www.ziyouz.com kutubxonasi
63
YETTI YILDAN SO'NG
- Ona, men yozuvchi bo'lmoqchiman, nima deysiz?
- Senmi?
- Ha, men, ona. Ko'zlari ko'rmagan qanchadan - qancha g'ayridinlar necha-necha
kitoblar yozishgan ekan. Ko'zi ojiz musulmonlardan olimlar ham bor ekan. Ko'zlari ko'r
bo'lmaganlarning ne uchun ko'rmaganlarini qalamga olaman, onajonim. Bolalarga hos
so'zlarim, fikrlarim bor. "Biz bolamiz", deya behuda yurishmasin. Bolalar ham ko'p
narsalarga qodir. Har kim ko'zining qadrini bilsin. Ko'rmaganlar ham shukr qilsin. Ona,
kecha siz bilan suhbatlashgan doktor aytdi. Tehnika-tehnologiya sababli nogiron bolalar
ko'payib ketyapti deb. Har ne Allohdan edi-ku, ona? Bizni zaharlaganlarni aytmadingiz,
ona. Meni tehnalogiya ko'r qilganini bilaman. Fan emish, tehnika emish. . kasofati
bizlarga urmoqda...
- Ularning bolalari-chi?
- Ularning bolalari yo'q-ku, ona. Gazetalarda yozishibdi, olimlarning ko'pini bolasi
yo'q ekan.
O'g'lim, haqiqatan, diniga bog'langan musulmon bo'ldi. Hofizu Qur'on bo'ldi.
Bulbuldek ovoz bilan Qur'on tilovat qilganida, iymonli yuraklar titrardi. Ko'zi ojizlar o'quv
yurtini a'loga bitirib, diplom olgan Murodim ukalariga ham mehribon edi.
BESH YILDAN SO'NG
Qo'shnimzinig qizi Zaynab Murodimni sevib qoldi. Lekin Murod uylanishni qat'iayn rad
qildi. Uylanish niyati yo'qligini aytdi. Bir kuni Zaynabga:"Kel, kelinim", deganimni
eshitib, meni chaqirdi. U 20ga kirgandi.
- Ona, aybga buyurmaysiz, gaplashib olsak, - dedi. Va men o'tirdim.
- Ona, men o'sha qizga uylanmagach, nega umid qilyapsiz? Uni ham umidvor
qilmang, bu gunoh, ona gunoh bu.
- O'g'lim bu qiz seni juda sevadi, nega uylanmaysan?
- Ona! Bu haqda juda ko'p gaplashdik. Umuman uylanmoqchi emasman.
IKKI YILDAN SO'NG
Erim yo'l halokatidan vafot etdi. O'g'illarimdan biri zobit bo'ldi. Kichiklari hakim
bo'lishga harakat qilishmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |