Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni 
tashkil etish masalalarini o‘rganadi. 


12 
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, 
iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi. 
Ma'lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik 
asoslariga egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida mustaqil fan 
sifatida rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z predmetiga ega. 
Pedagogika fanining predmeti – shaxs kamolotiga erishishda zarur bo‘ladigan 
ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari deb belgilanadi. 
Pedagogika fanining ob'ekti sifatida komil insonni tarbiyalash jarayoni 
tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob'ekti va sub'ekti sifatida qaraladi. 
Demak, har tomonlama yetuk, yangicha fikrlaydigan, o‘z shaxsiy va fuqarolik 
pozitsiyasiga ega bo‘lgan, milliy mafkuraning barcha sifatlarini o‘zida 
mo‘jassamlashtirgan barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat talabidan kelib 
chiqadi. 
 
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari: 
– Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit 
muammolarini hal qilish; 
– ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari 
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; 
– umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, 
ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; 
– Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib 
borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash 
tadbirlarini belgilash; 
– uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash 
muammolarini hal qilish; 
– “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga 
oshirish va h.k. 


13 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling