Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 Kutilmaganda maktub oldik. O'g'lim onasiga:"Onajonim!Men Pokistondaman. Alloh nasib qilsa, bayramga boraman", deb yozibdi. Boladek bo'zladim. Endi bolam meni sajdada ko'radi. Vijdon azobim barham topadi. O'g'lim arafa kuni keldi. Katta bo'lib ulg'ayibdi. Soqolli, nur porlab turgan ko'zlari, yuzlaridan o'pdim. Bag'rimga bosdim. Yo'ldan chiqarmoqchi bo'lganim - Imom Hatibim meni yo'lga solgandi, yo'l topishimga, hidoyat yo'lini topishimga sababchi bo'lgandi. Ertasi kuni hayit namoziga birga bordik. Hayotimda hech qachon bu qadar bahtli bo'lmagandim. Jome'dan chiqqanimizda o'g'lim yuzimga qarab: - Ota, bilasizmi, sajda sizga goz'al shahsiyat bahshida etibdi. Safda turishingiz sizga shu qadar yarashibdiki, ta'rifni keltirolmayman, tushuntirolmayman... . Hullas, sizga vijdon azobimni anglatmoq istadim. "Maktub"jurnalida o'qiganim - "Vijdon azobi"menga juda ta'sir qildi. Mening hayotim, otalarga, ayniqsa polislarga o'rnak bo'lar deb o'yladim... Allohga omonat bo'ling!!! E'TIQOD Zaynab hola shifohonadan chiqishga hozirlanmoqda. Hech kimi kelmadi. To'rt o'g'il va ikki qizi bor. Birovi bo'lmasa, birovi kelib qolar, deb derazadan tez-tez qarab qo'yardi. Qohira Jome'sidan shomga azon aytiladigan vaqt bo'lgan bo'lsa-da, hanuz holani olib ketuvchilardan darak yo'q. "Nega kelishmadi, ne bo'ldi ekan? '-deya tashvishlanardi hola. U, hamshiralar:"Hola hali ham shu yerdamisiz, ketmadingzimi? "-deb qolishlaridan havotirda edi. Narsalarini sumkasiga joyladi. Deraza yoniga o'tib tashqarini kuzatdi... . Yoshligini hotirladi... Olti bolasi bor edi. Ularga Islomiy tarbiya berishga harakat qilar, lekin uddasidan chiqolmasdi. Ya'ni bolalariga bergan tarbiyasini atrof muhit shamoli uchirib olib ketardi... . Bir kuni katta o'g'li unga tik qarab isyon qildi:Bizni o'z erkimizga qo'ying ona!O'zingiz istaganingizcha yashang, lekin bizni o'z holimizga qo'ying!Yoqamizni bo'shating! Zaynab hola yoshligida tinib tinchimasdi, islomni boshqalarga bildirishga harakat qilardi. Anjumanlar o'tkazdi. Maqolalar yozdi. Turli chiqishlar qildi. Talabalar yetishtirdi. Ammo uning yutuqlarini ko'rolmagan musulmonlar, balki munofiqlar turli mish-mishlar tarqatishar, tinchlik berishmas, bazovta qilshardi. Goho Zaynab hola o'zicha tutoqib:"Nega bunday? Ahir, biz diniy birodarlar, qiyomatli qarindoshlar emasmizmi? "deya iztirob chekardi. Bu yomon holatga choralar ahtarardi. Qarori qat'iy edi. Hech bir guruhni tanqid qilmoqvhi emasdi, lekin uni tinglaydiganlar oz edi. Bir gal Qur'on tahsili bosqichidan quvildi. Ko'chaga chiqqach yig'ladi:"Nega quvildim? Allohim, menga sabr ber!"-deya u yerdan uzoqlashdi. Qayga borsa tanqidga uchradi, uni noto'g'ri tushunishdi. Anglagan dunyo muammolari va muqobillarini taqdim etolmas va bu uchun ham iztirob chekardi. Odamlarga kam foydam tegayapti, deya o'ylar, o'zini sevganlar ham borligini unutar edi. O'zini juda kichik chog'lar va ba'zan ko'ngli cho'kardi. Bolalarga qalban bog'langan, to'zimagan yoshlik chog'larini o'yladi... . Qo'shnilarning bolalarini esladi... Bushro, Forima, Asila, Ali, Kozim, Muhammad, Zahro... . Ularni asallarim deya ovutar va bundan o'zi ham zavqlanardi... . Mana shom azoni munglig'-munglig', hazin-hazin, ulug', ohista va baland taralmoqda. Go'yo:"Zaynab, yolg'iz emassan, mana men borman", deyotgandek edi. Ko'zyoshlari dumalab-dumalab tushdi. Nogoh hamshiraning ovozidan hushyor tortdi. - Zaynab as-Sodiq... Siz hali ketmadingizmi, kasalhonadigi joyingizni bo'shatishingiz lozim, muddatingiz bitdi!-dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling