Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik 
jarayon va boshqalardir. 
Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi 
eng muhim, asosiy tushunchalar kategoriyalar deb 
ataladi.


16 
Pedagogika ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, ta'lim 
mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘llari va usullarini qo‘rsatib 
boradi. Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog‘langan asosiy 
tushunchalardan biri – shaxs tushunchasidir. 
Shaxs- ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. Jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, 
o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan 
ijtimoiy voqyea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining 
ob'ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. Shaxs- “kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi»
3
. Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat bo‘lmaganidek, 
insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik, psixologik, ijtimoiy 
omillar sabab bo‘ladi. 
Shaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi 
uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, 
ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi. 
Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda 
tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil 
oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; 
tahsil oluvchi-ota-ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. 
Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga 
xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy 
holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning 
o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi. 
Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. Inson 
bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u 
3
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq",
1998 y, 41 bet


17 
ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga 
aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi muayyan insonda muayyan 
sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, 
boladagi badiiy adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan 
aniqlash asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin. 
Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma'lum bir tarixiy shart-
sharoitlardagi individ qobiliyati va iqtidori, uning bioijtimoiy mohiyatlarini 
tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda 
muayyan belgilar, sifatlar, fazilatlar (ba'zan ayrim illatlar, nuqsonlar) 
shakllangach, rivojlanish jarayoni boshlanadi
4
. “Rivojlanish –tushunchasi bir 
xususiyatdan ikkinchisiga, mukammalroq darajaga o‘tish jarayonini anglatadi”

Bu jarayonda eski sifatlovchi belgilar yangilari bilan almashinadi, oddiydan 
murakkabga, quyidan yuqori pog‘onaga yetishish tushuniladi. Insonda rivojlanish

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling