Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 
1. 
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari, predmeti va ob'ekti 
2. 
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari 
3. 
Pedagogikaning metodlari. Pedagogikaning tarmoqlari. Pedagogikaning 
boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi 
4. 
Zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi. Pedagogikaning ilmiy -tadqiqot 
metodlari.
 
Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya
shaxs, tarbiya, ta'lim, bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish,
pedagogik muhi, shaxs kamolotini ta'minlas, ta'limiy konsepsiyalar. 
 
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari. Har bir fan o‘zining 
predmeti va metodologik asoslariga ega bo‘lganidek, pedagogika ham 
o‘zining kategoriyalari, o‘rganish ob'ekti va predmeti, metodikalar va 
metodologiyasiga ega. Ma'lumki, pedagogika XV11 asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab falsafa fani zamirida shakllandi hamda jamiyatning 
talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Pedagogikaning fan sifatida 
shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Sharq va G‘arb 
mutafakkir va ma'rifatparvarlarining ta'lim -tarbiyaga doir 
qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda pedagogika ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida 
ta'lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim 
va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari, pedagogik faoliyatni tashkil 
qilish shakllari, mexanizmlari, uning qonuniyatlari haqida bilim
ma'lumot beruvchi, pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatuvchi fanga 
aylandi. 


10 
Boshqa fanlar singari pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari 
asosida shakllanib, jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti bilan uzviy rivojlanib bormoqda. 
Shu sababli ta'lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash 
lozim. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy voqelik
hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlakatimizda shaxsni markaziy figura 
sifatida tan olinishi va rivojlanishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi 
respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslarini chuqur 
o‘rganishni taqozo etadi. 
2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda yangi mazmundagi 
uzluksiz ta'lim tizimini yaratish vazifasi qo‘yildi, uning tarkibida esa yangi 
mazmun va mohiyatdagi innovatsion oliy ta'lim tizimini shakllantirish bosh 
yo‘nalish sifatida belgilandi hamda ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini 
innovatsion tashkil etish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirildi

Demak, ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning ilk 
qadamlaridan biri bu –pedagogika fanini o‘qitishni yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarishdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling