Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

AVVAL YASHAMAGAN EKANMAN 
Oilamiz to'rt kishidan iborat. Uch opa-singil va onam. Otamizni kichikligimizda 
yo'qotganimizdan buyon tirikchilik tashvishi hammasi onam zimmasida edi. Hayotda 
Allohdan boshqa hech kimi bo'lmagan onam bizni turli qiyinchilik, kurash va 
mashaqqatlar bilan o'stirib, ulg'aytirishga harakat qildi. Opamiz kichik yoshda turmush 
qurib ketdi. Men bolaligimdan magazinda hisobchi yordamchisi va sotuvchilik qila 
boshladim. Qisqa vaqt ichida Mahmudposhsho muhitiga moslashishga harakat qildim. Bu 
yerda tijorat nomi ostida nimalar bo'lmaydi deysiz. Qizlarning ham seplari, ham 
nomuslari talon taroj qilinadi. Bir necha magazin egalari farzandi tengi qizlarni yo'ldan 
urib, har hil muomalalar qilar va ularni o'z ahloqsizliklari yo'lida bir buyumga 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
aylantirardilar. Qay birlari qochib qutulardilar, qay birlari uylarini, nomuslarini boy berib, 
uning-buning moli sifatida qorin to'ydirish va giyohvandlik savdosi bilan ovoralar. Bugun 
Istambulda ayollarning ishlashini quvvatlagan beylar zimdan hozirlangan bu tuzoqlarni 
ko'rmasdan iqtisodiy erkinlik bo'lsin, deya na'ra tortadilar. Ha, qansdayligi noma'mlum 
ishlarda ishlash ayolga bir miqdor iqtisodiy huzur beradi, ammo huning barobariga, balki 
ko'proq ayollik hislatlarini yo'qotadi-ku! Men u yer bu yerga o'tib nima qilishimni bilmay 
yurardim. Sharoitni ko'rib qochishni ham, bulg'anmoqni ham istamasdim. Erkaklar bilan 
erkin munosabatda bo'lardim. O'zimcha madaniy hayot kechirardim. Ulardan biror narsa 
yuqtirmas, ular qilayotgan ishni qilmas, lekin buni inkor ham qilmas edim. Ularga bir 
narsa demasdim. Ularning ishi, ularni ahloqsizliklari menga meyoridegidek tuyula 
boshlagandi. Shunday ahloqsizlik oqimida o'zim bo'lishim bilan birga singlimni ham 
da'vat etardim. Mendan to'rt tosh kichik singlim onamning qistovlari bilan Qur;on 
bosqichlariga yuborilgan edi. Singlimga sal tepadan achinibroq qarardim. O'zimcha uni 
bu dunyo zavq;aridan bebahra deb o'ylab, uni bu holdan qutqarmoq choralarini izlrdim. 
Bir kuni onamning tug'ilgan yurtiga ketgani, uyda yo'qligidan foydalanib bosqichdan 
chiqarib oldim.
O'z ta'birimcha uni qutqargan edim... .
Hanuz o'zini yangi deb harakat qilgan 13 yoshlik singlim o'zgacha hayrat ichida edi. 
Bu holidan foydalanib uni kinoga, teatrlarga, ko'rgazmalarga olib borardim. Istardimki, u 
ham mendek hur yashasin, diniy ishonch panjaralarini parchalab yoshlarday madaniy 
hayot kechirsin. Men yoqlayotgan yoshlar madaniyati nima edi? Ko'chalarda diqqatni 
tortuvchi kiyimlarni kiyish, yigit qiz aralash quralash yer depinib tonggacha o'ynashmi? 
Yoki cho'milish joylarda yarim yalang'och cho'zilib, beorlik cho'qqisini egallashmi? Yoki 
asl maqsad nima ekanligini bilmay qo'llariga kitob jurnal ushlab o'zlarini o'qimishli qilb 
ko'rsatishmi? O'zini haqiqtga bag'ishlamoqchi bo'lgan singlimni men ana shunday 
vijdonsizlar " madaniyati" moli bo'lishga undar edim. Bugun shu satrlarda yozayotgan 
vijdonsizligimni o;sha vaqtda basir ko'zlarim bilan ko'rolmagan edim. Men orzuyimni 
amalga oshirishga ulgurmadim. Singlim Allohning madadi bilan onam tarafidan Islomga 
ko'ngil qo'ygan yigit bilan unashtirildi. Qancha urinmasamda, singlimni qo'ldan chiqarib 
qo'ygan edim. Singlim oramizdan ketgach, onam bilan birga qoldim. Onam o'z dardlari, 
man o'z tanlagan yo'lim bilan edim. Bir tashkilotning halq raqslari bo'limida raqqos edim. 
Bu tashkilotni tuzganlar ko'proq siyosatni, kommunizmni targ'ib tashviq qilishar edi. Va 
shu tafaylik qamoqda ham yotib chiqqan yoshlar edi. Hammamiz "zakovatli" yoshlardan 
bo'lganimiz bilan fahrlanar va har hafta minglab odamlar o'rtasida raqsga tushar edik. 
Bu jamoatda bir "madaniyatli" akamiz men bilan o'zgacha munosabatda bo'lar edi. 
Soatlab davom etgan suhbatlarda dinsizlik emlashini o'tkazar edi. Va albatta meni 
"tuzatmay" qo'ymasdi. Zaif ishonch ozgina turtkidan qulaydi. Ular o'ziga tobe'qilish 
uchun qo'llaridan kelganini ayamasdi. Bir Ramazon oyida ularning hech qaysisi ro'za 
tutmagn holida, men ro'za tutdim. Lekin ulardan uyalganimda buni bildirmadim. 
Kechqurun uyga qaytishda madomiki shubhada ekanman nega tutdim deb ro'zamni 
buzdim. Va tug'ilgan savol javoblar ichida qolib, chorani o'z-o'zimdan qochmoqda 
ko'rdim. Qancha qochmay quyilib kelayotgan savollarga javob topa olamas edim. Ma'lum 
bir nuqtagacha kelar, u nuqtadan o'ta olmas edim. U nuqta nima edi?
Shunday o'ylar ichida yorganimda. o'l;imga Hakimo'gli Ismoilning "Ilmlar, sharhlar va 
izohlar" kitobi tushib qoldi. Tezda o'qib chiqdim. Tug'ilgan savollarimga yangi yangi 
javoblar topa boshladim. Bir Qudrat borligiga ishona boshladimki, hayotim va yashashim 
boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Bu tuyg'ular bilan to'lishib borar, bu to'lishish esa 
hali men bilmagan hidoyat sari boshalrdi. Endi uyg'ongandim, lekin atrofimdan voz 
kecha olmasdim. Na ular meni tark etishar va na men ualrni. Ishonchimga ko'ra yashay 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling