Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet34/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

«MIFTOHU-L-ADL»dan
Hikoyat
Kunlar1 bir kun Qoshg’ar sultoni Hinduston sultonig’a elchi yubordi. So’zi bu erdikim: Ey Hinduston sultonlar2, eshittimkim, sizlar ikki yuz yasharsizlar. Ba’zi uch yuz yasharsizlar. Taqi bizlar ellik, oltmish yoshdin ortuk yashamasbiz.
Agar sizlar doru ichar bo’lsangiz, bizga taqi ul dorudin yuboringiz, biz taqi sizlarga tong’suq bo’laklar yiboraling va agar o’zga amalingiz bo’lsa, aytib yuboringiz, oning birla amal qilaling. To’q boshliq elchi yubordi. Kelib bu so’zni Hinduston podshohlarina aydilar ersa ul Hinduston sultoni kofir erdi. Majmu’ kofirlar va beklarini yig’di. Taki kangash3 qildikim, bu elchiga biz qaruni javob ayg’aybiz. Hech qaru topmadilar. Taqi bir donishmand kishi bor erdi. Oni undab kelturdilar. Bu elchining so’zin donishmandg’a aydilar. Donishmand aydi: bu sahl ish turur. Munung javobini men berayim tedi.
Ul sulton aydi: sen munung javobini bersang, qaru javob aytsang musulmon bo’lurmen va ham seni vazir qilurmen, tedi. Donishmand aydi: ul elchilarni manga ko’rguzung, man ul elchilar birla so’zlashayin. Borib kelturdilar. Bu donishmand aydi: Ey elchilar, ushbu shaharning o’rtasinda bir ulug’ daraxt borturur, ul daraxtning qish, yozi yaprog’i qurumaz. Emdi bu sulton sizlarga bu daraxt tubinda o’run berdi. Taqi ul daraxt qurumay va taqi yiqilmay va ham yaproqlari qurumay sizlarga qaru javob yo’q, yemakka ulufa4susun5 yo’qtur, tedi. Bu elchilar bu daraxtning tubinda tushtilar. Uch kunga tekru och turdilar. To’rtunchi kun aydilar: Iloho, bu daraxtni sen qurutg’il, duo-zori qildilar ersa, Tengri taoloning farmoni birlan yel keldi. Bu daraxtning tubindin qo’pordi. Ul daraxt yiqildi. Ul to’q boshlik elchi sevindilar. Taki Hinduston sultonining eshigina keldi. Hinduston sultoni ul donishmandi undadi. Taqi aydi: Alarga javob aytgil. Bu donishmand aydi: Ey sulton, buyurg’il, bu elchilar ichkaru kirsunlar. Bu donishmand aydi: Ey elchilar, karu javob ultururkim, bu daraxt etgali uch yuz yil bo’lub turur. Emdi sizlar duo qildingiz ersa Tengri taolo yelga farmon qildi. Yel keldi, ul daraxtni yiqitti. Va ham yaproqlari kurudi, vakti bir sultonga yo bir bekga, yo biz vazirning umrina barakat berdurur. Bir taqi dushmanlarin maqhur va mahqur6 qilur. Emdi sizlar borib Qoshg’ar sultonig’a aytingizkim, hech doru raiyatlarning duosidin yaxshiroq bo’lmas, tedi. Haminkim, ul donishmand bu so’zni aytti ersa ul Hinduston sultoni musulmon bo’ldi. Ondin so’ng ul elchilarga to’y berdi. Taqi uzatti.


Hikoyat
Bu turur: Bir podshoh, bor erdi. Bisyor odil erdi. Bir kun vazirina aydi: Haj tavof qilmoqg’a borurmen, sen hajg’a borurmusen, tedi. Vazir aydi: “Ey sulton, taxtni bo’sh qo’yub Ka’baga borsangiz, el-ulus boshtoq bo’lmazmu?” tedi. Sulton aydi: Boshtoq bo’lmaz: yo’q ersa, manga bir haj qilg’an hojining savobin sotkun olib beringiz, qiyomatda hojilar birla birga ko’payim. Vazirlar aydilar: Sulton uchun bir haj sotqun olmoq kerak, deb istab turur erdilar. Bir kimarsaga yo’luqtilar.
Aytdi: Falon yerda bir zohid bor turur. Yigirmi qatla Ka’baga yayog’ borib turur, taqi haj qilib turur. Hech kishining oshini yemas. Anga boring, ul bir haj sotsa, sulton uchun oling. Borib ul zohid pirni sultong’a olib keldilar. Sulton aydi: Ey zohid, bir yo’la qilgan hajingning savobin bizga sotarmusen?! Zohid aytdi: Nega olgaysen? Sulton aydi: Ming qizil tanga berayim. Zohid aydi: Ming qizil tanga oz turur. Sulton aydi: Zohid, oz bo’lsa, un ming qizil berayim. Zohid aydi: Oz turur. Sulton aydi: O’zung na tilasang, tilagil. Zohid aydi: Ey sulton, bir haj ne bo’lgay; yigirma hajimning savobini sanga berayim, qachon sen bir soat adl qilg’aningning savobini menga bersang. Sulton aydi: Ey zohid, bir soat adl qilganning savobi ne bo’lur? Zohid aydi: Bir soat adl qilganning savobi odamlarning, taqi farishtalarning, taqi hurlarning ibodatidin ortuqroq turur.
Hikoyat
Bu turur: Kunlarda(n) bir kun Nuh payg’ambar kemaga minib boraturg’anda shayton kelib to’nguz1nung orqasin qo’li birla sibadi, ersa ho’k atsa qildi. Burnindin sichqon tushti. Taqi kemani teshti, kemaga suv kira boshladi. Taqi bisyor tashvish bera boshladi. Anda yilon aydi: Ey Nuh, bu teshikni man tiqsam, manga ne bergaysan. Nuh aydi: Nekim tilasang, berayim. Yilon aydi: oni tilarmankim, siz duo qilsangiz, etlardan qayu et totli bo’lsa oni Tengri taolo manga ro’zi qilsun. Nuh payg’’ambar aydilar: Andog qilayim. Vale yilonning maqsudi odam etan yemakda erdikim, odam sababidin behishtdin chiqib erdi. Ondin so’ng yilon xalqa bo’ldi. Taqi kemaning to’shukinda kirib
yotdi. Ondin so’ng Nuh payg’ambar arslonning orqasin sipadi ersa atsa qildi, burnundin gurba chiqti, sichqonlarni tuta boshladi. Qachon qurug’ yerga chiqtilar ersa yilon keldi. Nuh payg’ambarga aydi: Manga va’da qildingiz erdikim, duo qilg’aysiz, etlarda qayu et mazali bo’lsa, oni Tengri taolo manga ro’zi qilgay, emdi duo qilingiz! Nuh payg’ambar aydilar: Bir kimarsa iz beraling1, borib etlarni totub boqsun, qayu et mazali bo’lsa, man duo qilayin: oni Tengri taolo sening ro’zing qilsun. Ittifoq qilib “so’ri”2 chibinni elchilikga iza berdilar. Pashsha-chibin bordi. Etlarni totti. Taqi kelaturganda qarlug’ach qarshu bordi. Aydi: Ey, singak chibin, sen qaydin bora turursen. Aydi: Nuh payg’ambar birlan yilon meni elchilikga yubordilar erdi. Taqi borcha hikoyatindin aydi ersa qarlug’och aydi: Qayu et mazali turur? Chibin aydi: Etlarda, ey qarlug’och, odami eti totli turur.
Qarlug’och aydi: Yolg’on aytursen. Tilingni chiqarg’il ko’rayin. Chibinki tilini chiqardi, ersa qarlug’och tilini og’zi birla tortib uzdi. Chibin tilsiz bo’lub, Nuh payg’ambar qoshig’a keldi. Qarlug’och taqi birga keldi. Nuh payg’ambar aydi: Ey chibin, etlarda qayu et totli bo’lsa ay(t)gil, chibin zing-zing qilur, hech kishi tilini bilmaz! Qarlug’och aydi:Man tilini bilurman. Chibin na ayta turur. Dey tururkim: Etlarda baqa eti totli turur. Nuh payg’ambar aydilar: Muning tilini na bilding, taqi muning tilina na bo’ldikim zinglayur. Qarlug’och aydi: Odami eti, og’u turur, odami etin toti ersa tilsiz bo’ldi. Nuh payg’ambar aydilar: Ey yilon, man duo qilayim Tengri taolo senga baqa etini ro’zi qilsun, oni yegil. Yilon aydi: Mening maqsadim odam eti erdi. Oning uchunkim, odam mening dushmanim erdi. Duo qilgil Tengri taolo manga odam etini ro’zi qilsun. Nuh payg’ambar aydi: shartimiz andog dagul erdi. “So’ri” chibinda tumoq erdi. Emdi oning tilin biz bilmasbiz, qarlug’och bilur. Ul aydi: Baqa etini suchuk turur. Taqi Nuh payg’ambar aydi: man duo qilayin, baqa eti sening ro’zing bo’lsun. Ondin so’ng Nuh payg’ambar duo qildilar: Tengri taolo baqa etin yilonga ro’zi qildi.
Taqi yilon ketkandin so’ng qarlug’och Nuh payg’ambarga bu hikoyatlarni qildi: So’ri chibinning tilin man uzdum oning uchunkim, ul kelib aytar erdi: Odam eti totli turur, siz duo qilg’ay erdingiz. Ondin so’ng yilon bir odamni tirik qo’ymag’ay erdi. Odamlarga shafqat qilib, chibinning tilin uzdum, tedi. Nuh payg’ambar aydi: Qarlug’och odamning etin yilonga ravo ko’rmading ersa, sening eting taqi qiyomatg’a tekru odamlarg’a yemak ravo bo’lmasun teb, duo qildilar. Vaqtikim, bir qush odamga shafqat qilmoq sababidin eti pichoq zahmidin omon bo’lsa, taqi yemak harom bo’lub ravo bo’lmasa, odamiylarga shafqat yaxshiliq qilsa, Tengri taolo ul kishining etin tamug’ o’tig’a harom qilsa, hech ajib va g’arib mundin ortuq bo’lmag’ay.


Hikoyat
Bu turur: Kunlarda(n) bir kun Luqmon hakim ul bir hindu qul erdi, xo’jasi aydi: Ey Luqmon, falon yerda arpa ekgil, taqi falon yerda bug’doy ekgil. Luqmon bordi. Ul bug’doy ekgil, degan yerda arpa ekti. Taki arpa yerinda bug’doy ekti. Qachonkim ekin tamom bo’ldi ersa, Luqmonning xo’jasi keldi. Ko’rdikim, ul bug’doy ek tegan yerda arpa ekib turur. Arpa ek tegan yerinda bug’doy ekib turur. Taqi arpa o’rninda bug’doy bitib turur. Bug’doy o’rninda arpa bitib turur. Xo’jasi Luqmonga aydi: Ne uchun mundog’ qilding. Luqmon aydi: Xoja, sog’undimki, bug’doy o’rninda arpa bitar, taqi arpa o’rninda bug’doy bitar. Taqi Luqmon aydi: Ey xoja, nechukkim, yozuq o’rninda savob tobar, yozuk o’rninda savob bo’lur. Savob o’rninda yozuk bitar. Tun, kun zulm qilursen. Taqi qiyomatda savob umid etarsen. Xojasi haminki eshitti ersa xo’jasi bir oh urdi. Taqi jumla yozuqlardin tavba va iste’for qildi. Va ham Luqmonni mening molimdin sen ozod, tedi va ozod qildi. Emdi bilmak kerak. Har kimarsa bu dunyoda zulm qilsa, qiyomatda oni o’rar va agar adl qilsa oni o’rar.


Hikoyat
Bu turur: Kunlarda(n) bir kun Hilavxon1 Arkis2 otlig’ shaharg’a keldi, cherik tortib necha kim urush qildi, ola bilmadi. Hasrat va qayg’udin xasta bo’ldi. Yuzi sarg’ardi. Vazirlar, beklar yig’ildilar, kengash qildilar. Aydilar: ne qilsak bo’lgay, tedilar. Bir Qartbiy vazir bor erdi. Xonga aytingiz xazinasindin bir pora og’u bersun, oning birla bir ish qilayim. Bo’lg’aykim, bu shaharni oning birla olg’aymiz. Xon taqi qayg’udin qutulg’ay va ham xastalikdin rasta3 bo’lg’ay. Vazir bir para qatqol og’uni oldi, bir sunkuning, ya’ni nayzaning temurin bo’shatti. Ul temurning ichin qazdurdi. Bu og’uni unga soldi. Taqi dastasin sobladi, ya’ni sobin yerina suqdi. Taqi qo’lina oldi. Bu shaharning darvozasiga keldi. Ul shahar andog’ berk edikim, bir tog’ boshinda bir qal’a qo’parmishlar, kim o’q otsa yetmas erdi. Taqi bir “so’qmoq” bor erdi, yolg’uz kishi yururdek yul erdi. Vazir qal’a eshigiga keldi. Aydi: Man Hilavxonning vaziri tururman. Xon qaytmoqg’a tiladi. Bir kimarsa kelib aydi: Ey xon, qaytmangiz, bu shaharning suyi tuganib turur. Bir necha kun tursangiz, sizga barcha chiqib bosh ururlar. Emdi man taqi shunung uchun keldim. Agar suvunguz tuganmish bo’lsa, barcha chiqib xonga bosh urung. Agar tugalmish bo’lmasa, man kirib boqayim taqi xonga borib aytayim. Qaytsun ul shahrdan bir kishi yana chiqib aydi: Ul qadar su(v) anbar qilib tururbiz, haviz ichindakim, o’n yilga tekru yetar. Inonmasang, kirib boqib ko’rung. Vazir qal’adin ichkaru kirdi. Ko’rarkim, qal’aning o’rta yerinda bir havz qilmishlar, ichi to’lu su(v), vazir aydi: Bu su(v)ning tubi tiringmuturur? Aydilar: Tiringturur. Aydi: Man bu sunku birla boqayim, tedi. Aydilar: boqg’il. Sunkini sug’a suqti yerga mahkam boturdi, tortti ersa temuri onda qoldi, taqi yog’ochi chiqti. Vazir aydi: Bildimkim, sudingiz ko’p ermish, xonga aytayin qaytsun deb qal’adin tashqari chiqti. Taqi aydi haloyiqg’a: Sizlarmu xonga bosh urmassiz?! Aydilar: Ne uchun?! Vazir aydi: Oning uchunkim, suyungizga og’u soldim. Inonmasangiz, tovar, qarangizni sug’o alitib, suv berib boqingiz. Suv berdilar ersa, tovar qaralari uldi. Andin so’ng barcha chiqib Hilavxonga bosh urdilar. Ondin so’ng Hilavxon ul shahrdin pishkash oldi. Taqi qaytti va ham qayg’udin qutuldi. Barcha ul vazir sababindin erdi. Taqi vazir kemarsalar sultonlarga, beklarga inok bo’lsa har kimarsa hasad qilib, ul inoqni sultonga g’araz aytib, yomon ko’rguzmamak kerak. Har kimarsa makr qilib bir kimarsani sultonlarga yo beklarga yomonlasa, oqibati ul makrga o’zi giriftor bo’lg’ay.
Munga nazir hikoyat buturur:
Kunlardan bir kun sulton Mahmud G’azn(av)iy Ayoziy xosni bisyor sevar erdi. Taqi bir vazir bor erdi. Ul hasad qilib sultong’a aydi: Ey sulton, Ayoz manga aytur: Qachon sulton mening qulog’imga so’z aytur bo’lsa, sultonning og’zi andog’ yomon sasirkim, tuza bilmazman. Taqi burnumni og’zimni yangim birla tutarman. Sulton aydi: Holatang birla boqayim, agar rost bo’lsa man bilgayman. Tonglasi bu vazir evinda xotuniga buyurdikim, tutmaj pishur, sarimsoqi beg’ad ko’p bo’lsun, tedi. Taqi o’zi tashqari chiqti: Ko’rarkim, Ayoziy xos bora turur. Bu aydi: Ey Ayoz, sultonboshi uchun bir zamon evga tushgil. Bir ayoq osh ichib otlang’il, Ayoz tushti. Bir ayoq tutmaj ichdi. Ondin so’ng otlandi va sulton qoshig’a bordi. Sulton hamin Ayozni ko’rdi ersa vazirning so’zi yodiga yetishti. Taqi Ayozga aydi, beri gel, tedi. Ayoz bordi. Yengi birla og’zin burnin tumaladi. Oning uchunkim, sultonning burnina sarimsoq isi kirmasun teb. Sulton bilmadi. Sog’indikim, vazir aytkan so’z rost bo’lg’ay teb. Barot1 bitdi, taqi muhr bosti, taqi Ayozga berdi. Bu bitik birla falon shaharg’a borg’il, sanga ming oltun harjlik bersunlar. Vale bitikning ichinda bu erdikim, zinhor bu kitobatni kim olib
borsa, darandayi ruq’ani o’lturunglar, deb yozib erdilar. Bu maktubni Ayozg’a berdi. Ayoz maktubni olib chiqti edi. Tobora turur erdi. Tutmaj yedurgan vazir yo’luqti. Aydi, ey Ayoz, qayda bora turursen? Ayoz aydi: Manga fulon shahardin ming oltun suyurg’ol qildi, oni olmoqg’a bora tururman. Vazir aydi: Ey Ayoz, ul bitikni manga bergil, man borayin ming oltunni sanga kelturayin. Harjim yo’qturur. Manga ne kim bersang, sen bilursen. Ayoz taqi qabul qildi. Ul xatni vazirga berdi. Ul xatni olib ul shaharga bordi, qachon bu xatni ul shaharning tegan kishilarina berdi, ersa o’qutilar. Ravon1 vazirni tutub o’lturdilar. Navkarlari qochib sultonga keldilar. Sulton Ayozni undadi. Taqi surdikim, rost aytgil. Vazirga mening og’zimni sasir, deb aytdingmu? Ayoz ont ichti ay(t)ganim yo’q turur teb. Sulton aydi: Ul kun ne uchun og’zing, burningni tumalab kelding. Ayoz aydi: Oning uchunkim, vazir manga bir ayoq tutmaj yedurub erdi. Sarimsoq ko’p solib erdi. Sarimsoq isi sizning burningizga kirmasun deb, og’zimni, burnumni tumaladim. Sulton Ayozning rostlikin bildi, ersa to’n kiydurdi. Ot mindurdi. Yaxshi suyurg’ollar qildi. Taqi o’lgan vazirning xotunin, molin barchasin Ayozga suyurg’ol qildi.
Tengri taolo2 uchar qushlardin, yuguruk kiyiklardin odamlarni ortuk yaratkan uchun payg’ambarlar iza berdi. Taqi halifalar iza berdi. Taqi sultonlar, beklar iza berdi. Emdi barcha haloyiqlarga vojib tururkim Tengri taologa, payg’ambarga inongandek, so’ng sultonlarga mute’ bo’lmoq kerak.
Munga nazir hikoyat bu turur:
Kunlarda bir kun Iskandari Zulqarnayn lashkar birla Mag’rib shahrina keldi. Taqi shahrning tashinda ko’ndi. Kecha bo’ldi. Ersa bir navkari Iskandarning qatig’a keldi. Taqi aydi: Ey Iskandar, tashkaruda bir kimarsa kelib turur va taqi aytururkim, man Mag’rib sultonining elchisi tururman. Sizning qatingizga kirmak tilar.
Iskandar aydi: Kirsun.
Ul kishi kirdi. Taqi Iskandarga salom qildi.
Ondin so’ng Iskandar aydi: So’zing na turur, aytgil.
Ul kishi aydi: Ey Iskandar, buyurg’il navkarlaringga, mening ikki qulumni bog’lasunlar. Taqi qating’dagi kishilar chiqsunlar. Sizning birla man yolg’uz qolayim, andin so’ng sanga so’zimni aytayim. Iskandar buyurdi, ul kishining ikki qo’lini bog’ladilar. Taqi barcha haloyiqlar chiqtilar.
Bu kishi Iskandarning oyog’ina tushti. Taqi aydi: Man elchi dagulman. Mag’rib sultoni tururman. Tilasang, meni o’lturgil. Tilasang, qonimni bag’ishlag’il. Seni teyu keldim. Iskandar yerindin ko’pti. Mag’rib sulton(n)ing ikki ko’zin pti. Taki ikki qo’lin yeshti. Taki ot mindurdi, tun kiydurdi. Yaxshi siylab o’zatti. Taqi Mag’rib sultoni aydi: Ey Iskandar, muni tilarmankim, tongla lashkaring birla bir maydonga kelsang, sizga to’y bersam. Kuchum yetmishincha og’irlasam. Iskandar aydi: Andog’ qilayim, tedi.
Mag’rib sultoni evina bordi. Taqi buyurdikim, tong otquncha oshlar pishurdilar. Taqi hech kishi bilmas erdikim, Mag’rib sultonining Iskandar katinga (katinga) borganin. Qachon tong otti ersa, Iskandar lashkari birla maydonga keldi. Ko’rdikim, Mag’rib sultoni(ni)ng lashkari uch bularning lashkaricha bor erdi. Taqi bahodurluqda har birisi yuz kishiga toberdi. Taqi ul maydonning o’rta yerinda bir qo’rqluk chodir tiktilar. Qachon Mag’rib sultoni Iskandarni ko’rdi, ersa otdin tushti. Iskandar taqi otdin tushti. Chodirga kirdilar. Ikki kun to’yladilar. Ondin so’ng Iskandar otlandi.
Mag’rib sultoni o’zata keldi. Iskandar aydi:Ey Mag’rib sultoni, bu ne hikmat erdi? Muncha ko’p lashkaring birla urushmading, kelib bizga bosh urding. Mag’rib sultoni aydi: Ey Iskandar, man sening saodatingdin qo’rqtum, lashkaringdin qo’rqmadim. Taqi har kimarsaning saodati bo’lsa, oning quli ustun bo’lur. Lashkar ko’pina, ozina ta’lik" ermas. Emdi har kimarsaning akdi bo’lsa, saodatlik kishiga yag’i bo’lmoq kerakmas. Taqi nukar bo’lgan kishi, o’z beki, xoniga yomon kerakmas. Va agar yomon sog’insa, Tengri taolo oning jazosini bergay.


Hikoyat
Bu tururkim: Kunlarda bir kun sulton Mahmud G’azn(av)iy tush vaqtida o’lturur erdi. Bir tolibu-l-ilm yigit keldi, salom qildi. Taqi aydi: Qozi elindin dod! Sulton aydi: Ne qildi? Ul tolibu-l-ilm aydi: Otam xoja kishi erdi, uldi ersa moli ko’p qoldi. Man tahsil qilmoq uchun Turkiston viloyatina bordim. Ming qizil tanga bir yibak kisa ichinda qo’yub og’zina muhr qilib, qozi qotinda omonat qo’ydum. Bir necha vaqtdin so’ng keldim, tiladim ersa kisani muhr birla manga berdi. Evga keturdum. Boqtim, ersa barcha qizil pul turur. Borib qozidin so’rdim ersa qozi aydi: Man bilmasman. Oltunmu berding, yo’q ersa pulmu berding. Manga bir muhrluk kisa berding. Man taqi sanga muhr birla buzmayin berdim. Tilasang muhrung buzub olmaganim uchun ont ichaman, tedi. Emdi sizga keldim. Siz bilursiz. Sulton aydi: Ont
bergil. Ul tolibul ilm aydi, ey sulton, bu qozining hikoyati laglag qush hikoyatina o’xshar. Anga nechuk ont berayim, tedi. Sulton aydi: Laglag qushnung hikoyati nechuk erdi?.
Ul tolibu-l-ilm aydi: Laglag doyim yilon yer ermish. Bir kun yilonlar aydi, bizlar laglag birla sulh qilib, qismat qilalim. Har kunda navbat birla bir yilon beraling. O’zgamizga zahmat bermasun. Barcha aydilar, andog’ bo’lsun teb. Laglagga bir yilonni elchilikga yubordilar. Laglag keldi. Yilonlar birla shart qildi. Ont ichti. Kunda bir yilondin ortuk yemagay. Bir necha kun kechti. Laglag bolaladi. Bolasi oj bo’la boshladi. Bir yilon birla qorni to’ymas bo’ldi. Bir kun uchub boraturur erdi. Ko’rarkim, yilonlar ininin1 evidin chiqib, bir yerga yig’ilib tururlar erdi. Laglag keldi. Bularni ko’rdi. Qatlarig’a keldi. Salom qildi. Taqi tafakkurda turdi. Bular keldilar. Munga ziyorat qildilar. Bir soat kechti. Yilonlar g’ofil bo’ldilar. Burnun uzatib besh-olti yilonni tutti. Ozoki birlan ikki yilonni tutdi, uchub bolasina eltti. Bu yilonlar faryod qilib, laglagning ketindin bordilar. Taqi aydilar: Ey laglag, sen ont ichting, erdi. Bizning birla har kunda bir yilondin ortuk olmag’ay erding. Ne uchun ontingni buzding? Ul aydi: Sizlar bilurmusizlar, man kim tururman. Doyim man manora boshina qo’narman. Taqi manoradin turub masjidga sang’arman. Yozuqdin qo’rqmasman. Manora boshidin masjidga sang’ag’an narsaning va mening ontim ne bo’lgay, tedi. Emdi, ey sulton, birovkim qozi bo’lub, xoin bo’lsa, erta kecha rishvat olsa, ul nechuk yolg’on ont ichmaz. Oning ongi ne bo’lg’ay tedi.
Bu so’z sultonga bisyor xush keldi. Sulton aydi: Ul kisani mening katimda qo’yg’il. Taqi sen borg’il. Man fikr qilayim, bo’lg’aykim moling hosil bo’lg’ay. Va agar hola sening so’zing birla qozini o’ltursam, el aytg’aylarkim, qozining aqchasi ko’p erdi. Tama’ qilib o’lturdi, tegaylar. Odim yomong’a chiqg’ay. Ul tolibul ilm bordi. Sulton bu kisani qo’lina oldi. Boqti hech teshuk yo’q. Sulton aydi, ajab bo’lmagay, bu kisani yorib so’ngra to’qumish bo’lsa. Sulton orta ko’pg’anda bu kisadek bir kattig’ to’shakni pichoq birla ikki yerdin kesti.
O’zi ovg’a otlandi. Qarvosh2 to’shakni yig’arda ko’rdikim, to’shakda pichoqning zahmi bor. Qarvosh qo’rqub aydi, sulton muni ko’rsa, ne qilg’ayman teb, aydi. Ondin yaxshiroq yo’qtururkim, muni eltib to’qutayim, tedi. Eltti. Bir ustod to’qug’uchi bor erdi. Anga aydi: Ey ustod, muni andoq tuqug’il hech kishi bilmasun, tedi. Ul aydi: Andog’ qilayim, tedi. Besh oltun berdi, aqcha erdi. Ul ustod taki qabul qildi. Bir kun ichinda to’qudi. Qarvoshning qo’lina berdi. Qarvosh kelturub to’shakni, to’shakxonada qo’ydi. Sulton ovdin keldi. Tushakka kirdi. Ko’rarkim, to’shak butun turur. Farroshni jorladi. Aydi bu to’shakni kim butun qildi. Man muni ikki yerdin kesib erdim. Farrosh urdi bosh va yer ubti. Taqi aydi, man qo’rqub, eltib to’quttum. Sulton aydi. Tong birla ul ustodni munda olib kelgil. Ul aydi andog’ qilayim, tedi. Tong birla borib ul ustodni olib keldi. Sulton aydi: Ey ustod, bu to’shakni senmu to’qudung? Ul aydi: Man to’qudum. Sulton aydi: Bu shaharda sendin o’zga hech ustod bormu? Ul aydi: Yo’qtur.
Sulton aydi:Mening boshim uchun rost aytg’il. Qozi sanga hech kisa to’qudg’ani bormu? Ul aydi:bor. Sulton aydi: Ko’rsang, tonurmusen? Ul aytdi: Tonurman. Sulton chiqardi ul kisani, ustodning olig’a soldi. Ustod tanidi, bu turur aydi: To’qug’an yerin ko’rdi. Ondin so’ng sulton aydi: Boring, pulchilardi undang. Undadilar. Sulton aydi: Qozi uchun baqir tanga ishlaganingiz bormu turur? Aydilar: Bor turur. Sulton aydi: Tanirmusiz? Aydilar: Tanurmiz. Chiqorib ko’rguzdilar. Bular aydi: Bu turur, tedi. Sulton to’quchi ustod birla pulchilarni ichkaru soldilar. Taqi sulton qozi birla tolibul ilmni undang, teb kishi yubordilar. Undadilar. Sulton tolibul ilmga aydi, so’zlagil! Barcha so’zin so’zladi. Andin qozi aydi: Yolg’on aytur. Manga bir muhrluk kisa berdi. Bilmadim, ichinda ne bor turur erdi. Man taqi muhrin buzmayin ul bergandek muhri birla o’z qo’lina berdim. Sulton aydi: Xiyonat qilmag’aning uchun ont icharmusen? Qozi aydi: Icharman. Sulton aydi: Pulchi, ustod birla kisa to’qug’on tanuqlug’qa chiqsa o’larmusen? Aydi o’larman.
Sulton aydi: Pulchi birla kisa to’qug’anlarni undang. Undadilar. Kisa to’qug’an aydi. Qozi sanga bu ki(s)saniman to’qudum. Pulchi aydi: Ey qozi, bu pul man sanga ishlamadimmi? Ne uchun tonursen, dedi.


Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling