Milliy universiteti biologiya fakulteti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
1- rasm.Azot elementi 1.1. Azotning tabiatda aylanishi va bu jarayonning o’simlik hayotida ahamiyati O’simliklar atmosferadagi erkin azotni va organik moddalar tarkibidagi azotni o’zlashtira olmaydi. Ular faqat mineral holdagi azot birikmalar: ammoniyli va azot tuzlardan foydalanadilar, xolos. Agar podzol tuproqlar haydalma qatlamining 1 gektarida 6000 kg azot bo’lsa, shundan o’simliklar o’zlashtira oladigani 1% ni tashkil etadi. Lekin bu azot ekinlardan hatto bir marta yaxshi hosil olish uchun ham yetmaydi. Demak, Yer yuzida hayot davom etishi uchun o’simliklar va hayvonlar tomonidan hosil bo’lgan organik moddalar doim parchalanib turishi kerak. Organik moddalarning parchalanishida mikroorganizmlaming roli nihoyatda katta. Ular hayot jarayoni natijasida organik moddalarni parchalaydi va C0 2 , H 2 0, NH 3 , HN0 3 , S, P va boshqa anorganik moddalar hosil qiladi, bu moddalar yana aylanish doirasiga o’tadi. Tabiatda moddalarning doimiy va uzluksiz aylanib turishini V.L.Omelyanskiy ta’kidlab o’tgan. Tabiatda azot zaxirasi juda ko’p, havo tarkibida 6 4/5 qismni azot tashkil etadi. 1 ga yer ustidagi havoda 80000 t azot bo’ladi. Yer yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning miqdori 20-25 milliard tonnani tashkil etadi. Podzol tuproqlar haydalma qatlamining 1 gektarida 6 t, qora tupraqlarda 18 t azot bo’ladi. Mikroorganizmlaming ayrimlari organik moddalarni parchalab, mineral moddalar hosil qiladi. Bu mineral moddalarni o’simliklar o’zlashtiradi, ikkinchi tomondan azotfiksatorlar havodagi azotni o’zlashtirib, undan organik moddalar sintezlaydi. Shunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi. Azotning tabiatda aylanishida: ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitri-fikatsiya va azotofikatsiya jarayonlari boradi. 1 Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling