Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet19/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Ayrim so’zlar: 1. Borubon – bormoq, “kelmak”ning bu orada munosib ma’nosi yo’q. Mahmud Qoshg’ariyning bu misra tarjimasida “inbalaxa subhu al-ribi’” deganiga ko’ra, buning to’g’risi: “yorubon“ bo’lsa kerak.
Arkuz - bahorda erigan qor, muz suvi. 3. Munduz - ongsiz, telba. Eskarma: misra oxirlaridag’i (ى- y )lar i emas, ma’nog’a daxli bo’lmay, ohang uchun aytilaturg’an (ye)dir.
Turluk jajak yarildi1
Barjin2 yazim3 karildi4
Ujmoq yari ko’ruldi
Tumlug’ yana kalgu so’z
O’zbekchasi: Turli chechaklar ochildi
Har tomonda ko’katlardan ipak to’shaklar yoyildi
Jannat yeri ko’rildi
Sovuqlar qaytib kelmaslik(ka) ketdilar.
Ayrim so’zlar: 1. Yarilmak - yarmakning majhul shakli. Mahmud Qoshg’ariyning so’ziga ko’ra, bir narsani yorish (yog’ochni bolta bilan yorish kabi) jabriy suratda esa unga “yormoq” der ekanlar (bir gul qobug’ini yorish kabi); yaxshilik, sekinlik bilan bo’lsa, unga “yarmak” der ekanlar. 2. Barjin - ipak, tovar. 3. Yazim — yoyim, to’shak. 4. Karilmak - har tomondan tortib yoymoq, kirmakning majhuli. 5. Tumlug’ - sovuq.
Og’di1 bulit ko’krayu2
Yag’mur, to’li3 sakrayu
Qaliq4 ani o’krayu3
Qancha barir bilgu so’z
O’zbekchasi:
Bulut guldurab paydo bo’ldi
Yog’mur ham do’llar sakrab tusha berdi
Havo bulutni har tomong’a sudraydir
Qayoqqa borishi ma’lum emas!
Ayrim so’zlar: 1. Og’moq - “oqarmoq”, “chiqmoq”, “paydo bo’lmoq” ma’nolarida ishlatiladir. Munda “paydo bo’lmoq” ma’nosidadir. 2. Ko’kramak - qichqirmoq. 3. To’li – do’l. 4. Qaliq - havo, shamol. 5. O’kramak - harakat etdirmak.
Qush, qurt qamug’ tizildi
Arlik1 tishi terildi2
Ugur3 olib tarildi
Yinqa4 yana kirgu so’z
O’zbekchasi: Butun qush-qurtlar tirildilar
Erkak-urg’ochi yig’ilishib
Uyur olib har tomong’a tarqaldilar, yoyildilar.
Ular emdi qaytadan inlariga kirmaslar!
Ayrim so’zlar: 1. Arlik – to’g’risi, “arkak” (erkak) bo’lsa kerak. 2. Tirilmak – to’g’risi: “to’planmoq” ma’nosida “tarilmak” (terilmak) bo’lsa kerak. 3.Ugur - uyur. 4. Yinqa - ?
Yoy qo’rqinga inanma1 Suvlar uza tayanma Asizligik anunma2 Tilda chiqar adgu so’z


O’zbekchasi: Bahorning chiroyiga ishonma
Suvga tayanib bo’lmaydir
Yomonliqqa tayyorlanma
Tilingda har vaqt yaxshi so’z bo’lsun.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling