Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim 
standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni 
boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, 
vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan 
natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimidagi fan sifatida yosh avlod hamda kattalarni 
milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini 
o‘rganadi.
1
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада 
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон 
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 6-сон. 


11 
Mamlakatimizda 
ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari 
hisoblanmish 
O'zbekiston 
Respublikasining 
"Ta'lim 
to'g'risida"gi 
Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da davlatimiz ijtimoiy 
taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi Pedagogika 
fani zimmasiga juda katta mas'uliyatli, ulug'vor v azifalarni yukladi. 
1997 yilning 29 avgustida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX 
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’grisidagi»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ularda ta’lim -tarbiya va 
kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga oid asosiy yo’l-yo’riqlar ko’rsatib 
berildi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni zamonaviy 
pedagogikaning konseptual asosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur Qonunning qabul 
qilinishi ta'lim-tarbiya tizimida keng islohotlar o'tkazishga zamin yaratdi. 
Qonunga muvofiq ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibi, bosqislarini bir-
biri bilan uzviy bog'lash, ya'ni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish
ta'lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar 
talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga yo‘l ochildi. 
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va 
tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko 
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun 
va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning 
maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini 
takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling