Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Chidayolmadim. Uni olib bobosinikiga, Oishaning otasinikiga bordim. Tortinibroq 
qo'llarini o'pdim. Onasi qo'lini bermadi.
- Qo'li o'piladiganchalik tabarruk emasman, - dedi.
Ular ham yig'lashdi. Shuhadoni yolg'iz qo'lim bilan quchoqlab turardim. Go'yo yillar 
intiqomini mendan olardi. Ayovsiz olardi. Qizimni yerga tushirmasdim. Bir payt: 
- Ota sizni qo'lingiz bittasi nega yo'q?
Bu savol meni marhamatsiz yillar qo'yniga uloqtirdi.
- Shuhadoni Istanbulga olib ketsam, - deya so'radim.
- Yo'q, bo'lmaydi. Istanbul bizning nazarimizda hosiyatsiz shaharga o'hshab qoldi. 
Bolamni u yoqqa yuborolmayman. Hohglasangiz ora- sira kelib, uni ko'rib ketishingiz 
mumkin, - dedi otasi. Shundan keyin qishloqqa kelib qizimni ko'rib keta boshladim. 
Qizimni to'yib-to'yib hidlab ketadigan bo'ldim. Hech otalik hissimni bahsh eta olmagan, 
hech otalik qilolmagan bolam meni kechirishi uchun qo'limdan kelgan ishni qilardim.
- Mendan nima istaysan, so'ra bolam, - dedim. U qo'llarini yozib: 
- Mana buuuuncha qo'girchoq istayman, - dedi - ammo unutsangiz, sizni yahshi 
ko'rmayman.
-Ho'p, qizim olib kelaman, faqat sen meni yahshi ko'rsang bo'ldi.
Bir oydan keyin katta qo'g'irchoq olib qishloqqa keldim. Unga qo'g'irchoqni bera 
qolsam, derdim. Qaynonamning uyiga yugurdim.
- Shuhado-o-o-o!!! 
Tashqariga qaynonam chiqdi.
- O'g'lim, baqirmang. Shuhado uhlayapti.
- Mayli, -dedim. - Bolamning boshida uyg'onishini kutaman. To umrimning ohirigacha 
kutaman...
TAQDIR GUNOHGA YETAKLAMAYDI 
Xotinimning qo'liga "Maktub"jurnali tushgach ko'p narsa o'zgardi. U jurnalning har bir 
sonini topar va mendan yashirib o'qirdi. Yillar o'tib, uyimda ajoyib kitoblar paydo bo'la 
boshladi:Huzur So'qog'iy, Sh'ula Yuksal Shanlar, Minyali Abdulloh Hakimo'g'li Ismoil, 
Surgun O'rgatman, Burasi Jazouyi, Amina Shaliko'g'li va boshqalar.
Men yuzlab odamlarni qamoqqa yuborganman. Kitoblarni otdim, uloqtirdim. 
Xotinimning yomon jahli chiqdi. O'rta maktabga ketdi, deb o'ylagan o'g'lim Imom 
Hatibligiga kiribdi. Alloh saqlasin... Rosmana jahlim chiqdi. Imim Hatib deyildimi 
hayolimga doim Erboqok kelardi. Hafratim qchon , nima uchun paydo bo'lgan o'zim ham 
bilmayman, ammo shu odamni yomon ko'rib qolganman.
Xotinim esa aksincha Milliy Yoshlar Vaqfida ishlarmish... O'g'limning Imom Hatibligiga 
o'qishga ketganini eshtishim meni shunday parishon qildiki, uhlamaydigan bo'lib qoldim. 
O'g'lim bir oliyjanob bola edi. Bu oliyjanoblikni mendan olgan deb o'ylardim. Doimo 
o'g'limni hudojo'ylik ruhidan qanday qilib qutqarsam deb o'ylardim. Nihoyat boshimga 
bir fikr keldi, o'g'limga: 
- Tayyorlan, bir joyga boramiz, - dedim. Bolam hursand bo'lib hozirlandi. Onasi esa 
ikkilanardi.
- Bolani qayoqqa olib borasiz? - deb so'radi. Unga baqirdim: 
- Har holda o'limga emas, bolani otasidan ayaysanmi? Uydan chiqdik. Xotinimning 
havotiri shundan ham bilinib turardiki, pastki qavatgacha ortimizdan tushdi, qayoqqa 
borishimizni bilishga harakat qilardi.
Polis kiyimini yechib, fuqarolik kiyimini kiyib olganman. Moshinamga chiqqanimda 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling