Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
ketdim. O'zimga kelganimda, badbo'y hid taralar, ichkilik ichilgani bilinib turardi. Yugurib 
chiqdim. Endi nima qilaman? O'ylay boshladim. Kezinar ekanman, bir kutubhonada 
"Maktub" jurnaliga ko'zim tushdi. Oldim, o'qidim. "Vijdon azobi" rukni yoqdi. Yozishga 
qaror qildi va mana yozyapman. O'qiganlarimga qaraganda, ba'zilar, botqoqlikdan 
qutulib, Allohga qaytganini, huzurga, oydinlikka erishganini bildim. Men esa aksincha 
oydinlikdan botqoqlikka tushib yo'q bo'lib borardim. Endi nima bo'ladi? Uyimga 
qaytolmayman. Otam menday farzanddan voz kechadi. Onam shol bo'lib qolgandi.
Oh, Amina! Qaydasan? Endi o'rningda fohisha Amina bormi? Oh, Usmon ota! 
So'zingizni tinglasam edi. Bu holga tushmasam edi. Oh, ota! Meni o'ldirsangiz edi, bu 
yoqlarga yubormasangiz edi. Avvalgi Aminangiz yo'q endi. Sevimli Aminangiz 
o'zgarganini ko'rsangiz edi. Islomiy o'rnak qiz edi. Endi zinokor, ovro'palashgan 
ayollarga o'rnak bo'luvchi Aminaman. Koshki ismim Amina bo'lmasa edi, unga dog' 
tushirmasam edi! 
HAYOTIMNI BARBOD QILGAN XATO 
O'zing asra, Allohim! Hayajondan yuragom to'htab qolguday... Shu ortada nafas 
rostlab, keyin borayin, bu holda uni ko'rsam bo'larim bo'ladi, deb o'yladim. Shunday 
hayajonda edim. O'sha kunlar qanday go'zal edi! 
Qishlog'imizning fe;l atvori eng go'zal qizga oshiq bo'lgandim. "Allohning amri bilan" 
deya uni otasidan so'ratdim. Otasi:"U esi yo'q Allohni bilarmidiki, Allohning amri bilan 
unga qiz so'rayapsiz. Ichkilikni nima qildi? - debdi. Birinchi borishimizdayoq bermasligini 
aytibdi. Men Alifni ololmasligimga ichkilik sabab bo'lishini bilganim kechasiyoq ichkilikni 
tashladim. Ikkinchi, uchunchi, beshinchi marta so'ratishimizga qaramasdan, Alifning 
imom otasi:"Allohga hiyonat qilgan qizimga ham hiyonat qiladi. Bunday aroqho'rga 
qizimni berolmayman", debdi. Chidolmasdan Alifga hat yozdim. "Sen Allohdan 
qo'rqmaysanmi Alif? Men sen uchun o'lib tamom bo'lyapman, hanuz ishonmaysanmi? 
"dedim. U esa hatni o'qib ortga qaytaribdi. Hat olib borgan elchiga:"Hafa bo'lmasin, 
qancha qancha sevishganlar bir birlariga yetishmasdan yashab ketishgan, u ham 
yashaydi. Turmush qurishimiz mumkin emas, endi bu ishdan umidini uzsin", debdi. Bu 
habar meni toqtimdan ayirdi. Hayolimga ilk kelgan narsa - o'zimni o'ldirish bo'ldi. Ammo 
darrov hushimni yig'dim. Men Alifga erishishim krak edi. Reja tuzdim, uni olib 
qochmoqchi bo'ldim. Darhol unga habar berdim. "Aslida o'sha telbani men ham 
sevaman, lekin turmush quriolmaymiz, otam buni hohlamaydi. Qochish rejasini esa 
o'lsam qabul qilmayman", debdi. U ham meni sevardi. Qochish fikrini tutib oldim. 
Bilardimki, imomning qizi ham meni sevadi. Unda ham ko'nsil bor, ahir. Men uchun yer 
yuzida faqat Alif bor edi. Kecha-kunduzim u edi...
Bir kuni rejamni amalga oshirdim. Do'stimning mashinasida uch kishi bo'lib olib 
qochdik. Otasi da'vo qilmasaydi deb havotirda edim. Lekin otasi aqlli kishi 
ekan:"Shikoyat qilishning biror ma'nosi yo'q. Agar qizim hohlasa berganim bo'lsin", dedi. 
Hursandchiligim cheksiz edi. Darhol ham Islomiy, ham qonuniy nikohdan o'tdik. 
Hojao'g'li qishlog'iga darhol qaytdik. Endi Alifimga yetdim. Och va suvsiz qolishga ham 
rozi edim. U ham shod va mas'ud edi. U ham meni sevganini, lekin sezdirmaganini 
aytdi. "Sizga ishonolmasdim, sizda taqlid ko'rardim", - dedi. Juda bahtiyor edik, ammo 
faqirlik belimizni bukar edi. Uch farzandlik bo'ldik. Maktabga boradigan bo'lsalar pul 
topilmas, tiyin ham yo'q edi... . Alif juda fidoyi ayol edi... Jonim edi mening... U och 
qolardi-yu, menga bildirmasdi. G'ururimga tegib ketishdan qo'rqardi. Juda go'zal hulqli 
edi u. Farishtaday edi. Ba'zan bir kunlik ishga borar, men esa juda uyalardim. Unga 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling