Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR PIYOLA CHOYGA INTIQLIK
www.ziyouz.com kutubxonasi
53 o'rnak olishsin. Balki o'qib yomon yo'llardan qaytishar. Garchi ko'plarning boshi tosh devorga urilmaguncha ko'zlari ochilmaydi. Ko'plar katta zarba yemaguncha o'nglanmaydi. Ammo nashrdan umidim katta. Chunki insonlar hammasi birdek emas-ku, aqllik kishilar yomon yo'ldan qaytishni biladilar. BIR PIYOLA CHOYGA INTIQLIK - To'htang! - dedi u. - Maylimi bir piyola choy ichib olsak, qishloqqa qaytishga yuzim chidamayapti. Meni shunchalar g'azab qoplab olgan ediki, u yig'lagan sayin men quturardim. U yolborgan sayin men ko'proq urardim... . "Allohingdan topaver", - deb og'zimdan chiqqan kufr so'zlarni o'zim eshitmasdim. O'z hotinim menga aslo gap qaytarolmasdi. U och qolardi, men buni bilardim. Onam iplik sotib unga bir necha qurush berardi. Pulni berayotganlarida:"Bu o'g'ilni tuqquncha ilon tug'sam bo'lmasmidi. Men unga yomonlik o'rgatmaganman. O'g'limning ortida kimdir bor, lekin kim u? " deya iztirob chekardi. Hotinim esa meni ardoqlar, ammo men uni ko'rishni ham istamasdim, chunki u Suzan kabi, Sarpil kabi jozibador emasdi. Onam uni menga qishloqdan olib bergandi. U qanday mas'um edi ohirgi ko'rganimda... . . Men osha kuni ham ichgandim. uni meni kutayotgan holda ko'rdib:"Meni ta'qib etayapsanmi hali? " deya sochlarini tutamlab, ko'tarib yerga urdim. Yerdan turganida og'zidan qon kelardi. - Bilasizmi, sizni dunyolarga almashmasdim, - dedi u qonini arta turib, keyin yana davom etdi, - ammo endi bu qiyinchiliklardan, bu azoblardan qutulish uchun o'zingizni o'zingizga qoldirib, biroz huzur izlab ketaman. - Koshki ketsang, - dedim, - koshki ketsang. - Ketmoqchiman, - dedi ko'zlarimga tik qarab, bu gal ohirgi qarorim, ishoning. Hayolga toldim. Beyo'g'lining hamma qo'rqadigan odami, balosi bo'lmoqchi edim, ostimda so'nggi rusumdagi mashina, qizlar"aylantiring"deya yalingan... Mana, nihoyat hotinimni holdan toydirdim. Qishlog'iga ketmoqchi... . - Keling, ro'baro' o'tirib bir piyoladan choy ichamiz. Qiz paytlarimda filmlarda yuzma- yuz o'tirib choy ichgan er-hotinlarni ko'rib havas qilardim. Bir martagina, loaqal bir marta hayolim haqiqatga aylansin, iltimos, - dedi. - Men choy ichmayman, aroq, vino, raki ichaman, - dedim. - Dasturhon tuzab sizni bir hursand qilish uchun e'tiqodimdan voz kecholmayman, - dedi. Dasturhon tayyorladi. Lablaridan oqqan qonni sidirib qo'yar, menga qarar va: - Bu qilmishingizni men kechirsam Alloh kechirmas, - dedi. - Bu zulmning badalini Uning huzurida o'taysiz. - Sevinyapsanmi? - dedim. - Man ahmoqman, - dedi, - o'lay agra ahmoqning o'ziman. Shuncha qiynaganingizga qaramay, yana qiynalishingizni hohlamayman. Oqibatda baribir achinib hafa bo'laman. Balki aksincha bo'lar, kim bilsin... . Xotinim bilan bir zumgina yahshi suhbatlashganimni tushundim. O'rnimdan turib:"Bo'ldi, vaysashni bas qil" dedim. Va eshik tomon yurdim. Ortimdan ovoz keldi: - Bir piyola choy ichsak bo'lmaydimi? Bir ho'plam choy ichgunchlik vaqtga rolga kiring, sizni shu holda eslab yuray, tushlarimga shunday kiring... . Yurdim, Tinglamadim. "Qachon? "dedim. "Nima qachon? dedi. "Qachon daf bo'lasan? Qachon jahannam bo'lasan? "dedim. "Ertaga"dedi. Shu onda yuragimga botgan qilday bir narsani his qildim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling