Milliy universiteti biologiya fakulteti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
N
2 SO 4 + 2NN 3 = (NN 4 ) 2 SO 4 Kristall tuz, suvda yaxshi yeriydi, gigroskopligi yuqori emas, shu saali normal sharoitlarda saqlangan kam mushtlashadi va yaxshi sochiluvchanligini saklaydi. O’g’it tarkibida 24 % atrofida oltingugurt bo’ladi va o’simliklarning shu element bilan oziqlanishi uchun sanba hisoblanadi. Ammoniy sulfat bilan bir katorda ozgina miqdorda ammoniy natriysulfat (NN 4 ) 2 SO, Na 2 SO 4 ishlatiladi, bu birikma kaprolaktam ishlab chiqarishning chiqindisi bo’lib tarkibida (16 %) azot bo’ladi. Ammoniy xlorid-NN 4 CI-24-25 % azot bo’ladi. Soda ishlab chiqarishda qo’shimcha mahsulot sifatida ozroq miqdorda olinadi. Ok rangli kristalltuz, suvda yaxshi yeriydi, tarkibida 67 % CL bo’ladi. Shuning uchun xlorga sezgir ekinlarga (tamaki, tok, kanop, grechixa va boshqalar)ga uncha tugri kelmaydi. Ammoniy sulfat va ammoniy xlorid fiziologik kislotali o’g’itlar, chunki o’simliklar SO 4- - (yoki CL) anionlarga nisbatan NN 4 + kationlarni tezrok o’zlashtiradi, natijada anionlar tuproqda to’planib, uning kislotaligiga sabab bo’ladi. Tuproqga solinganda keyin ammoniyli o’g’itlar tuproq namida tez yerib ketadi va tuproqning singdirish kompleksidagi, birikmalar bilan almashinish reakstiyalariga kirishadi: 31 NN 4+ kationlar tuproqga yutiladi va singdirish kompleksidagi birikmalarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Shu bilan birga uning tuproqdagi harakatchanligi va ko’p namlanish sharoitida yuvilib ketish xavfi kamayadi. Ammoniyli o’g’itlarni kuzgi shudgorlash paytida solish mumkin. ular asosan, ekishgacha asosiy o’g’it sifatida solinadi. Katorlarga yoki uyalarga ammoniyli o’g’itlar solishning unchalik yaxshi emasligi sababli shuki, yosh navdalarga ammoniyli azotning ko’plab kelishi ortiqcha ammiakning zaharli ta’siri tufayli salbiy natija berishi mumkin, bundan tashqari ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmaganligi uchun ammoniyli azotdan foydalanish kiyinrok bo’ladi, chunki u tuproqda sekin siljiydi. Katorlarga va uyalarga solingan nitratli o’g’itlar yaxshi samara beradi. Vaqt o’tishi bilan nitratli va ammoniyli o’g’itlarning harakatchanligi orasidagi farq yo’qolib boradi, chunki ammoniy azoti asta-sekin nitrafikastiyaga uchraydi va nitrat shaklga o’tadi. Sugorish paytida, ayniqsa bostirib sugoriladigan sharoitda ustiriladigan sholiga ammoniy sulfat solish juda samaralidir, chunki bunda kislorod kam bo’ladi, nitrifikastiya jarayoni sekinlashadi. 3. Ammoniy silitra-NN 4 NO 3 tarkibida 34,6 % azot bo’ladi. Nitrat kisldotani ammiak bilan nitrallash orqali: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling