Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 boshqasi ahmoq desa-yu, men uning jag'ini ushtmasam... unga:"Sen qanday qilib mening hotinimni ahmoq deyapsan", deyolmasam. Vera meni hurmat qilar, ulug'lardi. Uni hafa qilolmasdim. Oylar, yillar shunday o'tdi. Veradan bir bola ko'rdim. Alif nima qilyapti? Bilmasdim. Bir kuni Vera bilan qo'ltiqlashib ketarkanmiz, shunday uyimizning oldida hotinim Alif bilan yuzma-yuz kelsak bo'ladimi?! Yo, Rabbiy! Qotib qoldim. Ha, bu Alif edi. U ham muzlab qolgandi. Ikkimizning ham tilimiz muzlab qolgandi. Uyatdan yer yorilsa-yu, uning qariga kirib kersam dedim. U qanchalar qiynalgandir... Alifning azobini his qilish uchun uni ham bir erkak bilan ko'rishim lozim edi. Bir-birimizga hayajonlanib qarar ekanmiz, birinchi bo'lib so'z boshlagan Alif bo'ldi: - Voy, e voh, mening jonim jahonim, borlig'im haiqatdan ham sizmisiz? Jonimni bergan odamim shu sizmisiz? O'sha, dunyolarga almashagnim sizmisiz? U silkinib silkinib yig'lardi. Devorga suyanb qoldi. - Qarzini to'lamagan do'stingiz:"Bir kecha kel, eringdagi qarzimni kechib yuboraman", dedi... . or-nomusingiz qolganmi? Javob bermoqqa imkonim yo'q edi. Vera suhbatlashmoqchi bo'ldi. Birinchi bor unga:"jim!"dedim. Bu mening hotinim, unga haqoratni ravo ko'rmayman, dedim. - Kel uyimizga kiraylik, - dedim. Yoshli ko'zalri bilan qaradi. - Uyimiz emas, sizning uyingiz bor. Bizning uyimiz barbod bo'ldi endi, - dedi va orqaga qaytdi. Yetib oldim. - Qayga ketyapsan, chiptangni olay, - dedim. Go'yo lutf etardim. Oldimda qol demasdim. Senga chipta olayin derdim. Uyati yo'q odamman. - Men ketaman. Qarzni keltiring, yo'qsa polisga arz qilaman. Mening or-nomusimni o'ylamaganni o'ylagandan ne chiqdi. Qiynalganim ne bo'ldi, achinganimdan ne foyda, Do'stim Alinikida uni mehmon qildik. Ikki kunda qo'liga o'n ming marka tutqazdim. Chiptasini oldim. uni kuzatdim. - Endu men uchun yo'qsiz, o'gansiz. Hech yerda hatto jannatda ham sizni ko'rishni hohlamayman. Alloh izn bersa... - dedi yig'lab. Meni bunga ravo ko'rdingiz. Ishongim kelmaydi, ammo na choraki ihonishga majburman. chunki ko'rdim... Va ketdi. Orqasidan bir muddat yig'ladim. Ammo unga shu yerda qol demadim. Necha kunlar ezildim. Ammo Veradan ajralmaganim uchun ba'zan uni unutdim. Yer yutsin meni. Kuydirdim Alifni! Ba'zan bunga sababchi bo'lgan Verani yomon ko'rib ketar va nafratlanar edim. Ammo ehtoris meni yana o'ziga tortardi... Oradan o'n yil o'tdi. Endi yoshim ancha joyga borib qoldi... . Veradan bo'lgan o'g'lim 12 yoshga kirdi. Bir kuni olmon Helmut usta yonimga keldi. - Hey, do'stim seni olmonlardan farq qilish mushkul, seni juda yoqtiraman, ofarin, - dedi. - Men olmon emasman, musulmonman. - Musulmonliginga daliling bormi? Agar to'ng'iz go'shtini yemasliging bo'lsa, men ham yemayman buni, musulmon bo'lmog'imga shu yetarlimi? - Men kalimayi shahodat aytganman. - Ayt eshitaylik, - dedi u. Aytdim. - Shu qadarlikmi sening musulmonliging? Lablaringni qimirlatding, qutulding, shumi? - Men qalban tasdiqlayman. - Nimani? - Allohdan boshqa iloh yo'qligini. - Ammo ishonmaysan. Sening qalbing Ilohdan ko'ra shahvatga yaqin manimcha. Chinki sen ovro'palikdek yashaysan. Sening dining shunchalar qadrsizmi? Qimmatsizmi? O'ziga hos aqoidlari yo'qmi? - Bor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling