Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Xakimbekning Alpomish atalg’anining sababi


Download 390.19 Kb.
bet13/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Xakimbekning Alpomish atalg’anining sababi

Alpomish maktabdan chiqdi. Sholik ilmiga kirishdi. Jetti yoshda, Alpon bobosidan qo(l)g’an o’n to’r(t) botmon barinj joyni ko’tarib tortdi, joyning o’g’i joshilday bo’b ketdi. Oshqarding taviding katta cho’qqusin julub o’tdi. Uning ta’rifin eshitgan Kofiriston eli ko’p iltifot qilib jotdi. Qo’ng’irot eli jiylab aytdi: “Dunyodan bir kam to’qson alp o’tdi, alpning boshligi Rustami doston edi, oxiri Alpomish “alp” bo’lsin deb Hakimbekning otini Alpomish qo’ydi. To’qson alpning biri bo’(li)b sanag’a o’tdi- Shoymardon o’ng kiftiga besh panjasin urgan edi, shul sababdan Alpomishga o’q otsa o’tmas edi. Olovga solsa yonmas edi. Qilich chopsa kesmas edi, jilovidan chiltan ketmas edi. Boybo’riga Boysariyam taassib qilib, qizini maktabdan chig’orib olib, Ko’kqamish ko’lida qo’y sovdirib qizig’a chorvadorlik o’rgatayin, dedi. Kunlardan bir kun Hakimbek kitob o’qub o’tirib baxildan, saxiydan gap chiqib qoldi. Boybo’ri turib aytdi: “Ulim, kishi nimadan baxil bo’ladi, nimadan saxiy bo’ladi?” dedi. Hakimbek: “Vaqt-bevaqt kishi uyiga mehmon kelsa joy bor turub, joyim yo’q desa, bu ham baxil, dedi. Joy bor turub, otini ushlab, kangluni xushlab, bul ham saxiy”, dedi. “Vaqt-bevaqt kishi bir mozorotning devorining qabatidan o’tsa, chap ayog’ini uzangidin chig’orib duo qilib o’tsa, bu ham saxiy”, dedi. “Kishining moli zakotga jetsa, zakot bersa saxiy ekan, zakot bermasa bul ham baxil ekan” dedi. Boybo’ri bu so’zni eshitib, o’n olti Qo’ng’irot elining ham boyi ham shoyi bo’lsam, men kimga zakot beraman: “Menim davlatimda jongg’iz inim Boysari baxillikka chig’ib ketmasin deb, o’n to’rt mahramini buyurdi: “Boringlar, Boysarining zakotin olib kelinglar, bir chichoq uloq bersa ham zakot o’rniga o’tar”, - dedi. Tilla Qo’tos tog’ilg’an, o’n to’rt mahram Boysariga borib qoldi.


Boysari: “Jo’l bo’lsin”, - deb savol qildi. Mahramlar aytdi: «Biz akangdan kelgan zakotchi bo’lamiz. Sizning molingizni zakot qilamiz”,
dedi. Boysari aytdi: “Akamiz ullu kishi bo’b, darrav bizding molimizni zakot qilatug’an bo’bti”, - dedi. Baxmal o’tovda manovi degan boy, boybachchalariman qimiz ichib, shog’ol mast bo’lub, dimog’ini chog’ qilib o’turgan edi. “Ushlanglar bul bachchag’arlarni!” - deb yigitlariga buyurdi. Yigitlar mahramlarni ushlab, uchovining qornig’a qoziq qoqib o’ltirdi. Jetavini qulaq, burnini kesib, o’ziga yedirib, otiga chappa mindirib: “Muni zakot, deb aytadi” deb Qo’ng’irot tomonga haydab jibordi. Zakot degan gap Boysariga ko’p botib ketgan ekan. O’turg’an jigitlariga qarab, “Nima maslahat berasiz?”, deb bir so’z dedi:

Oh urg’anda, ko’zdan oqar seldak yosh,


Qo’ng’irot eldan elga zakot beribdir,
Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh!
Qursun Hakim begi mulla bo’lubdi,
Qo’ng’irot elidan molg’a zakot kelibdi,
Zakot mollardi harom bilibdi.
Maslahat ber, o’n ming uyli qarindosh!
Zakot desa, men jonaman, o’chaman,
Zakotni bermayman Kashal ko’chaman,
O’z akama o’zim zakot berguncha,
Qalmoq borib juzya bersam bo’lmaymi?

O’turg’anlarning hech qaysi(si)dan maslahat chiqmadi. Jartiboy oqsoqol degan biri bor edi, majlisli kun bo’lsa, to’rdan joy te(g)mas, piyoladan choy te(g)mas, bo’sag’aning oldinda kovish bilan oralashib, it jig’ilish bo’lib yotar edi. Poygadan turub, «Maslahat shuldi” deb bir so’z dedi:


Maslahat bermaymiz Boysari boyga,


Osilmaymiz Boybo’rining doriga,
Biring aka, biring uka Boysari,
Maslahatdi, Shoyim, o’zing bilasan!
Xudoyim deb jaratganga jilayik,
Omin desa farishtayu malayik,
Shoyim sizga ne maslahat berayik?”

Boysari: Kal(i)ma shahodat musulmonding tiliga,


Men ko’charman endi Qalmoq eliga,
Xazon bo’lib bog’di gullar so’lmaymi,
Tangrim menim aql-u xushim olmaymi,
O’z akama o’zim zakot bergancha,
Qalmoq borib juzya bersam bo’lmaymi?
G’am bilan sarg’aydi guldayin di(y)dor,
Azamat mard edim bo’lg’anmen nochor,
O’z akama o’zim zakot bergancha,
Qo’ng’irot elida, siyindi bo’b yurguncha,
Endi menim Qalmoq ketmaga darkor!”
Jartiboy: Ushbu damning damlarini dam dema!
Boshing esan, bu davlatni kam dema,
Sen kuchar bo’lsang Qalmoq eliga,
Bu elatni qoladi deb g’am jema!
Qayda borsang birga ko’chib boramiz,
Bolalardi jahongashta qilamiz.
Jahondi sayr etib judo ko’ramiz,
Qayda ko’chsang, bizlar birga boramiz!”
Jartiboyding so’zi Ko’kqamish ko’lida turgan o’n ming Qo’ngirot eliga ma’qul tushti, hammasi uydi buzub, Turkiston taraptan Qalmoq tarapga molni boshqarib, jo’nab turg’anda, Barchinoyning enasi bir jurg’ani afzallab, chog’lab, ul o’rnig’a Barchinoyga olib keldi. Barchin bu yerdan ko’charini bildi, enasiga qarab ko’ngli buzulub, Barchin bir so’z dedi:
Olmaday sarg’aydi guldayin di(y)dor,
Mungg’ayib yig’laydi menday mushtipar,
Xo’ja kelsa chig’ar murid naziri,
Qotin bo’lmaymikan erding vaziri,
Er deganding aqlin olmas bo’lurmi?!
Boy otamman bek bobomga na bo’ldi,
Afzallab kelturdi hayvon to’ringdi,
Bul ko’chsang ena menim so’zimdi,
Uyulmay ko’bmasin kulbayi xonam.
Mungg’ayib yig’laydi mendayin sanam,
Qalmoqlarda qon guldayin tanam,
Yuragimga solding dog’u alamdi,
Ko’rolmayman qolgan maxtab jo’ramdi,
Boy otamman biy bobomga na bo’ldi!..

Enasi Barchinga yuvonib bir so’z dedi:


Xafa bo’lma bolam o’ynab, kulasan,
Jihonda sayr etib bir kun kelasan,
Na sababdan bolam kanglung bo’lasan,
Qo’ngirot eliga kelib davron so’rasan.
Maxtab jo’rang bilan o’ynab kulasan,
Ko’p yashagiz, ko’p yilgachan o’lmagil,
L(n)odon ko’ngling, har xiyolga bo’lmagil.

Barchinoydi aldab ko’ndirdi. Barchinoydi bir jo’rgaga mindirdi. Chechanlar eblaydi gabding ebini. Birdaniga oltmish nordi cho’garib, orta berdi Barchinoyding sebini. Boysari boy Qo’ng’irottan chig’ib, olti oy, olti kun jo’l jurub, Qalmoq eliga jetti. Ko’m-ko’k bo’lib o’sub jotqan Qalmoqding ekiniga Qo’ng’irot eli “Qalmoqting jeri o’tli kelar ekan!” deb suyunib, molini qo’ya berdi. Shul zamonda Qalmoqding Toychaqon degan q(x)oni bor edi. Ekin ekkan Qalmoq elati Toychakong’a borub: “O’zbekding moli ekinimizni jeb ketdi”, deb arz qilib bir so’z dedi:


Eshit Toycham, menim aytqan so’zimdi,
Sanga aytaman: podshosan-da, arzimdi,
Boysarining moli ekin jeb kuydi,
Siz xirojdan, biz ovqatdan ayrildik,
Podsholikdan qancha buydoy olib(d)ik,
Ekin qilib, biz dolaga solib(d)ik.
Buydoyimiz endi boshlab turganda,
Uncha-muncha qovindon sotkanda,
Barangidan endi olib jerdik,
Podsholikga qancha xiroj berurdik,
Siz xirojdan, biz ovqatdan ayrildik!



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling