Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet150/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

2. Pedagogik texnologiya turlari 
3. Interfaol metodlarni ta’lim jarayonida qo’llash 
4. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish 
Tayanch tushunchalar: texnologiya, metodika, metod, shakl, vosita, 
pedagogik texnologiya, innovatsiya, masofaviy ta'lim, interfaollik, kafolatlangan 
natija. 
Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar. 
Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga 
nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olimV.P.Bespalko 
pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik 
tizim loyihasi” deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni 
oldindan loyihalashga qaratadi
27
. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan 
va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab 
chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan 
mustaqil fan”
28
bo‘lishi lozimligini qayd etadi vah.k. 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, 
“zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar 
keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta'lim texnologiyasi” va “pedagogik 
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday 
Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989. – С. 6. 
Талызина Н.Ф. Управление процессом усвоения знаний. – Москва: Изд-во МГУ, 1984. – С. 13. 


239 
yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi 
dastlab G‘arbiy yevropa va AQShda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani 
mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” 
tushunchasi ham iste'molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni 
berish jarayoni “ta'lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, 
uning ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi 
fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy 
e'tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uningsamaradorligini ta'minlashga qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan 
“Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini 
ta'minlashga yo‘naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 
jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy 
faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xo‘sh, “metod”, “metodika”,”ta'lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” 
tushunchalari bir xil ma'noni anglatadimi? Quyida ana shu xususida so‘z 
yuritiladi. 
Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanishiga 
qaramasdan, ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li hisoblanadi. 
Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullaeva ta'rificha: “ Metod (lotincha 
«metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi.
Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo 
yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor 
ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish 
maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagog-olima D.I. Ro‘zieva: “Metod pedagog va tahsil oluvchi hamkorligida 
tashkil etilayotgan ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi”-
deb e'tirof etadi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular 
yordamida ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik 
vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. 


240 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling