Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.  
Har 
bir 
fanning 
mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga 
xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi 
shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari -kategoriyalari 
mavjud.
Kategoriya- (yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») 
pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat-
mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim 
va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va boshqa 
munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish 
jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. 


15 
Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir 
bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim 
va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy 
mohiyatini yoritadi. Eng muhim katego-riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, 
tarbiya, ta'lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya
ma'lumot, shakllantirish, rivojlantirish. 
Shulardan biri va asosiysi sifatida «pedagogika» atamasidir. («Peys»- 
bola va «agogein - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha: 
«paydogogos» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Bugungi kunda «pedagog» so‘zi keng 
qamrovli , yangicha ma'no kasb etadi.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri «didaktika» 
kategoriyasidir. Miloddan oldingi 3-2 asrlarda qadimgi Yunonistondagi 
maktablarda ta'lim beruvchi kishini «didaskal» deb atashgan. «Didaktika»- 
yunoncha «didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, «o‘qitish», «o‘rgatish», «bilim 
berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan 
«didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskale» 
atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o‘zining dastlabki 
ma'nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni
ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining faoliyatini emas, shu 
bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta'limiy texnologiyalar, ta'lim metodlarini 
ham qamrab oladi.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish, 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling