Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 Fotima yoshli ko'zalri bilan otasiga qaradi. Keyin askarga yig'lamsiragancha: - Askar aka, bu mening otam, bolalar otalarini quchmaydilarmi? Men otamni juda- juda sog'indim. Men doim uni eslab yig'layman. Siz nega hafa bo'lasiz, sizning otangiz yo'qmi? Askarlar bolaning bu gapidan qotib qoldilar. Ikkinchi askar: - Qo'y bolani otasiga borsin. Bu mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Agar hizmat bahosiga teng bo'lsa ham. Qo'y, otasiga borsin, - dedi. Fotima o'qdek borib otasini quchog'iga o'zini otdi. Horun barcha dardlarga shifo bo'ladigandek qizini mahkam bag'riga bosdi. Lekin bir qo'l Horunning yelkasidan tutdi. Bu kichik zobitning qo'li edi... - Qani bo'ldi, bugunga yetadi... Bu kunlarni jinoyat qilmasdan o'ylash kerak edi, - dedi. Horun zo'rg'a o'rnidan turdi. -O'zingizni tuting. Oyoqda tik turing. Musulmonga bunchalar bo'shashmoq yarashmaydi, Horun, - dedi Bushro. Bushro jandarmalarga ahamiayt bermasdi. Horun biroz havotirlanib javob berdi. - Bu ahvolim yuragimdan, Bushro. Buning ustiga arzimagan narsadan aybdor bo'lib bu yerda turishim azob beradi... demak, men zaifman, yoki juda tez zaiflashdim. Bushro yuragim sog' bo'lsa edi. Eshik zanjiridan tortib, go'yo shu askar kiyimigacha menga azob bo'lsin demoq uchun tayyorlangandek. Hammasi tugamoqda... uyga birga ketamiz... shu so'nggi sudim, Inshaalloh. Mahkama huzuriga chiqdilar. Horun titrar, sud'yaning so'zini kutardi. Sud'ya oldidagi hujjatlarni titkilar, mahkumning yuziga esa boqmasdi. Prokuror bir nimalar bilan mashg'ul. Mahkama bo'lmasida uch-to'rt kishi. Horunning ichi achishib ezildi. :"Demak meni sevadiganlar, meni o'ylaydiganlar faqat shugina, holos", - deb ko'nglidan o'tkazdi. Sud'ya hujjatlarni ochib sud qila boshladi. Prokuror da'vonomani o'qidi... . uning har bir so'zi Horunga bombadek o'ldiruvchi bo'lib tuyuldi. Hatto u nomini bilmagan jinoyatlar uning bo'yniga qo'yilardi... . Sud'ya qovog'ini uyib baqirardi:"Qani, qani, biz o'sha ma'lumotlardan to'yganmiz". Yo'lg'on gapirmoqda deb Horunni tinglamasdi. Horun o'ylay boshladi. Sud'ya adolat bilan hukm qiluvchi degani-ku? Ammo bu qanday adolat? Qo'limdagi hujjatga ham qaramaydi. Birdan yuragi siqib ushlab qoldi. Horunning yuz tomirlari bo'rtib ko'rina boshladi. Sud'ya esa:"Turlanma!" dedi. Horun birdan yerga quladi. Bushro jon dili bilan unga achinib tikilardi. Sud'ya esa hanuz baqirardi:"Tur o'rningdan, bu yerda hushidan ketib qoladiganlarni ko'p ko'rganmiz", dedi. Jandarma Horunning yurak urishini tekshirdi:"Horunbey, ko'zingizni oching. . oching". Jandarma bir nech daqiqadan keyin sud'yaga, jahl bilan:"Sud'ya janoblari! Horun o'zini o'lganga solib, o'ldi, ha, o'ldi" Haqiqatan Horun o'lgan edi... Bir necha soatdan keyin janoza mashinasida Bushro erining jasadini olib ketardi. Tinimsiz yig'layotgan Bushro unga qarab tinmay so'zlardi: - Bu mahkama so'nggisi, uyga birga ketamiz, degan edingiz, Horunim! Haqiqatda aytganingiz bo'ldi... QIMOR Assalamu alaykum! Bugungacha bir qancha musulmon birodarlarimizga qo'l cho'zib, suyab, vijdon azoblaridan ozmi ko'pmi forig' bo'lishlariga ko'maklashdingiz. Mening ham ichimni kemirayotgan vijdon azobim bor. Iltimos qilaman meni hech bo'lmasa bir sira tinglab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling