Akrom odatdagidek yo'q, bolalar esa 
yig'lashardi. Ikki kichigi tayoqdan tinchimasdi. Kichik Aslon tagini ho'llab qo'ygan, qiz 
ochlikdan yig'lardi. Eshini tars yopib chiqib ketdim. Keyin Akroni pavilyonlardan izlab 
yurdim, Ovro'paga ketganida ilojsiz edim, lekin bu yerda bo'lsa mendan qutulolmas, 
qo'lim yoqasida bo'lardi. Turmush qurganimizga 8 yiol bolganida men ham uch bolaning 
onasi bo'ldim. Otalari bergan pul yetmagani uchun o'zim chevarlik qilib, faqat o'z 
bolalarimni boqardim. O'gaylar katta bo'lib qolishgandi. Ular bilan o'z bolalarimni bir 
dasturhonda ovqatlantirmasdim. O'gaylarning yeguligini ovqat deb bo'lmasdi. O'z 
bolalarimni har hil ovqatlantirar, go'shtni oshhonada emas, uyda pishirardim, baribir hidi 
tarqalardi... . .
Yetishmovchilik tufayli shunday yo'l tutardim. Ochlik - ocharchilik edi. Haliyam 
hammadn ko'p topadigan o'zimiz edik. Bir uyda bo'la turib bolalarim o'gaylar bilan nirga 
o'ynamasdi. Tikuvchilik ishiga yarim kechasi bo'lsa ham Aslanni uyg'otar edim. 
O'zimning qiyinchiliklarim uchun otalariga bo'lgan o'chimni bolalaridan olardim. Biz 
uchun nonvoyhonadan 6 yoshli Aslan non olib kelar, ularga bu yangi, tandirdan uzilgan 
nonlardan bermasdim. Bola nonni menga uzatayotgandagi ko'zlaridagi yolvorish 
qahqaha urishimga sabab bo'lardi. Istanbulda alohida joyda faqirlar uchun sotiladigan 
non - yetimlarning yeguligi edi. Aslon navbatga turar, suvi qochgan, mog'orlagan, 
sichqon kalamush tekkan arzon nondan yeyishar va shu sababli lablari shishib ketar, 
hech narsa yeyolmaydigan holga kelar va och qolishardi. Bolalar ulg'ayib qolishgach 
qaynonam tong'ich o'g'ilni o'ziga oldi. Menga Aslon bilan qizni qoldirdi. Aslon ham katta 
bo'lib qolgani uchun ishlashi kerak edi. Aslonni jurnal sotishga qo'ydim. Sotib 
bo'lmaguncha uyga qaytishini taqiqladim. Bunga amal qilmasa o'lguday urardim. 
Qishning qattiq sovuq kunlaridan biri edi. Tashqaridagi sovuq odamni junjiktirar edi. 
Kech soat bo'lishiga qaramay Aslon uyga qaytmadi. Bolaning qaytishi emas, u olib 
keladigan pul muhim edi. Tanish ovoz eshitib tashqariga qaradim.
- Ona-a-a, eshikni oching!!! 
Aslon qo'lida jurnallar bilan turardi.
- Ona eshikni oching... Sovqotdim... Bugun sotolmadim... Ertaga sotaman. . Meni 
ichqariga kiriting!!! 
Ovozi shamolda sado berardi. Yoi'q ochmayman. Erkalanib, taltayib ketadi va ertaga 
ham sotmasdan keladi. Bolaning gapiga ishonib bo'ladimi? Buning ustiga olti yosh 
bolaning gapiga... . Shu asnoda uhlab qoldim. Uyg'onganimda ovoz eshitilmasdi. 
Sotuvga ketdimikin, deb tashqariga qaradim. Qorga ko'milguday bo'lib ketibdi, ichkari 
kiritdim. Sotolmagan uchun saboq bo'lsin deb, urdim. Ovqat bermadim, shu holda uhlab 
qoldi. O'gay bolalarni uradigan alohida joylarim bo'lardi. Qizni hammomda, Aslonni 
oshhonada urardim. To'ng'ichi yonimda payti kaltaklanadigan joyi - mehmonhonamiz 
eshigini orti edi. Bolalarning shunday urgan bir kunimda, Aslonning juda jahli chiqqan 
bo'lsa kerak, bo'ynimdagi munchoqlarga osildi. Sochilgan munchoqlar tahtalar orasiga 
tushib ketdi. Uni shunday urdimki, boshi yorildi, qon oqdi. Oz-moz davolashni bilardim. 
Tyzatdim. Oradan bir yil o'tdi. Yana shunday qish kunlarining birida bolalarni urayotgan 
edim, zo'rg'a sudralib, mast holda otalari kelib qoldi, bolalarning ahvolni so'radi. Ko'zim 
bilan ishora qildim, qiz gapirmadim, Aslon aytib berdi. Erimning jahli chiqib 
bolalariga:"Hozirlaning buvingiznikiga jo'nataman", dedi. Yarim kecha, sovuqda ustlari 
yupun bolalarni buvisikiga jo'natdi. Bolalari shi\u ketgancha qaytmadi. Qosimposhodan 
To'phonaga ketishdi...
Bu yirtqich, vahshiy o'gay onaning bir necha yildan beri tortayotgan vijdon azobiga 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling