Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Oqim planini shakllantirish
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
2. Oqim planini shakllantirish.
Oqim planini shakllantirishda oqim maydonining to’g’riburchakka yaqin bo’lishiga harakat qilish kerak, aks holda maydondan to’liq foydalanmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Joylashtirilayotgan uskuna uchun sex maydonidan foydalanish darajasi bitta ishchiga maydonning me’yori bilan hisoblanadi. Uning haqiqiy kattaligi uning me’yoriy kattaligidan (N=6m2/kishi-shaxmat tarzida joylashtirish uchun, Ndon=4,5:5,5 m2/kishi to’g’ri chiziqli joylashtirish uchun) oshmasligi kerak. 1ta ishchiga maydonning haqiqiy me’yorini hisoblashda o’tish joylar, shuningdek yarim fabrikat va tayyor mahsulotni yig’ish uchun joylar hisobga olinib sex satxi hisoblanadi. Binoning chekka devorlari oldida ko’rsatilgan o’tish joylarida bichimlarni tikishga tayyorlash joylari, bichimlarni saqlash joylari, mahsulotni komplektlash va vaqtincha saqlash joylarida stollar, javonlar va kroshteynlar qo’yiladi. Oqimdagi ish o’rinlari oqimning tashkiliy-texnologik sxemasi asosida joylashtiriladi. Oqimdagi ish o’rinlarini odatda ko’ndalangiga (ish stollari transportyor tasmasiga yoki mexnat predmetlarini uzatib boradigan stolga perpendikulyar), uzunasiga (ish stollari transportyor tasmasiga yoki mexnat predmetlarini uzatib boradigan stolga parallel) yoki oqimning o’q chizig’iga nisbatan bir oz burchak hosil qilib (diogonal bo’ylab) joylashtirish mumkin. Bulardan eng ratsionali ko’ndalang joylashtirish hisoblanadi. Yarim fabrikatning harakati to’g’ri chiziqli trayektoriyali bo’lgan oqimlarning planirovkali yechimini loyixalashtirilayotganda ishchi o’rinlarni joylashtirish oqimning oldindan olingan tashkiliy-texnologik sxemasiga binoan amalga oshiriladi. Ishchi o’rinlari orasidagi masofa ijrochi ishining xarakteri bilan uskunalarning turi va joylanishining texnologik jarayonga binoan aniqlanadi. Ishchi o’rinlar o’rtasida masofaning asosiy kattaliklari konveyerli oqim misolida keltirilgan (16.1-rasm). Oqimning boshqa turlari uchun ko’rsatilgan masofalar o’xshash. 16.1- rasm. Konveyerli oqimlarda ish o’rinlarini joylashtirish Chiqarish stolining kengligi 0,8-1,0 m ni tashkil qiladi. Konveyerli jarayonlarda kiritish stoli quyidagi o’lchamlarga ega: a-palto tikish uchun -2,0-2,5m; kostyumlar va engil kuylaklar uchun -1,8-2,0m; ichki kiyimlar uchun -1,5-1,8m; b- kengligi mashina stolining uzunliga teng -1,2-1,4m; v- kiritish tasmasini kengligi -0,4-0,5m; g- chiqarish tasmasini kengligi -0,6-0,75m; d- transporterning stantsiyasi o’qidan mahsulotni kiritish tasmasi ustida joylashgan to’siqning birinchi milkigacha bo’lgan masofa -0,1m; e- mahsulotni kiritish tasmasini ustida joylashgan to’siqning oldida stolning chiqib turgan joyining kattaligi transportyor uyasi qadamiga teng; j- stolning balandligi-0,95 m. Ishchi o’rinlarning o’lchamlari: 1. Mashinali joy kengligi 0,6-0,65 m uzunligi 1,1-1,2 m; 2. Qo’l mexnati joyi kengligi 0,7-0.8 m uzunligi 1,2-1,4 m; 3. Qo’l mexnati joyi kengligi 0,43 m uzunligi 1,2-1,4 m; 4. Dazmol qiladigan joy kengligi 0,6-0,65 m uzunligi 1,1-1,2 m. Stol usti presslar oddiy mashina stollarida o’rnatiladi, shuning uchun o’lchamlari ham mashina stollaridagi kabi 0,65x1,2 m. Stol usti presslarini joylashtirish uchun hech qanday qo’shimcha masofa ko’zda tutilmaydi. Buyumlar bichim detallarning kengligi 0,7-0,8 m, uzunligi va ularning balandligi bichimlar pachkasi o’lchamlari bo’yicha 0,6-0,9 m; 0,5-0,7 m bo’lgan javonlarda saqlash tavsiya etiladi. Ustki kiyimlar va ayollar ko’ylaklarini saqlash uchun bir va ikki yarusli javonlar, mahsulotni tashish uchun harakatlanuvchi kronshteynlar qo’llaniladi. Jarayonning ishchi o’rinlarini rejalashtirayotganda sex planida M 1:100 masshtabda ishchi o’rinlarining asosiy konturlari va har bir ishchi o’rnida operatsiyaning tartib raqami va ixtisosligi ko’rsatiladi. Bundan tashqari mahsulot harakati yo’nalishi agregatning har bir qatorining boshi va oxirida yo’naltirish chizig’i bilan ko’rsatiladi. Ish o’rinlari tanlangan transport vositasiga qo’ra joylashtiriladi. Rasmlarda turli xil oqimlarda ish o’rinlarini joylashtirish va mexnat predmetlarini uzatish usullari ko’rsatilgan. 16.2- rasmda erkaklar ko’ylagini ishlab chiqaradigan kichik va o’rta quvvatli oqimlarda ikki holatli platformasi aylanadigan yerda suriladigan qisqichlar yordamida yarimfabrikatlar uzatilishi ko’rsatilgan. Qisqichlar 30 ta detaldan iborat bo’lgan ikkita pachkani sig’diradi. Mexnat predmetlarini uzatish bir tomonlama to’g’ri berk chiziq bo’yicha amalga oshiriladi. 16.2 - rasm. 1R-15 oqimida ish o’rnini joylashtirsh 16.3-rasmda avtomatik adresli transportyor TKT-1 ko’rsatilgan. Bu transportyor yengil assortimentni tayyorlashda tayyorlov va yig’ish sektsiyalarida va boshqa turdagi assortimentning tayyorlov sektsiyasida qo’llanadi. 16.3- rasm.Avtomatik adreslangan transportyor TKT-1 oqimida ish o’rinlarini joylashtirish Tasmali transportyor TKT-1 ning shartli belgilari quyidagicha: yurituvchi stantsiya: 2- ish o’rni; 3- qutichalarni qabul qilish joyi (ustki qavat); 4- qutichalarni qaytarib yuborish joy (ostki qavat); 5- transportyor tasmasi; 6- tortuvchi qurilma; 7- ish uzatuvchi pulti; 8-tokchali javon (qutichalarni va bichiq detallarini saqlaydigan joy); 9-rolikli konveyer; 10- yordamchi konveyer; V1- konveyerning kengligi; V2-ish o’rni bilan birgalikda oqimning kengligi; L-konveyerning uzunligi (11,5 dan 49 gacha); L1-javon va yordamchi konveyer bilan birga konveyerning uzunligi (14,9 dan 52,4 m gacha); L2-ish joyining minimal uzunligi (16,5 dan 54 m gacha); - ish o’rnining oralig’i (1,25m). Oqimda ishlaydigan ishchilar o’rni 13 dan 73 tagacha bo’ladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling