Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
- Ammo sizga aytolmadim... . To'g'rirog'i, tuzuk holda uyga kelmaganigiz uchun 
fursat bo'lmadi... Men homiladorman. Ota bo'lganingizni qabul qiling, rozi bo'ling, sizdan 
boshqa hech narsa istamayman.
Uni yana urishga shaylandim. G'azab bilan ustiga bostirib keldim.
- Nima, nima, nima! Sen homiladormisan? -deb so'radim. U ovchilar qo'liga tushgan 
jayrondek qo'rqib qolgandi. tepasida musht ko'tarib:"Gapir!"dedim.
- Gapir bu bola balosi qaydan chiqdi? Kimdan bo'ldi?
Uni shunchalar qo'rqitib qo'ygandimki, hatto homiladorligini ham aytolmabdi. Musht 
tushirdim.
-Boshimga bola balosini tushirmasingdan yo'qol, - dedim.
Yana eshikka qarab yurdim. Tutilib-tutilib bir narsalar deya ming'irladi ortimdan. Ko'p 
narsalar aytmoqchi bo'lar, uni bir alanga o'rtaganday, ko'p aziz narsalarini yo'qotganday 
kuyib yonardi. Aytolmasdi. Gapirolmasdi. Endi bolasining otasini aytolmasligi kuydirardi. 
O'zini zo'rg'a qo'lga olib ortimdan chinqirdi.
- Alloh seni shu bolaga muhtoj qilsin!Alloh seni sudrantirib qo'ysin!Alloh ko'rsatsin... 
do'stlaringdan zarba ol!Allohdan so'rayman, meni kuydirganingdek kuy! Qilmishingga 
yarasha azob ol!Ohim yerda qolmaydi!Qolmaydi... Shuni unutma!Shuni bil! 
Yig'alb yig'lab yerga tiz cho'kdi. Silkinib silkinib yig'lab, o'ksinib menga qaradi. 
Ko'zlari qonga to'lgan va shishinqiragandi. O'zgacha qat'iy bir ohangda so'zladi: 
- Aslo... Aslo chiday olmayman, senga toqat qilolmayman. Yerdan chiqqan emasman. 
yerda qolmayman... Yo'ldan topilgan emasman.
Tongga yaqin kelganimda qoldirgan yerimda ko'rdim, bo'lmaning o'rtasida yotardi. 
G'ururga berilhanimdan ustiga ko'rpa ham tashlab qo'ymadim. Ertasiga peshinda 
turganimda hotinim ketib bo'lgandi. Stol ustida bir qisqagina hat qoldirgandi.
"Har kim o'z tengi bilan turmush qurishi kerak ekan. Ammo buni qishloqda o'sga 
Oishaga kim ham o'rgatardi. Kim ham o'rgatardi, harom yo'lda yurgan, doimo boshi 
maishatdan chiqmaydigan sizga! 
Mana ketmoqdaman. Sizni vijdon azobingiz bilan yolg'iz qoldirmayman... chunki 
sizda vijdonni o'zi yo'q!Sizni sizni qiynoqlarinigizibilan tanho qoldiraman. Zero, bir kun 
qiynoq eshigini qoquvchi mastlikdan uyg'onmoqchi bo'lasiz...
Ammo vaqt o'tgan, kech bo'lgan bo'ladi... Va bir umr kuyasiz... . Jahannamda 
kuyajagingiz bundan mustasno...
Oisha Zilo'g'li" 
Otasining ismi bilan imzo chekkandi. Menday asl yigitdan, mard erkakdan qanday 
ham ajrala olardi? Atrofimda ayollar oyog'imga bosh urib, yalinib turgan bo'lsa!Lekin 
atrofimdagi o'sha ayollarni hech ham hafa qilmasdim, "Yo'qol!"deya kaltaklamasdim... .
Oradan ikki yil o'tdi. Oishani yo'qlamadim. "Turmushga chiqib ketdimikan? "deya 
o'ylardim ba'zida. Jazmanimni qizg'anar, lekin hotinimni hech kimdan qizg'anmasdim. 
Ichimda esa g'ashlik bor edi. Bir kuni mahkama ma'lumotniomasini qo'limga berishdi. 
Ajrashar ekanmiz. Bir qizi bor ekan, Bir yoshga kiribdi. Ismi Shuhado. Mahkama bolani 
onasiga qoldiribdi. Yana ikki yil o'tdi. Bir kecha sarhush holda mashinada uyga ketardim. 
Bir chaqirim yurdim. Beyo'g'lidan chiqqanimni, duch kelgan avtobusni chiroqlarinigina 
eslayman, ko'zimni ochganimda tez yordamda ko'rdim o'zimni. Boshimda hakim va 
hamshiralar bor edi. O'zimga kelganimda o'ng qo'lim yo'q, kesib tashlangandi. Kesishga 
majbur bo'lishibdi. O'z-o'zimdan ilk marta intoqom oldim. "Shunday bo'lishi haq!Endi 
odam bo'larsan!". Uyimga qamalib oldim. Dastlab do'stlarim kelib, u bu narsalar olib 
kelib habar olib turishar edi. "Seni yolg'iz qoldirib, tashlab qo'ymaymiz", - deyishdi. 
Lekin besh oy o'tgach, hech biri kelmay qo'ydi. Istar istamas Oishaning so'zlari yodimga 
tushdi. "Senga Alloh ko'rsatsin!Do'stlaringdan zarba ol!... . " Mana, osha kun keldi.


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling