10.Abank1 qulsam2 uzu barib3
Tutar ardim su4 sin tarib5
Bulun6 qilib boshi yarib
Bulug’7 barcha manga yig’di
O’zbekchasi: Tilasa edim ketidan borib
Qushunin tarqatar, o’zin tutar,
Boshin yorar edim (biroq nima qilaykim)
O’z jonining bahosi deb ko’b narsalar yig’di.
Ayrim so’zlari: 1. Abank – shart alomatidir, "agar - ...sa edi”. 2. Qulmoq - tilamak. 3. Uzu - keyin, ket. 4. Su – qo’shun. 5. Tarmoq - tarqatmoq. 6. Bulun - tutqun, asir. 7. Bulug’ – to’g’risi, fidya, qurbon ma’nosida “ulug’” bo’lsa kerak.
11.Avin barqin1 satig’sadi
Yulug’2 berib yorig’sadi3
Tirik arsa turug’sadi4
Ankor soqinch5 kuni tug’di.
O’zbekchasi: Uy, saroylarini sotishg’a qo’ydi
Fidya berib o’zini qutqarmoq istadi
Chunki u tirik qolmoq istaydir
Holbuki, unga qayg’u kuni tuqqan (bundan
so’ng tirikchiligi qayg’uli bir tirikchilikdir).
Ayrim so’zlari: 1. Barq - saroy, qasr. 2. Yulug’- fidya, qurbon.
3. Yorig’samoq - yarashmoqchi bo’lmoq. 4. Turug’samoq - turmoqchi bo’lmoq.
5.Soqinch — qayg’u.
12.Izu1 berib bushuttum
Tavar, yullug’ tashuttum
Adan assin2 oshuttum3
Yukin barja o’zi jig’di
O’zbekchasi: Ozodliq berib bo’shatqan esam-da qiynadim biroz
O’zining qon bahosi deb bergani narsa-tavarlarini
o’ziga tashitdim
Boturlarning ayblarini yoshintirdim (?)
Butun yuklarini o’zi yig’di, hech kim unga yordam etmadi.
Ayrim so’zlari: 1. Izmak - qo’yub yubormoq, bo’shatib yubormoq, ozod etmak. 2. As - Mahmud Qoshg’ariy shu parchada bu so’zni “sava’, sav’a” deb tarjima qilgan. “Sav’a”ning turkchasi uyat, yomonlikdir. Biroq birinchi jildning 39-76 - betlarida “as” so’ziga “o’laksa” deyilgan. 3. Oshutmoq — yoshintirmoq, yoptirmoq.
Eskarma. Bu parchadan uchinchi misraning tarjimasi Mahmud Qoshg’ariyg’a ko’radirkim, fikrimcha, to’g’ri emasdir. Menga qolsa “as” so’zini “o’laksa” ma’nosida olib, “oshuttum”ni “oshatdim” o’qub, bu misrani “urushda o’lgan boturlarning o’luklarini yedirdim” deb tarjima qilardim.
“Alpomish” dostonining bosh tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |