Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet42/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

TUYUQ(LAR)

Charx tortib xanjari xijron butun,


Qo’ymadi bir zarra bag’rimdin butun.
Tunga borib bizni behol ayladi,
Ne balolig’ tun emish, yorab, bu tun?!

* *
Necha dedim ul sanamga bormog’in,


Qilmadi ul tark oxir bormog’in,
Munchakim xudroylik ko’rguzdi ul,
Aql xayrat qildi tishlab bormog’in.

* *

La’lidin jonimga o’tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur,
Men vafosi va’dasidin shodmen
Ul vafo qilmaski, qilmas yo qilur?


ATOYI «DEVON»idan


(Atoyining bundagi she’rlari professo’r Samoylovichning
O’rta Osiyo turk adabiyotig’a oyid materiallar ”
degan asaridan olindi)

Ne ravo bo’lgay bukim mehrob ichinda o’lturub,


O’lturadurmen duochini ko’zung boqib turub.

Yer to’ya ko’rgay mumin, deb tal’atingni to’lun oy,


Tunglu ko’ngda o’lturur to subh mendek telmurub.

Tishlaringdek donayi ummon ichinda tobmadi,


Har nechakim istadi miskin sadaf og’zi qurub.

Necha zanjir aylasam ko’nglum o’ying eshikin,


Naylayin qondin kelur zulfung xayoli bosh urub.

Javhari ruhikim aslin bilmadi ahli kalom,


Banda bir so’z birla nogah bildi og’zingdin so’rub.

Kirbiging novaklarindin soqlanur ko’nglum vale,


Bir otib yozmas nishonin iki ayyoring jurub.

G’oyati bilmaslikindin muddaoi kofir bo’ur,


Tar sujud aylar Atoyi sizga haq nurin ko’rub.

* *

Ko’zung xayolida yo’qtur balodin o’zga musohib ,
Visoling orzusida ham duodin o’zga musohib.
Sabo keturgali zulfung nasimidin bo’yi
Ko’ngul tilamadi hargiz sabodin o’zga musohib.

Nechaki istadi dardu g’aming musoxibi yori


Vale topilmadi bu, mubtalodin o’zga musohib.

Ko’zung ne turfa otimchi qaroqchidurki hamisha


Qoshinda yo’qtur oning o’qu yodin o’zga musohib.

Ko’ngulni tig’i balo birla pora-pora qilayin,


Agar tavakku etar dilrabodin o’zga musoxib.

Itiga har kecha to subhdam eshikta yoturda


Qoni ki sarbasar etgay gadodin o’zga musohib.

Atoyi ko’zlariga yor xok roxing erur...1


Ki ko’zga loyiq emas to’tiyodin o’zga musohib.

* *
Yuzungni ey malohat xoni bir oj,


To’ya kursun seni bu mustahik oj.

Etaymen g’amzang ilgindinki har dam,


Tegar jonimga ko’z ko’nglumni olgaj.

Gulistonda chiqar, perahaningni2


Sabotek g’uncha birla o’yna suymaj.

Bu nafsha qilsa zulfung birla da’vo,


Yiqildi bo’yni yeldin ko’p yedi goj3.

Tilarsangkim jahon oshufta4 bo’lg’ay,


Zamoni sunbulungni5gul uza soj.

Qro soching ko’ngulga kelsa dermen,


Qarorimgaki: “bot bo’ boshing ol, koj!”

Atoyi sevgali ohu ko’zungni,


Ani sayd etmadi hej ko’zi kimoj6.

* *

Yuzung to pardadin zohir bo’lubtur,
Sanamlar husni da’vosin qo’yubtur.
Zihd ishrat sening usruk ko’zungga,
Ki gulzor ichra xush majlis tuzubtur.

Shakar og’zing qoshinda la’l qonin,


Ming hindulari saqlab turubtur.

Talashmish guncha og’zing birla torlik,


Sabo og’zina-og’zina urubtur.

U to chiqti bag’irdin teri g’amzang,


Vale paykoni jonda o’lturubtur.

Firoqingning magarkim joni yo’qtur,


Meni sensiz tirik mundok qo’yubtur.

Atoyig’a yemak ichmak kerakmas,


Ki hajring ilkidin jondin to’yubtur.

* *

Ey begim, ushbu yuz degul shams bila kamarmudur?!
Ey begim, ushbu so’z degul shaxd' bila shakarmudur?!

Ko’z uchidin qiyo-qiyo sheva bila boqishlaring,


Jon tomurin qiyar uchun tig’mu yo nazarmudur?!

Bodi saboki kelturur jong’a soching nasimini,


Shahri saboning elchisi: xudxudi xush xabarmudur?!

Zulfi muapbaringkim, ul ko’zdin uchar uzun kecha,


Sarvi sahining ustida zog’u abiri tarmudur?!

Zorinu nolakim qilay rost ayt ey posbon ,


Itlaringta bu noladin har kecha dardi sarmudur?!

La’li labing xayolidin bir go’zar aylayin dedim,


Joni azizdin vale odamiga guzarmudur?!

So’rsang Atoyi holidin netti ey podshoh, husn,


Lutfu qaram gadoyig’a Tengri uchun zararmudur?!

* *
Ayo siymin badanlik olmangizlar,


Agar jonim kerak oling, mangizlar.
Gadoyam bir navoga yetgay erdim,
Agar ushshoq qadrin bilsangizlar.

Jafodin yuz uyurmas sizni sevgan,


Vale ham bir yo’li o’lturmangizlar.

Firoqingda ko’zum sarchashmasindin


Ko’rarmen har qayon boqsam tengizlar.

Muxiblar, ishq xonindin hamisha


Bag’ir qonin ichib ham g’am yengizlar!

Xiromon o’tsa har yo’ldin o’shal oy,


Atoyi xokin anda istangizlar.

* *
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek ulturur,


G’oyati nozuklugindin suv bila yutsa bo’lur.

To magarkim salsabil abina javloni qila,


Keldi jannat ravza'sindin oliy kavsar sari hur.

Ul ilikkim suvdin oriqtur yumas oni suvda,


Balki suvni pok bo’lsun deb iligi birla yu(vu)r.

Emdi bildim rost ermish, balki ko’rdum ko’z bila


Ulki derlar suv qizi goh-goh ko’zga ko’runur.

Qoshlaring yosin Atoyi ko’rgali husn ichra tok,


Subhidam mexroblarda so’rayi Yosin ukur.

Soqiyo, keltur qadahkim bo’ldi vaqti gul latif,


Nergisi serob sarfush na’mayi bulbul latif.

Chor taki sarv o’za kumri qilur go’yandalik,


Der surahi ham arabcha qumriga kulkul latif.

Tushsa mushkin sochlaring bodi sabodin yuz o’za,


Sochilur gul barg ustinda ajib sunboulatif.

Lavxa shulla ul zamonkim, bodayi gulgun ichib,


Orazingda bo’lsa paydo aksi may gul-gul latif.
Yuz Atoyi ulgay erdi nozaninlar zulmidin,
Bo’masa adl shaxanshoxzoda xon Abdullatif.

* *
Husn bog’inda yuzungdek vordi hamro(x) ko’rmaduk,


Misr mulkida labingtek qand zebo ko’rmaduk.

Chinu Mochinu Xazarda ko’zlaringtek rahmsiz,


Bexato qon to’kguchi bir turk yag’mo ko’rmaduk.

Qomating balosiga borduk tomosha qilg’ali,


Bir balo ko’rduk Taollohki , balo ko’rmaduk.

Bu ulusta xo’blar ko’rdung, vale ey o’zbegim,


Dilraboliqta sizingdek sho’x ra’no ko’rmaduk.

Sevgali ey siymtanlik ko’ngli fuladim seni,


Dunyoda TIG’ jafodin o’zga qat’o ko’rmaduk.

Nozaninlarda vafoyu mehr bor derlar vale,


Ko’p eshittuk biz dag’i bu so’zni ammo ko’rmaduk.

Desalar ne ayb Atoyining so’zin: durri yatim ,


Kim firoqingda oning yoshicha daryo ko’rmaduk.

* *
Desangkim, jon sipar qilg’il, atoyim!


Turubmen ushmutak to’ldur ot, oyim!

Qulung men saqlasang jonim borincha,


Agar saqlamasang sen bil sot, oyim.

Necha sarhush esang husnung mayidin,


Vafo jomi mayidin ham tot, oyim!

Baqosizdur bu besh kun umri foniy,


Baqoyin oy yuzungta bot-bot, oyim!

Falaktin o’tkarurmen mehring o’qin,


Desangkim qaydasen ayo, Atoyim?!

* *
Xasta ko’nglumdin xayoling bir zamon ketmas begim,


Nechakim vasling etakiga qo’lum yetmas begim.
Netayin, darmonda budum men bu ko’nglum ilkida,
Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas begim.

Garchi sen dashnom etarsen, men duochimen sanga,


Oshiqi sodiq jafodin onini chetmas" begim.

Sen meni ta’zim etib qullar qoninda tutmag’il


Itlaring xilinda bo’lsam ne manga yetmas, begim?

Ta’nadin kavmas Atoyini eshikingdin rafiq,


Hech gadoy it (x)ursa eshikni qo’yub ketmas begim.

* *
Ey menglari mushku inki lola, ko’zi ohu,


Zulfung g’amida tutti ko’ngulni qaro qayg’u.

E voy, qachon shom firoqing tongi otqay,


Kim bo’ldi manga ushbu yoruq dunyo qorong’u.

Kunglum...to’lg’ashmoq ilondek sochingga oh,


Ne sud qilur emdi chu bilmay yedim og’u.

Bahe etsa shakarnay labingiz birla so’rali


Ogzing bila torlik talashur pesta ne yorgu .

Gardomani vasli sori kul sunsang Atoyi,


Bagringni suv ayla dogi joningdin ilik yuv.

* *
Ko’ngul olding begim yoshurmaging ne?


Jafoni xaddidin oshurmog’ing ne?

Raqiblarga qilur la’ling tabassum,


Qonimni g’ussadin oshurmog’ing ne?

Ko’ngul shishasida mehring mayidur,


Jafo birla anga tosh urmog’ing ne?

Yururda yeng bila og’zingni tutma,


Nimakim yo’qturur yoshurmog’ing ne?

Atoyi yerga yel zulfin tekurmas,


Qaro yerga saning bosh urmog’ing ne?

* *

Al-minna tul-lilah yana qurduq yuzunguzni,
Eshitti quloq durri adantek suzunguzni.

Oyning ne qaro... ko’zi boru ne qaro qoshi,


O’xshatmog’a siz ul falakiga o’zunguzni.

Kassomi azal xusnu malohat ulashurda


Ortuq yaratibtur barisindin tuzunguzni.

Kishi jubba harorat keturur kemangiz oni,


Os (?) tek taningiz o’zra yoying kunduzunguzni.

Ey yuzi qamar qilmas Atoyiga muvofiq,


Davroni falak xajri bila yulduzunguzni.

* *

Jamolingdur bu xasta jon umidi,
Ki guldur bulbuli buston umidi.

Gahi marjoy to’kar, gah durri maknun ,


Ko’zumdin ul labu dandon umidi.

Sochar yulduz bikin tunlar yuzumda,


Yoshimni ul iki cho’lpon umidi.

Meni sargashta qildi kuy2 yanglig,


Hami3 zulfungdagi chavgon4umidi.

Inoyat qilki bordur bu gadoning


Boshinda xidmati qo’lton umidi.

Bu qul yuz qatla g’amdin o’lgay erdi,


Begindin bo’lmasa ehson umidi.

Atoyi dardig’a ey jon tabibi,


Visolingdin erur darmon umidi.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling