Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 kelsak... Hozir 65yoshdaman. Ikki cuh yildan beri boshimga yarim yorti ro'mol o'rayman. Namozimni o'qiyapman. O'gay bolalarga nisbatan vijdon azobini biroz bo'lsada, Allohga qaytgach tuya boshladim. Allohga qaytgach, tuya boshladim, bu ishlarni yirqich emas, iymonsiz qilishi mumkinligini, iymoni bor odam bunday qilolmaydi... Vijdon azobi esa har daqiqa men bilan birga... Istanbul ko'chalarini kezganimda, jome'larga qaraganimda, qish kelganida, yosh bolalarni ko'rganimda o';lishdan o'rqaman. Allohga qanday javob beraman deya... Yashamoqdan qo'rqaman. Vijdonim so'rog'iga javob topa olamyman. Hozirgi iymoni o'shanda bo'lsa edi. Omonat qilingan bolalarga shunday qilarmidim? Ko'zyoshlarini oqishiga yo'l qo'yarmidim? Otalarining o'chini shu norasidalardan olarmidim? Yo'q, hech birini qilmasdim. chunki shu onda iymonga qovushmoqda edim. Islomni o'rganmoqda edim. Allohdan avf so'rayverib, biroz inchlanganday bo'laman. Yo'qsa ko'rinmas azob meni yeb bitirardi... . Ohirida shuni ma'lum qilamanki, keksaygach, o'z bolalarimnikiga bordim, meni qbul qilmadilar, tashqariga haydadilar. Bugun hasta bo'lsam menga qaraydigan o'sha kichik Aslon va uning iymonli hotini... . Ana shu meni ulkan vijdon azibim emasmi? Men unga qarashim kerak bo'lgan vaqtda dunyosini qaro qildim, hayotini zahar ayladim, ko'nglini yaraladim. U esa keksayganimda, unga muhtoj bo'lganimda: - Keling onajon!- dedi. Eng katta ibrat darsi emasmi bu? Iymonsiz davrimda qilgan qilmishlarimga iymon bilan qilgan javobi emasmi bu? Samimiy quchoq ochishi men uchun ulkan vijdon azobi emasmi? TOG'ORA Ayol yosh vaqtidayoq eridan ayrilib, undan qolgan yolg'iz o'g'lini tarbiyalab o'stirish uchun tish-tinog'i bilan harakat qildi. Uning orzusi bu o'g'lini hech kimga muhtoj qilmay o'qitish edi. Kunlarini shu niyat bilan kechirdi. Yosh va go'zal edi, ammo turmush qurish haqidagi takliflarni ortga surib keldi, yoshligini o'g'lini boshqa o'llarga qaratmaslik uchun qurbon qilmoqchi bo'ldi. Birovlarning kirini yuvdi, lekin bolasini hech kimga muhtoj qilmadi. O'g'lini o'qitmoqchi, kasb egallagach, qolgan umrini uning yonida egallamoqchi bo'ldi. Shu hayollar bilan oradan yillar o'tdi... . Nihoyat o'g'li huquqshunoslik fakultetini bitirib, hakamlik vazifasida ish boshladi. Onaning sevinchi yeru ko'kka sig'amasdi. Navbat o'g'liga munosib kelin topishga keldi. Shu orzusi tezroq amalga oshsa edi... . Uni rosa ahtardi, izalb-izlab topdi. U zohiran o'zi izlagan qiz edi, botinan esa noma'lum. Ko'rinishi yahshi, Ichini kim bilsin. Kelinini o'z farzandiday yahshi ko'rar, bir soat bo'lsa ham oldinroq to'y bo'lishini hohlardi. Go'yo o'zi turmush qurayotganday. Bir lahza bo'lsin avvalroq kelinini tushirmoq, yangi uylariga ko'chmoq istardi. Bir go'shaga chekinib nabiralarini erkalashni istardi. Hotiralariga, shirin hayollarga cho'mishni istardi... Nikoh kuniga bir oy qolgan edi. Kuyov kelinni olib yangi uyga joylashadigan ashyolarni o'rinlari o'lchovi, mo'ljalini olmoq uchun kelishdi. Yangi uy go'zaltus oldi. Bo'lajak kelin qaylig'iga: - Jahonbey, hammasi chiroyli, yahshi bo'ldi, ammo shu tog'orani qayerga joylashtiramiz? - dedi. Yigit ajablandi: - Shunday katta uyda bitta tog'oraga joy topolmayapsanmi? Peshtahta ostiga qo'yaqol, - dedi. - Yo'q, bo'lmaydi. - Ravoqqa qo'yrsan. Bo'lajak kelin bosh chayqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling