Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 jazoyim menga yetardi. Onamning asablari zaif edi. Yanada hafa bo'lib uzilib qolay dedilar. Lekin meni ko'rishlari bilan qattiq va kuchli chinqirdilar. Keyim meni ruhshunosga olib borishlarini aytdim. Bir marta bordik. Keyin dori is'temoli va onamining mehrlari tufayli tez tuzaldim. Endi uyimdagilar avvalgidek boshingni o'ra deyishmasdi, lekin o'zim mohiyatiga tushunib-tushunmay o'rana boshladim. Ochiqlikdan hali nafratlanmasamda, ko'nglim to'lmasdi. Bir yarim yildan keyin bir tanishimga turmushga chiqdim, bolalarimiz bor, lekin uning uyidagilar boy bo'lishiga qaramay, bizni uydan haydab chiqarishdi. Ishsizlik, uysizlik kabi turli iztiroblar va mashaqqatlar chekdik. Bir- birimiz bilan janjallashdik. Jaholat bo'ronlari hech yerda susaymasdi. Ishsizlik oqibati haddidan oshdi. Shu ketishda boshim og'rib, o'zimni yo'qotaman, deb qo'rqdim. Chunki meni tushunadigan, tinglaydigan kishi yo'q edi... . Bir o'lchov, mezon yo'q edi... Erim oilalik bo'lishiga qarmay qizlarga gap otishni qo'ymasdi. Endi esa Ovro'pada... u yerda ayollarga qaramayman, deb, va'da bergan, lekin shayton ig'vo qilib qo'ymas, menga tinchlik bermasdi. Bu orada zerikib siqildim. "Yusuf va Zulayho"ning ishqiy hikoyasini o'qiy dedim. Qur'onda borligini bilmas, ishqiy roman sifatida o'qimoqchi edim. Bu orada namozlarimni sekin asta ko'paytirib, mukammallashtirdim. Qur'on o'qishni boshlang'ich maktabdayo'q o'rgangan edim. Ammo'oqimasdim. Ko'pchiligimiz shunaqamiz, Qur'on o'qishni bilamiz, lekin Islomni bilmaymiz, bilolmayapmiz. Bunda kim aybdor-u, kim aybsiz, bilolmadim... Hullas gapni qisqa qilsam, "Yusuf va Zulayho" qissasi, ham ishq, ham hayot, ham ibrat ekan. Bamisli yashayotgan hayotimizni oz'i edi. O'sha oyatlarni yodlagan inson hayotga tadbiq etsa, hayot maktabida bilimdon, turmushda esa tadbirlik bo'lardi. Bir do'stim menga:"Bizga buni qanday ravo ko'rdingiz", deb nomlangan roman berdi. Bir kunda o'qib chiqdim. Shundan keyin azonlar, namozlar va kitoblar o'zgacha, yanada go'zlaroq ko'rina boshladi. Javonlar kitoblarga to'lib tursada, ularni o'qimas edim, endi esa ularni yutib yuborgudekman. Erimga "Hazrati Yusufni" yubordim. Ammo u menchalik ta'sirlanmabdi. Hamma bir narsadan bir hil ta'sirlansa nima qilardi bu olamda? Uning dardi boy yashamoq. Endi men o'qiganlarimdan olgan narsalarimni erimga maktub orqali bildirardim. U esa, hatda faqat hol ahvol so'raladi, derdi. Bu orada Ismoni birdan o'rganib, uni hech kimga anglata olmasdim. Buning ustiga erimdan uzoqdaligimdan siqilib bosh og'rig'iga yo'liqdim... . Lekin endi ko'p o'ylamasdim. Islomni o'rganib, uni boshqalarga anglatishni boshlab yuborgandim. Ikki yarim yilki juftim Ovro'padan hamon kelmaydi. Turkiyaga borsam yana ishsiz qolaman, deb qo'rqar. Hotin, farzand qayg'usi pul oldida kichik narsa bo'lib tuyulardi unga. Rizq beruvchi, teng va keng qiluvchi Allohdir. Faqat musulmonlar rizq eishigini boshqalarga topshirib qo'yishgan... Uzoqdagi erimning ahvolini bilmasdim, lekin unga Islomni maktub orqali anglatmoqni boshladim. Lekin qarshilikka uchradim. Bundan keyin erim bilan bu borada ko'p mashg'ul bo'lmaslikka to'g'ri kelmoqda edi. Kommunistlarga, barcha botil yo'ldagilarga hayqirgim, baqirgim kelardi. "Siz ne qilsangiz qiling, yo'ldasiz, Islomga bog'lanmasdan biror foyda ko'rsangiz-da, uni albatta yo'qotajaksiz! Oldinda so'ngsiz olam bor. Biroz oldinni ko'ring, ilg'or bo'ling! Bilmasangiz dard chekkaysiz" degim kelardi. Shuning uchun yozmoq istayman. Shahsan ko'rgan kechirganlarimni, musulmon ayol uy hibsida, oshhona mushugi, johil deb o'rgatganlarga yolg'on deb hayqirgim keladi. Fikrimda o'zgarishlar, evrilishlar bo'ldi, lekin musulmoncha... Hayotimda esa vijdon azobining tazyiqlari tark qilmaypti. Uydan qanday qochdim? Onamga, otamga, uyimdagilarga qanday qilib shunday ko'rguliklarni soldim? Johil tuyg'ular oldida ularni parishon etdim. Va men, eng yomoni ko'p yillar davomida musulmonlarga nafrat bilan qaradim. Onamning meni ko'rgandagi chinqirig'ini hali hanuz unutolmayman. Vijdon azobida qoldim. Buni Jurnaligizda yoriting, yoshlar, yosh qizlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling