Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari: 
– Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik 
g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash; 
– komil inson tarbiyasining asos qirralari – pedagogik tamoyillar
qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; 
–ta'lim – tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda 
texnologiyalashtirish; 
– O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini 
o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda 
qo‘llashga o‘rgatish; 
–barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini 
ishlab 
chiqish, 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalardan 
foydalanish 
ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish 
va h.k. 
Zamonaviy pedagogika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarining 
yangilanish va rivojlantirish quyidagi negizlarga asoslanadi: 
– barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish; 
– xalqimizning milliy urf-odatlari, an'analari, ma'naviy merosini 
mustahkamlash va rivojlantirish; 
– shaxsning o‘z qobilliyat va imkoniyatlarini erkin namoyon qilishga zamin 
tayyorlash; 
– yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik, fuqarolik pozitsiyasini tarkib 
toptirish.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish 
asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika 
fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, 
davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi 
g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.


14 
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni 
barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot 
xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal 
etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi: 
Analitik - ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat 
aloqadorligini o’rganish; - pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va 
baholash. Prognostik - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya 
tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; Tashkiliy- yangi pedagogik 
texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;- pedagogik 
tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; 
Ta'lim va maorifni yuksaltirish, 
milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish - 
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri. 
Bu ulug'vor vaziflarni amalga 
oshirish uchun 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
IX sessiyasida, pedagogika fani uchun qonuniy zamin bo'lgan "Ta'lim 
to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi va bu 
normativ hujjatlarda jamiyatda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga, 
o‘qituvchi kasbini egallagan shaxslarga katta e'tibor qaratildi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling