Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet33/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Yana bir hikoyat: Aytmishlar Lukmon elga o’ntuj mol berur erdi. Tonuq tutmas, bitik olmas erdi. Birov kelib ming oltun o’ntuj oldi. Bu niyat birlakim yana bermagayman, dedi. Ko’nglinda kechurdi. Ul yarmokni olib borurda yozig’a o’lturdi. Ul yarmokni bir kizil lattaga tugub yoninda kuydi. Xat" oni et sog’inib olib bordi. Uchub borurda Luqmonning evi ustunda keldi ersa yarmoq oyog’idin tushti. Luqmon ko’rub tanidi, olib evinda kuydi. Ul er yana keldi. Ming oltun yana o’ntuj oldi. Burunqi niyat birla uq. Ul suvga kirib kecharda ul yarmoqni suvga tushurdi. Ul suv okib Luqmon eviga kirar edi. Suvda yarmokni ko’rdi ersa Luqmon tanidi. Olib asradi. Ul kishi yana keldi. Yana ming oltun untuj oldi. Bermas niyati o’zra olib borurda iturdi. Bnr sabab birla ul yarmoq Luaqmon iligiga kirdi.Ul kishi to’rtunchi qarat yana ming oltun o’ntuj oldi. Sotik savdo qilayin, bu to’rt ming oltunni Lukmonga, bergaymen deb niyat qildi. Ul niyat birla sotik savdo qildi. Ersa bag’oyat foyida ko’rdi. To’rt ming oltunni to’kup, Luqmon olinda qo’ydi. Luqmon ming oltunni olib: O’zgalar menga tekti, dedi. Uch ming oltunni olmadi. Yanadurub berdi.
Hikoyat: Luqmon Hakim o’g’liga uch vasiyat qildi. Aytti: Zinhor xotunungg’a siringni aytmagil. Yangi boydin burj olmag’il. Avon1 birla to’stlug’ qilmag’il. Qachon Luqmon vafot bo’ldi ersa bu uch vasiyatini o’g’li: Sinayin, dedi. Bozorg’a bordi. Bir qo’y sotqun oldi. O’lturdi. Cho’bqa suqub og’zin bog’lab uyiga kelturdi. Uylugiga aytti: munda bir uyluk bor, men o’lturdum, zinhor kimsaga aytmagil, men rasvo bo’lmayin, dedi. Yana bordi bir yangi boy bo’lgan kishidin burj oldi. Yana bir avonni do’st tutundi. Necha kun kechmishdin keyin uylugi birla xusumat qilishtilar. Uylugin urdi. Uyluki un qapurdikim: Ey musulmonlar bu er kishi o’lturub turur, meni taqi o’lturur, dedi. Bu so’zni malikga yetkurdilar. Malik2: Ul er qochmasdin burun kim borib oni kelturgay?! dedi. Do’sti Avon aytti: Evin men bilurmen, keltirayin, dedi. Bordi, tutub siyosat qilib bog’ladi, har necha aytti: Ey do’stum, meni ko’yg’il qochayin, dedi. Qo’ymadi. Yo’lda yangi boy yo’luqti: “Senda haqqim bor, bergil, sen ularsen, dedi. O’zga yerdin qarz ko’tarib berdi. Do’sti bo’lgan Avon muni malikga eltti. Malikning ko’zi Luqmon o’g’liga tushti, ersa aytti: Subhonolloh, ey hakim o’g’li, sendin bu ish xud loyiq ermas, erdi. Senga ne bo’ldi?! dedi. O’g’ul aytti: Malikning yoshi uzun bo’lsun. Tilasa evimga kishi yuborsun, ul uylukni hozir qilsun. Avon aytti: “Men uq borayin”. Borib qobni kelturdi. Malik olinda ochtilar; qo’y chiqti! Malik aytti: “Ay hakim o’g’li, bu ne hol turur?! Munung kayfiyatin aytqil”. Hakim o’g’li kechmish qissalarin ayta berdi. Aytti: Otam Luqmon menga uch vasiyat qilmish erdi. Men ularni sinayin deb bu ishlarni qildim: Otam so’zi ko’niga3 chiqti dedi.
Bahor

Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro’zi,


Kechti bahman1 zamharir2 qish qolmadi qori, buzi.

Kun kelu ming ko’rki ortib tirilur3 o’lmish jahon,


Tong yodizlar4 naqshi birla bezanur buv5 yer yuzi.

Tong otarda to’rt tarafdin esnayur bodi sabo,


Kiyik yurur6, kindik yipor7, tak yidlanur8 yobon yozi.

Tayzligi9 yabkin10 tol yog’izdin11 o’v yug’i yashil, qizil,


Orasi buvtoq, yoburg’oq12 tol, chechakla tub13 tuzi14.

O’rlasa15 yig’lab bulutlar gul chiqar16 bog’-bo’ston.


Tol yig’ochlar-tek solishur o’ynayur tolqay qo’zi17.

Lola sig’roqin ijarda sayrar usrub sanduvoj,


Turna un tortib o’tarda sakrashur boqlon qo’zi.

Ko’kda o’rlab1 qo’l solishur quvg’u2, qaz, fil3, qarlug’oj;


Yerda yugurub juft olushur os4 tiyin5 kish6 kunduzi.

Tol yog’ojlar minbarinda to’ti qush majlis tutar,


Qumri, bulbul, muqri7 bo’lub, un tuzar tun, kunduzi.

Bu, yog’iz yer ko’k mengizlik8 ishnayur maydon bo’lub,


O’g’rushur oytek chechaklar tekrasida yulduzi.

Huvri ayn ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur,


Yoz uza mundoq g’azalni aytsa Nosir Rabg’uziy.

O’n ikki burj bilan yetti oqroq uluvi olam ichinda o’n ikki burjlar bor. Ul burj bu turur: Qo’zi (hamal), o’y (savr), orandiz9(javzo), quchiq (saraton), oslon (asad), bug’doy boshi (sunbula), o’lku (mezon), jiyon (aqrab), yo (qavs), o’g’laq (jadiy), ko’nak (dalv), baliq (hut).


Bu o’n ikki burjda yetti yulduzlar yurur. Ul yulduzlar qaysi turur: Singandiz (Zuhal), O’ngay (Mushtariy), Kurad (Mirrix), Yashiq (Shams), Savit (Zuhra), Orzu (Utorud), Balchiq (Qamar).
She’r:

O’n ikki o’kak10 yetti oqroq qiliq11,


Yeng ilki: qo’zi, o’z, arandiz, qo’chiq.
Ko’r arslanu bug’doyboshi, o’lgu ul,
Jiyon, yo ham o’g’lak, ko’nak ham baliq.

Yana yetti yulduz bularda yurir:


Singandiz, o’ngg’ay ul kurad ham yoshiq.
Savit, orzu, yolchiq yog’i tak bo’lur,
To’qushdin o’sanmas gaziban12 yuriq.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling