Milliy universiteti biologiya fakulteti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
Mavzuning dolzarbligi:
Azot o’simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi. 4 Azot o’simliklar quruq og’irligining 1-3% ni tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo’lib, uning umumiy miqdori 75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer o’stida 8 tonnagacha azot bor. Lekin yashil o’simliklar atmosfera tarkibidagi molekulyar azotni bevosita o’zlashtirolmaydi. Chunki molekulyar azot o’ta turg’un bo’lib, uni faol holga o’tkazish uchun juda katta energiya sarflash kerak. N = N - N – N - turgun holat faol holati Turg’un holatdagi atmosfera azotni asosan ikki yo’l bilan faol holatga o’tkazish mumkin: 1) ximiyaviy, 2) biologik. Kimyoviy yo’l juda yuqori harorat (500) va bosim (35mPa) ostida boradi. Kurs ishining obyekti: O’simliklar va ularning o’sishi rivojlanish jarayonida azot elementinig qay daraja kerakligini o’simlik organizmi misolida ko’rib chiqish. Kurs ishining vazifalari: -O’simliklar hayotida azotning tutgan o’rnini ilmiy adabiyotlar va internet manbalari asosida yanada chuqurroq o’rganish. - Tabiatda azotning aylanishi va uning o’simliklar uchun ahamiyatini tahlil qilish; - O’simliklaraning azotni o’zlashtirishi haqida malumotlar topish va o’rganish; -O’simliklarning mineral oziqlanishi va unda azotli o’g’itlar haqida; Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 5 I BOB. O’SIMLIKLAR HAYOTIDA AZOTNING TUTGAN O’RNI Azot aylanishi - bu azotning jonli va jonsiz mavjudotlar:atmosfera,tuproq,suv,o’simliklar,hayvonlar va bakteriyalar orqali o’tadigan takroriy jarayonlar tsikli .Tsiklning turli qismlarida harakat qilish uchun azot shakllarini o’zgartirishi kerak.Atmosferada azot gaz holida (N2 ), lekin tuproqda azot oksidi, NO va azot dioksidi NO 2 shaklida mavjud bo’lib ,o’g’it sifatida ishlatilganda,ammiak kabi boshqa shakllarda ham mavjud.,NH 3 ,bu esa boshqa o’g’it,ammoniy nitrat yoki NH 4 NO 3 ga qayta ishlanishi mumkin. ( 1-rasm) Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling