Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Islomga hizmat qilganlarni yomonlaydi? Nega Islom dushmanlariga nisbatan bizda nafrat 
uyg'otmaydi? nega aksincha?
Bularni anglamasdan Islomga zid ketayotgan edik.
Bir kuni Istambuldan kelgan bir Imom Hatib bizning ustozimizni yomonlabdi. 
Eshitdik. Ustozimiz bizga:"Borib uni qo'l oyog'ini sindiring!"-dedi. Biz beshta tebgqur 
Istanbul yo'liga tushdik. O'sha zotni topdik. "Senmi, bizni ustozni yomonlaydigan? 
"dedik. U esa:"Birodarlar, sizning ustozingiz yo buzuq yo telba. Uning hatolarini 
ko'rmayapsiz. Alloh sizga bunday ruhsat bergabi yo'q. Aqlingizni yig'ing". dedi. 
Beshovimiz unga tashlandik. O'zimizni yo'qotgandik... U esa qonga botganicha o'lib 
qolgandi...
Bizni tutib olib qiynashdi. Shunday azoblashdiki, bunaqasi kinolarda ham bo'lmaydi. 
Sheriklarim sukut saqlashdi. Men esa Ustozimizni ismini aytib berdim. Uni ham, butun 
tashkilot a'zolarini ham tutib keltirishdi. U hammasini tan oldi. Istanbulda sudimiz 
davom etdi. Bir necha oylardan so'ng, dunyoning eng ulug'i deb o'ylaganimiz bilan birga 
bitta kamerada yotdik. Unga bo'lgan hurmatimiz kun sayin yo'qolib, susayib borardi. 
Hammamizning hayotimizni mahv etgan kihsini, o'sha kuni ruhiy hasta bo'lgnini 
angladik. Tanazzulga uchrab yig'ladik. Eng kattamiz Jamol miyamizni qoqib, qo'limizga 
berardi:"Qur'onga ko'ra birodarlik nima, degan savolni ko'ndalang qo'ymay, hoyu 
havasga berilgan bu hasadchi ruhiy hastani o'zimizga yo'lboshchi qilib, bir begunohni 
o'limiga sababchi bo'ldik", -derdi. Yoshlikning havfli davrida edim. Endi bir umr meni 
vijdon azobi tark qilmaydi. Endi bir umr qiynalaman... .
Mana, o'n besh yil yotib chiqdim. Hozirgi yoshlar bilimliroq ekanligini ko'rdim. 
Bizlardek ko'r ko'rona ish tutmaydilar. Albatta, oz bo'lsada bizlardeklar ham uchrab 
turadi, shuning uchun bularni yozyapman. Yozganlarimni qanchasini yoritasizlar, 
bilmadim, lekin bularni yoshlar bilishini istayman.
Yoshlar!!! Allohning quli bo'lmoqchi ekansiz, musulmon ekaningizga ishonsangiz, 
guruhingizdag musulmonlarni kamsitmang, hurmat qiling. Albatta, ularning ham hatolari 
bordir, Ammo unutmanki, hatosiz qul bo'lmaydi. Modomiki, inson ekanmiz, qalbimizni 
keng qilaylik, bir-birimizni hatolarimiz bilan sevaylik. Jaholat insonda mavjud narsa va u 
ko'p narsani barbod qiladi. Man sevgan qizim, umrimning o'n besh yili, sog'ligim va 
insonlarga bo'lgan ishonchimni qamoqhonada yo'qotdim.
Sevgilim Feruza dunyoda tengi yo'q qiz edi. Ammo uni boshqaga berdilar... . 
Yoshligim o'tdi... .
Sizlar ehtiyot bo'lib qadam tashlang. O'zimizni ihtiyoriga topshirgan inson kim bo'lsa 
ham payg'ambar emasligini bilaylik...
Unutmang haqiqiy musulmon boshqa musulmonga dushmanlik qilmaydi. Har bir kishi 
Alloh va Rasuliga Iymon keltirgan bo'lsa, uni hurmat qiling, yuz burmang. Allohdan 
qo'rqing!!! 
Shuni ham unutmanki, Allohdan qo'rqqan kihsi o'z ishonchiga kufr keltirmaydi va 
boshqalarga dushmanlik qilmaydi.
Bilmadim meni yoshlar qanchalik tingladi ekan. Bugn meni tushunmaganlar bir kuni 
meni anglashiga aminman. Va Allohga omonat bo'ling deyman. Duolaringizda men 
gunohkorni ham meg'firta qilihsini Allohdan so'rang... .
Yashar. Q.

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling