Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
odam endi jome'dan ko'tarilayotgan edi. Juda ahmoqona ish. Imom jamoatga 
o'girilib:"Bu qanday odam edi? " deb so'radi. Odamlar bir ovozdan:"Yahshi odam edi!" 
debovoz berishdi. Nimasi yahshi edi? Uni qaysingiz yahshi bilardingiz? Yuzlab ayolni 
bozorga solgan, qancha ayollarning oila buzgan, necha-necha bolalarni yetim qilgan 
odam yahshi deyilmoqda. Janoza namozidan keyin qabrgacha ergashib bordik. Men 
umrimda birinchi marta janozani va mozorni ko'rmoqda edim. Mayitni tobutdan olib, 
lahadga qo'yib, ustiga tuproq tortdilar. U yerda ham Imom duo qildi. Gunohlariga 
mag'firat tiladi. Hamma qo'zg'olib qabristondan ketishdi. Mening dunyoyim vayron 
bo'ldi. Men ham bir kun o'laman...
Dugonalarimizdan birini:"Muqaddas uch oyga yetib keldik, keling jome'ni aylanamiz", 
- degan taklifini hammamiz qabul qildik. Ayyub Sulton Hazratlarining qarorgohi bizlar 
uchun doimo tohtash joyi edi. Bir kecha Markaziy jome'da bir hofiz Qur'on o'qiyotganda 
shunday ta'sirlandimki, qancha yig'laganimni bilmayman. Qadr kechasida birinchi marta 
chalaroq namoz o'qidim. Endi Allohga duolar qilar edim. "Meni bu hayotdan O'zingga 
qaytar" deya yolvorardim. Ahd qildimki, hech bo'lmasa juma kunlari ichkilik ichmayman 
va ishlamayman. Yana bir kun Ayyub Sulton Hazratlarining eshigidan kirar ekanman, bir 
ayolning kitobfurushdan:"Qur'onning turkchasi bormi? "- deb so'raganini eshitib qoldim. 
Hayajonlanib:"Qur'onning ham turkchasi bo'ladimi? _-dedim. Kitobfurushga uchradim. 
Kitoblarni bo'sh vaqtimda o'qiydigan bo'ldim. Ichkilikni tahslashga qaror qildim. 
Bo'lmadi. Lekin vaqti bilan tashlashimga ishondim. Ishdan keliboq g'usl qilar, yodlagan 
duolarimni o'qir, ora sira tasbeh o'girardim. Povilyo'n ayollarining ichida ham 
Ramazonda ishlamaydigan, namoz o'qiydigan bir oy do'stlarini ham qabul qilmaydigan 
bor. Me'roj Qandilli yangi jome'ga bordim. Chiroyli kiyinib o'ranib oldim. Jome;dan 
ichkari kirishim bilan yosh qizlar o'tirganini ko'rdim. Musulmon bo'lib ilk marta shulardan 
iliqlik ko'rdim. Menga ba'zi narsalarni tushuntirdilar. Birinchi va'zni Timurtosh Hojadan 
tingladim. Va'zdan shunchalar tas'irlandimki:"Yo, Rabbiy! qachon qutulaman", - deya 
yolvorardimTimourtosh Hoja Barot - gunohlar kechirilish kechasi, qilinadigan tavbalar 
haqida biroz va'zqildilar. Va qanday gunoh bo'lsa ham qayta qilmaslik sharti bilan tavba 
qilinsa Alloh taolo kechiruvchi ekanini, Allohdan umidi yo'qlar kofirlar ekanini ham 
bildirdilar. Ohirat va o'limni yangidan anglatdilar. Endi yangi davra ichiga kirgandim.
Ramazonda ro'za tutib so'ng ishga borsammikan yoki ishni tashlasammikan? Shu 
yillar ichra ahtarganim Rabbim ekan, oqibatda Rabbimni topdim. Rabbim meni 
botqoqdan qutqarmoqni iroda qildi. Jome'dan chiqqach hayqirgim keldi:"Hoy 
halq!Allohga qayting! Chunki Undan boshqa sevilgan, marhamatli, avf etuvchi yo'q!" 
Lekin hayqirolmasdim. Oradan ko'p o'tmay ishlay olmasligimni angladim. Ish joyga borib 
hayr ho'shni joyiga qo'yib o'sha chirkin hayotga vido aytdim. Hayotimning eng go'zal 
yillarini bag'ishlaganim shu jaholat uyini tark qildim. Mashaqqatlarga, iztiroblarga to'la 
hayotim yillari ortda qoldi. Kelgusi yillarimni esa Allohning izni bilan bir mo'minday 
kechirmoqchi edim...
O'zim haqimda so'z tugadi. Aslida aytganlarim, shubhasiz, anglagansiz, faqat 
o'zimgagina emas, hammamizga balki, butun jamiyatga oiddir. Mening qaytishimga ba'zi 
voqealarning ta'siri va Alloh (J. J) imtihoni va intiqomi ham bor edi. Bular qaysi 
deysizmi? Hozir aytaman...
Izmirda mahkama yonida o'tayotib, bir to'p odamga ko'zim tushdi. Yaqinlashdim. 
Yerda qo'l oyog'i shishgan, yuzi tanib bo'lmas holga kelgan bir ayolni ko'rdim. O'z-
o'zimch abu ayolni qayerdadir ko'rganman deb o'yladim. So'ngra ovozidan Izmir 
ko'ngilochar pavilyo'nlaring yagonasi, deya tanilgan Mehribon ekanini bildim. Taniy 
olmas darajada kaltaklangandi. Kaltakdan yuzlari yara dog' bo'lib ketgandi, uni hech kim 
ishga olmadi. Bakirko'yda kasallarga libos va yeguliklar olib borardimYana bir kuni 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling