Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 yahshiliklari ahamiyatlidir, lekin ohirat yahshiliklari hammasidan muhimdir... . Shu so'zlarni mening o'g'lim aytdimi? Hayratlandim. . Lol qoldim... Hayolim Alifda edi. Ammo uni surishtirmasdim. Bir payt:"Qanday yashadingiz" deb so'radim. - Onam kunlik ishlarga ketardilar. Biz ham ulg'ayib to'rt-besh qurush topdik, keyingi paytlarda siz ham yuborib turdingiz... . Alloh rozi bo'lsin. Onamiz bizni birovni qo'liga qaratmasdan voyaga yetkazdilar. - Ammo ohir oqibat turmushga chiqdi, shundaymi, - dedim. O'g'lim yuzimga qaradi. - Onam turmushga chiqmaganlar, bizni shunday deb yozishga majbur qildilar, men esa yozdim, - dedi. Yo, Allohim! Sevinchmi bu? Yoki telbalik? Darholo'g'limning qo'lidan tutdim. - Tezda onagning oldiga boraylik, - dedim. O'g'lim juda oliyjanoblik bilan: - Borsak ham onam sizga qaytmaydilar, ota. Yillab yig'ladilar, chunki ezildilar, qiynaldilar. Qachon siz haqingizda gapirmoqchi bo'lsak:"Shunday bir inson bo'lardi, yashardi, endi yo'q, o'ldi ketdi", derdilar. Jur'at yetishmadi. Ertasi kuni qishloqda ne qilishimni bilmay chorasiz holda kezdim. Va keksaroq vositachilarni topib Alifga jo'natdim. Hammasiga: - U meni tiriklay yoqdi. Uni ko'rishni ham hohlamayman, - debdi. Chorasiz edim. Bormoqchi bo'ldim. Bor jasoratimni tio'plab, uyining bo'sag'asigacha keldim. uyda edi, bilaman. Yuragim to'htab qoladigandek. Yo, Allohim! Biroz tin olib so'ng boray... O'tirib nafasimni rostladim. Nimadan gap boshlasam ekan deya reja tuzdim. O'yladim. Jonim, Alifim, desammi? Yo'q... unda "joningni nega boshqa tannozga almashding? "der. "Seni juda sog'indim" desamchi, yo'q, ishonmaydi. Ishonmas... . Huddi shu asnoda qarshimda tikilib turardi... Alif!juda jiddiy va viqorli! -Sizdan iltimos, o'zimga joy topgunimcha, bu yerlardan uzoqlashing, elchi ham jo'natmang. Siz bilan hech qanday bog'lanishimiz qolmagan. Juda qatiy va keskin gapirardi u. Yig'ladim. - Ne desang haqqing bor, - dedim. Bu orada qizim kelib qoldi. Onasiga yig'lab yolvordi. -Onajon, otam bilan yarashing, bizlar ham shod yashyalik. - O'n uch yilki, yig'lagan menman... - Ammo otam ham yig'layaptilar, shayton yo'ldan urgan. Ammo qarang uzr so'rayaptilar, ahir, johil erkaklargina ham ayb qiladilar, ham uzr so'ramaydilar. Otam uzr so'rayaptilar. Onajonim, bo'yim o'sdi. Ulg'aydim, lekin hech shod-hurram kunlarni ko'rmadik. Ho'p deng onajon. Qizim onasiga yolvarayotganda men eshik tomon yurdim. Birdan Alifning ovozini eshitib sevich va hayajondan qotib qoldim. - Qizim, bor otangni chaqir, och qolgandirlar, dasturhon hozirlaylik! AYBDOR U havotir va jonsarak holda mahkamada javob berish uchun tayyorlanardi. Mahkamada bunday demoqchi edi:"Men bir ishchiman... dil hasta... Nech yilki filmimni suratga ololmayapman... . Bola chaqam parishon... hotinim hasta... Bu aybni men qilmadim. . Meni qo'yib yuboring, janob sud'ya! Besh kunlik dunyoda erkin nafas olib o'lay... " Bo'lmadosh do'sti Somiy mazahchi bo'lgani uchun tirg'almay o'tolmadi. - Qani ko'ramiz, birodar, Birozdan keyin nazoratchilar jandarmalar bilan birga kelib seni olib ketishadi. Ne holing bor ko'ramiz. . Yahshiyam yuraging hasta... Meniki ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling