Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet101/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Pseudomonas aeruginosa (ko‘kyashil yiring tayoqchasi) bakteriya kulturasini ajratib olish
Ko‘k yashil yiring tayoqchasi oziqli muhitlarga talabchan emas, oddiy muhitlarda yaxshi o‘sadi. 0‘sish diapazoni 2—42°C bo‘ladi. Shuning uchun tashqi muhitda uzoq saqlanadi. odam organizmining yuqori harorati ham ta’sir qilmaydi. 0‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri oziqli muhitlarga bo'lgan minimal chegaralanganligi bo4lib. oziqli muhitlar umuman bo‘lmay qolganda ham o'zining hayot faoliyatini yo‘qotmaydi.

  1. kun. Patologik materiallar (yiring, ekssudat, balg‘am, siydik, qon va boshq.) qonli va GPAga ekiladi. Qondan ajratib olish stafilokokk va


190


streptokokklardan tarq qilmaydi. Ekmalar 37°C da bir sutka davomida termostatga qo'yiladi.



  1. kun. Pseudomonas aeruginosa qonli va GPAda yaxshi o'sadi va “shilliq * hosil qiladi, bu esa bulon va koloniyalarining shilimshiq bo'lishiga olib keladi. P. aeruginosa tayoqchalari yumaloq, yassi, shilimshiq holdagi ko'k-yashil pigmentli koloniyalar (S-koloniya) hosil qiladi. Ba’zi hollarda R. aeruginosa qirralari to'lqinsimon, yuzasi notekis (margaritka) koloniyalar hosil qiladi.

Pigment hosil qilishi muhim diagnostik ahamiyatga ega bo'lib, pigmenti bakteriyani koloniyalari bo'ylab agarga tarqaladi. Agaming rangi, bemorlardagi bog'lovchi materiallar shu pigment rangiga ko‘k yashil rangga kiradi, tayoqchaning nomi ham shundan kelib chiqgan.
Koloniyadan olib tayyorlangan nativ - «osilgan» yoki «ezilgan» tomchi preparatlar mikroskop ostida ko'rilganda harakatchan, biroz bukilgan, Gram usuli bo'yicha bo'yalgan surtmada grammanfiy tayoqchalar ko'rinadi.
Ajratib olingan sof kulturalaming turini aniqlash uchun ularning biokimyoviy belgilari buyicha solishtirib ko'riladi. Biokimyoviy xemoorganotrof qa'tiy aerob, katalaza musbat. Boshqa aeroblar singari sitoxromoksidaza sintez qiladi va oksidazani aniqlash, ichak guruhi bakteriyalari dan identifikatsiya qilishda asosiy test bo'lib xizmat qiladi. Saxarolitik xususiyati o'ta sust faqat glyukozani oksidlashi mumkin. Lekin, proteolitik aktivligi o'ta yuqori. Bakteriya jelatinani yemiradi, qon zardobini eritib yuboradi, kazeinni gidroliz qiladi va ko'pchilik shtammlari qonli agarda p-gemoliz beradi. P. aeruginosa ning patogen shtammlari oqsil tabiatli toksinlar (ekzotoksinlar) hosil qiladi. Jumladan, hujayraga ta’sir qilish xususiyatiga ega bo'lgan gistotoksin hamda odam leykotsitlarini erituvchi biologik sinama yordamida aniqlanishi mumkin bo'lgan leykotsidinlardir.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling