Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 - Hech bo'lmasa eshik tagiga qo'y. - U yerga to'g'ri kelmaydi. - Bitta tog'orani joylashtirolmaysanmi? - Uni emas, jonim, tog'ora deb onagizni aytyapman, onangizni! Yosh qizdan bunday gaplarni eshitgan yigit muzlab qoldi. Hayotida boshini toji bo'lgan onajonisi, o'g'li uchun el eshigida ishlagan, onasi tog'ora o'rnida ko'rilmoqda. Demak onasi tog'ora, mayda chuyda narsa tashlanadigan quti. Nahot o'sh jafokash, fidokor ayolni joniday sevgan onasini joylashtirish uchun o'rin yo'q. Bo'lajak yostiqdoshi onasini tog'ora, bir quti o'rnida ko'rmoqda... . Jahon hech narsa demadi. Uyga qaytgach ham gapirmadi. Bechora ona bo'lajak kelinini o'zi haqidagi fikrlarini bilmay, tinmay uni so'rar va maqtardi. O'g'il bu holga achchiq jilmayish bilan javob qildi. Nihoyat nikoh kuni keldi. Hozirliklar ko'rildi. Mashinalr qatorlashdi. Salon odamga to'ldi. Odamlar kelin-kuyovni ko'rish ishtiyoqida. Va nihoyat Ma'mur kelindan so'radi: - Qizim, Ahmad o'g'li Jahonni zavjalikka qabul qildingizmi? - Ha, qabul qildim. - Yahshi. O'g'lim siz Zaynab qizi Zalihani zavjalikka qabul qildingizmi? - Yo'q!... Yo'q! Qabul qilmadim. Bu so'zdan hamma oyoqqa turdi. Hayrat bilan hamma kuyovga qarar edi. Ma'mur hayajonlanib, shoshib qoldi. - Ho'sh, hozirgacha qayerda edingiz? - Taqsir, otamdan erta qoldim. Ularni vafotidan keyin onam meni ota bo'lib ulg'aytirdi. Bu yo'lda birovlarning eshigida ishladi. Meni muhtoj qilmaslik uchun kechani kecha, kunduzni kunduz, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay ishladi. Yemay yedirdi, kiymay kiydirdi, meni o'qitdi, odam qildi. Onam endi mening yonimda o'tirib rohat ko'radigan huzur topadigan paytlarda siz ko'rib turgan mana bu kelin onamni tog'oraga, qutiga(ahlat qutisi deyolmadi)tenglashtirib, unga o'z uyidan joy berishni hohlamadi. Onamni tog'ora deb uni hohlamadi. Mening onamni hohlamagan unga bunday muomala qilgan ayolni men ham hohlamayman! Marhamat qilib onasini tog'ora degizadiganga tegsin!- dedida o'rnidan turib, onasini qo'ltiqlab hayratlar va ko'zyoshlar aro to'yhonadan chiqib ketdi... Bu hodisadan keyin qiz uyiga qaytdi. Oradan 20yil o'tdi. Hali hanuz turmushgachiqmadi, chiqolmadi. Hanuz boshi ochiq. Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling