Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
35 borganimda, shunday ayollardan biri, mashhur san'atkori - Salma telba holda keltirilgandi. U suhbatdoshlar orasida uy buzuvchi deya nomlanardi. Alloh undan intiqomini olgan buzgan oilalari uchun tirikligidayoq jazolanayotgan edi. Keyinroq uni ruhiy kasalahonada deb eshitdik... . Oramizda juda boy ayol bor edi. Do'konu mashinalrini sonini hech kim bilmasdi. Uyi antiqa ashyolarga to'la edi. Bir kuni turmushga chiqmoqchi, keyin Olmoniyaga ketmoqchi ekanini bildik. Qutulmoqda deya sevindik. Keyin bilihimizcha, o'sha kishi uning hamma mollarini sotib, huquqiy jihatlarini men yuritaman, deb o'zlashtiradi. Olmoniyaga ketish uchun tayyorgarlik ko'radi. Mu'nihga kelganida o'sh aodam:"Sening pasporting va ruhsatnomang shu yergacha yahshi qol!" deya jo'navoradi. Ayolni orqaga qaytarish uchun polismenga odam yuboradi. Hotin o'sha yerda aqldan ozib, ruhiy kasalhonaga tushadi. Shifonadan chiqqanida uni ko'rdim. Juda cho'kib keksayganday bo'lib qolgan, aljirab tilanardi... . Aytadigan narsalar ko'p... Yana bittasini aytayin. Boy lekin o'lguday ziqna bir dugonamiz turmushga chiqmoqchiligini aytdi. Har doimgiday hammamiz sevindik. Uylanadigan kishi uning barcha mol dunyosini o'zining nomiga o'tkazadi. Dugonamiz bizga boyligini Amerika tomonlarda sohil bo'yidagi uyga joylashtirganini aytdi. O'sha oqshom uyga boradilar. Kuyov undan oldin kiradi, dugonamiz kirsa, uning oldida bir kelin o'tiribdi. Dugonamiz kuyovdan : - Buning bu yerda nima ishi bor? Bu kim? - deb so'raydi. - Sening nima ishing bor? Bu yer mening uyim, bu mening erim, - deydi kuyovdan oldin. Dugonamiz o'sha yerda aqldan ozadi. Ko'chaga chiqib yiqilib qoladi. Yurdosh fuqoralar uni Bakirko'lga eltishdi. Alloh taolo bandasini bandasiga sabab qilib intiqomini oladi yoki oldiradi. Albatta buni aql yuritganlar biladi. Bu ayollarning na dunyosi go'zal, na ohirati... Ikkisi ham harob. . Duolarimda u yerda bo'lgan ayollarning qutulishlarini so'rab, allohimga yovoraman. Allohga sig'inib kechmishimdan tavba qilaman, avf qilib shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytaman. Bu sarhush, telba dunyoda biror dardsiz odam bormi, deb so'raymiz goho. Endi bizni diqqat bilan tinglang... "dardsiz odam bo'lmaydi". Biz buni bilamiz, siz ham bilasiz. Lekin dardiga sabru qanoat qilgan dardli esada yanada huzurli bo'lgan insonlar ham bor. Bu huzur qanday qo'lga kiritiladi? Dardli holda mas'udlik qanday mumkin bo'lur? Qancha odamlarni ko'rdik, ro'molhasi dog' bo'lganiga yig'laydi. Yana necha insonlarni ko'rdik, jufti o'lgan, o'zi saraton kasaliga chalingan, lekin ko'z yosh to'kmaydi. to'ksa ham bildirmaydi, oyoqda turib sabr qiladi. Biri ro'molchasining kiriga, paypog'ini ipi uzilganiga yig'lasa, nega ikkinchisining ahvoli tang bo'lsada siqilmaydi, buhron kechirmaydi? Sababi nima? Nogoh dunyoda hamma narsasidan, yaqinlaridan ayrilib, yolg'iz qlgan qariya ruhiy kasalhonaga tushadiyu, huddi shunday ikkinchi qariya qanday qilib tushkunlikka tushmaydi? Ajabo! Unashtirilgan yigiti tahslab ketgan yosh qiz yomon yo'lga kirib aqlidan ayriladi-yu, huddi shunday boshqa qiz nechun aqli hushi, irodasi, nomusini yo'qotmasdanhayotini davom ettirmoqda? Narigi qizning joniga qasd qilishiga sabab bo'lgan voqealar nima uchun bunisiga ta'sir qilmagandek? Farzandsizlikdan bir ayolo'z joniga yetti bor joniga qasd qiladi-yu, boshqa shunday ayol bunday yo'ltutmaydi? Hotinidan mukammallik talab qilib bir er o'z uyini tark qiladi, hunday boshqa erkak esa turmushini buzmaydi? Unga nima taskin beradi? Savollarimiz tuganmas... tugamaydi ham. Nechun insonning uyi, mersedesi, hotinlari, yeyishi, kiyishi, har narsasi yetarli, mo'l bo'lgani holda u hushbaht emas. U dunyosini, o'zini anglayolmaydi, behayo filmlardan huzur oladi. Balki buzuqlik iskanjasidan o'zini qutqarolmaydi. O'ziga hos mustahkam fikri yo'q. hayoli oshqozinida va yengil yelpi o'ynab kulishida. Go'zal ayol ham hazin, go'zal bo'lmagani ham. O'z-o'zicha dardsizman degani ham hursand emas... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling