Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Bakteriyalar koloniyasining morfologik belgilari


Download 0.75 Mb.
bet70/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
kuch birlikda

Bakteriyalar koloniyasining morfologik belgilari.


Koloniyaning morfologik belgilari

Tekshirish uchun tanlangan koloniyaning nomeri

1

2

Koloniyani parvarish qilish vaqti







Koloniyaning yoshi







Koloniyaning shakli







Koloniya chetlarining ko‘rinishi







Koloniyaning rangi







Koloniyaning yonidan ko‘rinishi







Koloniyaning ichki tuzilishi






c) Bu ishni o‘tkazish uchun go‘sht-peptonli agar oziq-muhiti qo‘yilgan bir nechta probirka suv hammomida isitiladi. So‘ngra harorat 45-500C ga tushiriladi. Keyin sterillangan ilmoq yordamida tekshiriladigan obyektdan olinadi (14-rasm).


TI
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash (0. G.
SHulьgina tomonidan o’zgartirilgan S. N. Vinogradskiy usuli).
Kerakli jihozlar: mikroskop, mikropipetka, tuproq, buyum oynalari,
karbol kislotali eritrozin buyog’i, okulyar mikrometr.
Nazariy tushuncha: Tuproq mikroflorasi. Tuproq tarkibidagi
mikroorganizmlarning soni million va milliardlar bilan ifodalanadi. Ba’zi olimlarning
ma’lumotiga ko’ra, 1 g tuproq tarkibida 2,5-5 milliardgacha mikroorganizm bo’ladi.
Bir gektar erdagi mikroorganizmlarning umumiy vazni 3-5 t ga etib qoladi.
Tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unda oziq moddalarning ko’pligi,
namlik va havoning etarli darajada bo’lishi turli-tuman mikroorganizmlarning

rivojlanishi uchun juda qulay sharoit hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi


mikroorganizmlarning soni va xili kun sayin ko’payib hamda o’zgarib turadi. Ular
odatda, inson, hayvon va o’simlik qoldiqlari hisobiga ko’payadi. Arktikada va issiq
Sahara qumlarida ham minglab, millionlab uchraydi.
S. Razumov va R. Remezovning ma’lumotiga ko’ra, tuproqning ustki
qatlamida mikroorganizmlarning soni ko’p bo’lib, chuqurlashgan sari kamaya borar
ekan. Tuproq qatlami chuqurlashgan sari mikroorganizmlarning soni kamaya
borishiga ularning tuproq zarrachalari tomonidan yutilib ketishi sabab bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni yil fasllariga qarab ham o’zgarib
turadi. Ular tuproq strukturasini yaxshilashda, uni chirindiga boyitishda juda katta
rolь o’ynaydi.
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar juda xilma-xil bo’lganligidan ular bir￾biriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bir-biri bilan simbioz holda yoki bir￾biriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.
Ishning borishi: Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5
g tuproq olib, 250 ml hajmli kolbaga solinadi. SHu kolbaga 50 ml sterillangan suv
qo’shib 5 minut chayqatgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. So’ng buyum oynasiga
eni 1 sm va uzunligi 4 sm keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan
eritmadan 0,01 ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut
spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksasiyalanib, karbol kislota (fenol)
da eritilgan eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib,
preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizib immersion ob’ektiv orqali
mikroskopda kuzatiladi. Endi 1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini
aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.
1. Mikroskop orqali ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning
uchun okulyar mikrometr yordamida doira radiusi aniqlanib, tubanda ko’rsatilgan
formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r
2
Bunda, S-istalgan doira yuzasini:
P-3,14 (3,14159) irrasion son-doira aylanasining doira diametriga bo’lgan nisbatini
bildiradi;
r
2
-doira radiusini ifodalaydi.
Masalan, doira radiusini 0,075 yoki 0,08 nm ga teng deb olib, yuqoridagi formula
asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r
2
; S = 3,14 x (0,08)2 = 3,14 x 0,0064 = 0,020094.
Demak, mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02 mm2
ga
teng deb olindi.
2. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi. Bu
ishni bajarish uchun ularning doira ichidagi soni aniqlanib daftarga yoziladi.
So’ng stolchani harakatlantiradigan vintlar yordamida preparatni siljitib, uning
boshqa joyida ko’ringan doira ichidagi mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib
qo’yiladi. SHunday tarzda, preparatni harakatlantirib, 50-100 doiradagi
mikroorganizmlar soni aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik,
kuzatilgan 50 doira ichida 1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira
ichidagilarining o’rtacha soni: 1500 : 50 = 30 dona bo’ladi. Demak, olingan tajriba
dalillariga asoslanib, bitta doira ichidagi mikroorganizmlar soni 30 dona deyish

mumkin.
3. YUqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazilayotgan buyum


oynasining 4 sm yuzasiga yuqtirilgan yoki 0,01 g (ml) aralashma ichidagi
mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan
foydalanamiz:
0.02 mm2
– 30 bona bakteriya
4sm2 = 400 mm2
– x dona bakteriya x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona
1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi
tenglamadan foydalanamiz (buning uchun 0,01 ml aralashmadagi tuproqning
og’irligini 0,001 g ga teng deb olamiz):
0,001g – 600000
1 g – x x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 dona
Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000 dona mikroorganiz


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling