Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
oldi. Meni qattiq bo'g'a boshladi. Mirshablar keldi. Akamni ko'z oldimda kaltaklashdi. 
Mahkamaga chaqirildik. Men o'n sakkizga kirganim uchun ota-onam ham, uyimdagilar 
ham ishimga aralasholmas ekan. Akam:"Singlimni bu holda ko'rib chidolmadim, men 
nomusli odamman", -dedi. Hakam:"U balog'atga yetgan, uning nomusini sanga aloqasi 
yo'q", -dedi. Men da'vo qilmadim, lekin akam men tufayli bir nech yillik qamoq jazosini 
oldi. Ba'zan o'zimdan nafratlanib ketaman Yahshi kiyinish, yahshi yashash uchun qancha 
odamni bahtsiz qildim. Otam, onam, bolam, akam, akamning hotini, ikki bolasi, o'zim...
O'zimdan o'ch olish uchun giyohvandlikka berildim. Lekin yana bo'lmadi. Borgan 
sayin bu botqoqa botib borardim. Jominga qasd qildim. O'lmay qoldim. Bolam bir yoshga 
to'ldi. Ismini Qadar qo'ydim. Mening to'kis yashashimni qurtboni edi bolam. Haqiqiy 
hayotga qaytolmasdim. Ularga bir vositayu, moldan boshqa narsa edim. Kun o'tgan 
sayin nashaga mubtalo bo'lib borardim. Bolamni Qadarimni yetimhonaga topshirish 
uchun lash lushlarini yig'ishtira boshladim. Bolam bu hiyonatimni bilib ko'zlarimga 
mayus boqardi. So'nggi bor bag'rimda ko'zlarimga javdirab boqqan bolamni bola 
boquvchi hotinga topshirdim. Bola-Qadarim achchiq-achchiq yig'ladi. Boquvchi uni oldi. 
U hech qanday achinish sezmasdi. Qadarim go'yo:"Onajon o'zingizga o'zingiz qildingiz, 
hech bo'lmasa menga achining", - deyotgandek yig'lardi. Faryodu fig'on qildim. Yonimga 
bir bey keldi:"Bolalarni bezovta qilyapsiz, avval o'ylash kerak edi. Alloh sizga balo 
bersin:, -dedi. U kishi ham menga qo'shilib yig'ladi.
Bolani boshqa biror marta ham ko'rmaslik sharti bilan hujjat to'ldirdik, imzoladik. Va 
jigarbandimni o'sha yerda qoldirdim.
Uyga keldim. O'sha kuni ko'chalarga chiqib dod solmoq istadim. Menga hech narsa 
tasalli berolamasdi. Bir qurol topib meni shu ko'yga solganlarni o'ldirmoq istadim, lekin 
bunga kim aybdorligini bilmadim. O'rtada aybdor ko'rinmadi. O'rtada faqat va faqat men 
o'zim bor edim. Meni mahfiy bu amallarga boshlaganlar yo'q edi. Ertasiga oqshom 
uyg'ondim. Oqsaroyga qarab yurdim. Oqsaroyda yominga bir kishi keldi. :"Qanchaga 
borasan? "dedi.
- Yo'qol jahannamga!-dedim.
- Men naq jahannamdaman, ammo sen mendan oldin ulgurgansan, - dediyu ketdi. 
Bir soatdan keyin bir yosh kelishgfan yigit keldi: 
- Singlim, siz bilan biroz suhbatlashmoqchi edim. Mumkinmi?
- Gapiring, nima deysiz?
- Sizni qutqarmoqchiman, singlim, iztirobli ekanligingiz shunday bilinib turibdi. 
Keling, kech bo'lmasdan bu yo'ldan Allohga qayting. Siz ayolsiz! Jamiyatning onasi, 
nomusisiz!Siz sotiladigan narsa bo'lmasligingiz lozim. Siznign iliq bir oshiyonga 
ehtiyojingiz bor. Umringizni yomon odamlar uchun sovurmang, umr sizga bu uchun 
berilgan emas, -dedi.
Bu chiroyli, yosh yigitga hayrat bilan qaradim. Birinchi marta erkak kishi mendan 
boshqa narsa so'rayotgan edi. Butunlay boshqa narsa istardi. Allohga, Yaratganga 
qaytishimni istayotgandi. Birinchi marta Alloh ismini mening foydam uchun menga 
eslatmoqda edi. Ha, qancha yillardan beri birinchi marta. Yigit 15daqiqacha va'z aytdi. 
Tingladim. Zotan, bunga ehtiyojim bor edi. So'ng ketdi. Aylandim. Chalao'g'liga keldim. 
Bir joyda"Oynada botgan quyosh" nomli kitobga ko'zim tushdi. Bu kitob diqqatimni 
tortdi. Sotuvchidan so'radim. Yahshi muomalada bo'ldi. Menga yana "Hidoyat", "Bir ona 
faryodi" nomli kitoblar bilan, "Sur", "Zafar", "Islom" nomli jurnallar berdi. "Islom"nomli 
jurnal ham bo'lar ekanda, deb qo'ydim. Iflos ko'chalarning birida joylashgan uyimga 
keldim.
Avval "Bir ona faryodi"ni o'qidim. Nasha humor qildi. Kitobdan g'oyat 
tas'irlanganimga qaramasdan o'qishni davom ettira olmadim. O'sha kechasidagi 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling