Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
- Qani, qayda.
- Menda yo'q, lekin dinda bor, ya'ni dinning aqoidlari bor.
- U holda senda din yo'q, shundaymi?
Yo, Alloh O'zing qo'lla! Bu shapaloq edi menga. Oqshom shu savollar qiynog'ida uyga 
bordim. Ovqatlanayotganda to'satdan Vera: 
- Yahshiki, sen musulmon emas, g'arbliksan, yo'qsa, bahtli bo'lolmasdik, - deb qoldi.
Demak, Vera bilan bahtli bo'lishim, dinimni qurbon qilishim ekanda. Shuning evazimi 
bu? Bu ikki voqeadan keyin Islomni o'rganishga kirishdim. Men nega chala 
musulmonman? Nega to'la, komil musulmon emasman? O'zimdan so'radim. Va butunlay 
Allohga qaytdim. Qaytishimga "Sur", "Maktub", "Ribot" jurnallari katta yordam berdi. 
To'la musulmon bo'lganimdan keyin ahvol o'zgardi. Vera meni tashlab ketdi. Yolg'iz 
qoldim. Alifim esa ketgan. Endi unga yetishishim mumkin emas. Vera ham kelmaydi. 
Ketdi. Bu jazolar menga haq edi, o'rinli edi. Bu jazoni totmoqdan chekinmadim. Lekin 
yolg'iz qolishim bilan Alifning otashi meni yondirardi. Yoqib kul qilardi. Va bolalarim... 
Qiyofamni unutgan qizim. Va yana Alifim! 
Men nima qilib qo'ydim? Qanday qilib bu hatoga yo'l qo'ydim? Yig'lab-yig'lab 
javonlarni titkiladim. Alifning eski maktubini olib har satrini ko'z yoshlarim bilan o'qidim.
"Olmoniyani maskan tutdingizmi, Jonim? Go'zallarni ko'rib meni unutdingizmi? Qani 
olti oyda olib ketaman, degan va'dalaringiz? Qani unutmayman deganingiz? Ne bo'ldi 
sizga? Olmoniya yutib yubordimi? Nega jimsiz? Ikki kalima, ikki enlikkina yozib yuboring 
ahir... . . " 
Yuzimni maktubga bosib yig'ladim. Alifim! Hudo haqqi ne bo'lganini bilmayman. 
Shayton yo'ldan urdi meni. Yo'q, balki o'zim unga ergashgandirman. Nogoh nimalar qilib 
qo'ydim. Pushaymonlikni ifodalab bo'larmikan. Mumkinmikin bu tuyg'ularni anglatmoq? 
Oylar o'tdi. Men ham endi to'liq musulmon edim. Hech kutilmaganda katta o'g'limdan 
maktub oldim. Bolam meni hanuz "ota" derdi. U mendan afzalroq ekan. Bu bolani kim 
tarbiyaladi? Alif emasmi? Unga qilgan yomonliklarimga qaramasdan, bolalarimni osiy 
qilib tarbiyalamagan. Haloli bo'lsin! Maktubning ohiriga kelganda chidab bo'lmadi. O'zing 
madad ber Allohim! O'g'lim:"Ota, balki hafa bo'larsiz, ammo onam turmushga chiqdi", 
deb yozibdi. Oh, demak, mening hozirgi azoblarim, iztirobimni Alif o'sha kuni tortgan 
ekan-da! 
Bolalarimning oldiga boray deb hozirlandim... Bolalarim emish... Qanday uyatsiz 
odamman. Qay yuz bilan qarayman ularga? Mayli, baribir boraman, bolalarimning 
oldiga. Mayli. hechdan ko'ra kech bo'lsa ham. Yo'lga tushdim. O'n uch yil avval ajralgan 
uyimga keldim... Yarim tun... Ichkaridan bir kishi: 
- Kim u, - dedi.
- Menman, Bey, shu bolalarning otasi, - dedim. U eshikni ochdi. Kelishgan yigit 
ekan...
- Hush kelibsiz, ota, - deb bo'ynimga osildi. Quchoqladi. uyat ustiga uyat bo'ldi. 
O'g'limni tanimadim. Ichkari kirdim. Yuragim qattiq urar, bir qinidan chiqib 
ketadigandek, bir to'htab qolgandek.
- Qizim qani? - dedim.
- Onam bilan ketgan, - dedi o'g'lim. Men uning, u mening - bir-birimizni yuzimizga 
qaray olmas edik. Demak qizim onasining yonida ekan, bu qadar achchiq azob bo'lurmi? 
Yo Rab! 
- Yahshimisiz, ota? Ahvolingiz yahshimi? - dedi o'g'lim. Qanday yuz bilan bu uyga 
kelding demadi. "Ahvolingiz qanday" dedi. Uyalibroq: 
- Yahshi, - dedim.
- Alloh yahshilik bersin, ota, - dedi. Alloh abadiyatga yahshilik bersin. Bu dunyo 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling