Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


(O’rtoq, G’ozi Olimning Hamroqul baxshi va Fozil jiravdan yozib


Download 390.19 Kb.
bet12/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

(O’rtoq, G’ozi Olimning Hamroqul baxshi va Fozil jiravdan yozib
olib “Bilim o’chogi” jurnalida nashr qilganidan olindi)

O’n olti uruq Qo’ng’irot elida, Dovonbiy degan o’tti. Dovonbiydin Alpo’nbiy degan paydo bo’ldi. Alpo’nbiydin Boybo’ri bilan Boysari degan paydo bo’ldi. Bular beparzand bo’ldi. O’n olti uruq Qo’ng’irot elida bir cho’pron to’y bo’ldi. Biylar to’yga keldi, biylarni otini ushlamadi. Kangluni xushlamadi, mazmuni(dan)bexabar qoldilar, deb o’zlari otini baylab, majliska kelib o’turdilar. Biylarning oldiga osh tortti, oshning ko’tini, betini tortti. Biylar aytdi: “Bizdan nima gunohlik o’tti, bizni munday behurmat ettinglar, ilgari ma’raka majlis bo’lsa, otimizni ushlardinglar, kanglumizni xushlardinglar” dedilar. O’n olti uruq Qo’ngirotning chapani tarz bir boybachchasi turub biylarga qarab: “Bul to’y ulluning uludin qaytadi, qizlining qizidan qaytadi; sizning nimangizdin qaytadi? O’zing o’lsang, molingga har merosxo’rlar chig’adi, og’zig’a odam kirib ketadi”, dedi. Bu so’zni biylar eshitib chap(p)a bo’lib, saksan tilla cho’pronga tashlab, turub ketti.


Biylar mazgiliga1 jetti. O’tirib qildi maslahatti. Boybo’ri turub aytdi: «Boysari uka, qarig’anda molimiz bisoyibga2 chiqdi, parzand talab qilmaymizmu?” dedi. Boysari turub aytdi: “Xudoy bermagan parzandni qayoqdan talab qilamiz, tortub olub bo’lmasa, sotib olib bo’lmasa, urlab olib bo’lmasa, Xudoy bermasa qayoqdan taraddud qilamiz?” dedi. Boybo’ri turub aytti: “Shoymardon erding ravzasiga, shu yerdan uch kunlik yo’l kelar ekan, davlattalab, davlat tilar ekan, parzandtalab parzand tilar ekan, oxirattalab iymon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi, murodiga jetib kelar ekan”. Bu so’z ikavining kangluga ma’qul tushub, mindi bedov otti, uch kecha-yu uch kunduz jo’l jurib, Shoymardon pirding ravzasiga jetti. Borib ravzani tunab yotti. Orada bir kam qirq kun o’tti, bir kam qirq kun deganda, ravzadin ovoz keldi: “Ey, Boybo’ri bilan Boysari! Bir kam qirq kundin beri kelib jotibsen, Xudoyning jaratkan sheri men bo’lsam, bir kam qirq kundan beri3 jaratkan Xudoyimdin bir oyog’im birlan turub parzand tilayman yaratgan Xudoyim bermayman, deb aytadi”. Bul so’zdi biylar eshitib, ravzaga qarab, “bir kam qirq kundan beri biz sizdi tunab jotibmiz, Xudoyning jaratkan sheri siz bo’lsangiz bizlar uchun Xudoydin bir parzand tilab olib bermasangiz, bizga pirligingiz yolg’on, Xudoyga sherligingiz yolg’on!” deb, tappa tushib yotti: “biz ham dunyoning baxridin o’tdik” dedi. Orada qirq kun aniq o’tti, qirq kun deganda: ”Ey Boybo’ri, Xudoyim sag’an bir ul bir qiz berdi, jolg’iz emas egiz berdi! Boysari, sag’an bir qiz berdi, egiz emas jolg’iz berdi! Mundan borsang, parzandni ko’rsang, xaloyiqni jiyib, to’y-tomosha bersang, to’yga qalandar bo’lub borib, otini o’zim qo’yub kelaman!” deb ravzadin ovoz keldi. Bu so’zdi eshitib, biylar ziyoda vaqti xush bo’lub, mindi bedov otti, mazgiliga jetti, biylar vaqti xush bo’lub, xaloyiqni jiyib, qirq kecha-yu qirq kunduz to’y-tomosha berib jotti... Boybichalar homilador bo’ldi. Oydan oy, kundan kun o’tub, boybichalarning oy kuni jaqin jetib kelaberdi. Biylar aytti: “Bizam ovga jo’naylik, bir nechalar oldimizga chig’ib, suyinchi deb in’om olsun” deb ovga chiqib kettilar.
Parzandlar jer juziga tushib, bir nechalar biylar oldiga chiqib, suyinchi deb in’om oldi. Biylar vaqti xushliqqa xaloyiqti jiyib qirq kecha-yu qirq kunduz to’y tomosha berib jotti, to’yga Shoymardon pirim qalandar bo’lib keldi. Parzandlarning uchovini ham Shoymardon pirding etagiga soldilar. Ul Boybo’rining ulini otini Hakimbek qo’yub, uning kiftiga besh panja urdi, qizini otini Qaldirg’och oyim qo’ydi. Boysarining qizining otini Oybarchin qo’ydi. Boysarining qizini Boybo’rining uliga atashdirib, kuyav qilib ketti. Bolalar birga, ikki, uchga kirdi, elga ingandan tutub maktabga berdi. Jedi yoshiga kirdi. Burro savodxon mulla bo’ldi. Boybo’ri ulin maktabdan chig’orib oldi. “Endi ulim burro savodxon bo’ldi, endi ulimashalik1 o’rgatayin!“ dedi.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling