Мирзо улуғбек номидаги


Использованная литература


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

 
Использованная литература 
1. Eshmamatova
N.B., Akbarov Кh.I. Quantitive value of effectivity of nitrogen 
and phosphor-containing ingibitors by the results electrochemical and 
gravimetical investigations // Austrian Journal of Technical and Natural 
Sciences. 2016. № 3-4. -P. 132-135.
2. Эшмаматова Н.Б. Синтез и физико-химические свойства олигомерных 
ингибиторов коррозии на основе N, P, S содержащих соединений // 
автореф. дис. д.х.н. Ташкент:. 2016.- С. 16-18. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


189 
5-СЕКЦИЯ
АНАЛИТИК КИМЁНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИ 
 
ISHQORIY YER METALLARINING AMALIY AHAMIYATINI 
O’QITISHDA INNOVATSION METODLARNI QO’LLANILISHI. 
Temirov N. O., Mirkomilov Sh. M. 
Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent sh. 
Respublikamizda ta’lim sohasi
davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan
bo’lib, u pedagoglar zimmasiga mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli, 
chuqur bilimga ega bo’lgan barkamol raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdek 
ma’sulyatli vazifa yuklatadi. Barkamol insonni tarbiyalash uchun esa ta’lim
muassasalarida zamon talablari darajasidan kelib chiqib talabalarning mustaqil 
fikrlashga olingan bilimlari asosida xulosalar chiqara olish, hayotga tadbiq 
etishga undovchi usullar ya’ni innovatsion texnologiyalar asosida darslarni 
tashkil etish lozim. 
Kimyo fanlarini o’qitishda ham turli-tuman innovatsion tehnologiyalar 
tadbiq etib kelinmoqda. 
Kimyo fanini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttirish maqsadida fanni 
nimani o’rganishini yoki o’rgatishini, maqsad va vazifasini o’rganishdan 
boshlanadi, shu fanni nima uchun o’rganishim kerak. Talabalarga amaliy 
ahamiyatini to’liq yoritib berish orqali, bergan savoliga eshitgan ma’lumotlari 
asosida javob olishi orqali kimyoviy dunyo qarashini kengaytirish mumkin.
Shunday ekan talabalarning kimyoviy tafakkurini kengaytirishda 
moddalarning amaliy ahamiyatini tushuntirish orqali moddalarning flora va 
fauna hamda insonlar hayotidagi ahamiyatining nechog‘lik beqiyos ekanligi
etirof etgan holda har bir talabani qiziqishini orttirish va ularsiz hayotni 
tasavvur e’tish qiyinligini o‘quvchilarga yеtkazib berish hozirgi kun 
pedagogining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Kimyo darslarida har bir mavzunisining amaliy ahamiyatini quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin
 biologik ahamiyati; 
 qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati; 
ishlab chiqarishdagi ahamiyati
 tibbiyotdagi ahamiyati; 
 farmasevtikadagi ahamiyati; 
 transport sanoatidagi ahamiyati; 
 fizika va astronomiya sohasidagi ahamiyati ahamiyati va hokazo 
ma’lumotlarni talabalarga dars jarajonida kengroq yortib berish kerak.
Yuqorida guruhlarga ajratilganlardan tibbiyotdagi ahamiyatiga batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz.
Kimyo fanini tibbiyotdagi rolini ochib berishda bemor davolash uchun 
tavsiya etilayotgan dori-dormonni ko’rsatayotgan dorini tarkibidagi kimyoviy 


190 
elementlar va moddalarga bog’liq ekanligini talabalarga yetkazib berish ularning 
kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. 
Masalan odam organizmida magniy ioni yеtishmasa yurak-qon tomirlar 
faoliyati buzilib, kasallika chalinish ehtimoli ortadi. Tarkibida magniy va uning 
birikmalari tutgan ko’pdan-ko’p moddalar tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi. 
Magniy 
sulfati(MgSO
4
•7H
2
O) tinchlantiruvchi va og’riq qoldiruvchi, 
qaqshashga qarshi, spazmolotik ta`sirga ega bo`lib, surgi sifatida tavsiya 
qilingan.
Magniy oksidi (MgO) va magniy karbonati (MgCO
3
) meda ichak 
kasalliklarida dori sifatida qo’llaniladi. MgO va (MgOH)
2
CO
3
oshqozonda
kislotali muhit ortib ketganida ichish uchun buyuriladi. 
Kalsiyning ahamiyati tirik organizm uchun o`rni beqiyos. Odam 
organizmida 1.4 % gacha kalsiy bo`ladi (70 kg ga 1400 g.). Odam organizmdagi 
kalsiyning 99% suyak to`qimalarida joylashgan. Suyakda kalsiy asosan 
Ca
3
(PO
4
)
2
va CaCO
3
holatida bo`ladi. Odam organizmining kalsiyga bo`lgan 
ehtiyoji kuniga 1g ni tashkil etadi. 
Ca to`qima membranalari va mushaklarning normal ishlashi uchun zarur, u 
qonning ivishiga ta`sir etadi. 
Qondagi kalsiy miqdorini gormonlar tarkibiga solib turadi. 
Tarkibida kalsiy bo`lgan ko`p dori moddalar bor. Kalsiy xlorid 
(CaCl
2
•6H
2
O) allergik, rahit, shamollash va teri kasalliklarida buyuriladi. 
Bundan tashqari, kalsiy glukonat, kalsiy laktat, kalsiy gliserofosfat va
boshqalar tibbiyotda dori modda sifatida keng qo`llanilmoqda. 
Kimyo kursida ishqoriy yer metallarining 
tibbiyotdagi ahamiyatini 
o‘rganish talabalarni kasbga yo’naltiradi va tibbiyot sohasiga qiziqishlarini 
oshiradi. Bu ta’limning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu maqsadlarni amalga 
oshirishda innovatsion texnologiyalarni roli katta. Kimyo ta’limida 
qo’llaniladigan

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling