Mikroorganzmlarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi. Mikroorganizmlarning fermentlari. Mikroorganizmlarning nafas olishi. Tayanch iboralar
Download 19.23 Kb.
|
4mikro
Fermentlarning xususiyatlari. Mikrob hujayrasida kechayotgan barcha jarayonlar fermentlarning aktivligiga bog’liq. Fermentlar suvda, tuz, kislota, ishqor eritmalarida eriydi. Ularning molekulyar og’irligi katta bo’lib, elektr zaryadi bor. Fermentlar – oqsil kompleksidir. U kristall shaklida bo’ladi. Ikki guruh fermentlar mavjud: oddiy va murakkab. Birinchisi bir komponentli – oqsil tashuvchi ya’ni apoferment ikkinchisi oqsilsiz aktiv guruh – koferment deb ataladi. Ular alohida o’z xolicha fermentativ xususiyatga ega bo’lmaydi, faqatgina birikkan holdagina fermentlik xususiyatiga ega bo’lishadi. Fermentlarning xarakterli xususiyatlaridan biri – maxsus ta’sir etishidir. Ular maxsus kimyoviy yoki unga yaqin birikmalarga ta’sir etadi. Masalan, laktaza sut shakari – laktozani parchalaydi, ureaza – mochevinani gidrolizlaydi,katalaza vodorod perikisini parchalaydi va h.k.
Hozirgi kunda 2000 dan ortiq fermentlar aniqlangan. 1961 yilda Birlashgan Xalqaro bioximiklarning maxsus komissiyasi ishlab chiqqan klassifikasiyasi bo’yicha barcha fermentlar oltita sinfga bo’lingan: 1) oksidoreduktazalar – vodorod va kislorodni o’tkazuvchi, nafas olish, bijg’ish fermenti (oksidlanish - qaytarilish); 2) Transferazalar – tashuvchi fermentlar.Ular ayrim guruhlar, radikallar hamda atomlarni molekulalar orasida va ular ichida tashiydi. 3) gidrolazalar - gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi. Oqsil, yog’ va uglevodlardagi suv bo’lakchalarini birlashtiruv chi yoki ajratuvchi fermentlar; 4) Liazalar- ikkibog’lamli har xil birikmalar ni suv ishtirokisiz birlashtiruvchi yoki ajratuvchi fermentlar; 5) izomerazalar - organik birikmalarni ularning izomerlariga aylanishini amalga oshiruvchi fermentlar; 6) lipazalar- fermentlar. Bakteriya va zamburug’larning fermentativ aktivligidan sanoatda sirka, sut, shovul, limon kislotalari, sut mahsulotlarini (pishloq, asidofilin, qimiz), tayyorlashda, vino, pivo tayyorlash va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida keng foydalaniladi. Mikroorganizmlarning fermentativ jarayonlarini bilish, ularning turini aniqlashga imkon beradi, demak o’z vaqtida kasalikka tashxis qo’yishga yordam beradi. Download 19.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling